Kenjaeva Vasila Kabulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Mahalliy xomashyodan olovbardosh trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish orqali mahsulot assortimentini kengaytirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5118
Ilmiy rahbar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Rahimovna, texnika fanlari doktori, professor; Allaniyazov G‘ulom Sherniyazovich, texnika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy olovbardosh xomashyodan foydalanib, bir qavatli trikotaj to‘qimalarni ishlab chiqarish orqali maxsulot assortimentini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Bazalt tolasidan bosh to‘qimalar asosida ikki yassi ignadonli trikotaj to‘quv mashinasining imkoniyatlaridan foydalanib, tashqi ta’sirga chidamli, olovbardosh trikotaj to‘qimasi olingan;
bazalt to‘qimalar orqali issiqlik o‘tkazilishini tasvirlovchi matematik modelni ishlab chiqish, uning anizotropli xususiyatlarini hisobga olgan holda bazalt to‘qimalarning xususiyatlarini optimallashtirish va ularning turli issiqlik rejimlarida qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
tekstrlangan bazalt ipidan to‘qilgan to‘qimaning ishqalanishga chidamliligi va mustahkamlik xossalarini parametrlari matematik model asosida qiymatlari olingan;
bazalt tolasidan olingan to‘qimaning qalinligi va zichligi bilan uning issiqqa chidamliligi hamda egiluvchanlik xususiyati o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi optimal parametrlarni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mahalliy xomashyodan olovbardosh trikotaj to‘qimalarini ishlab chiqarish orqali mahsulot assortimentini kengaytirish” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tashqi ta’sirga yuqori chidamli olovbardosh trikotaj to‘qima namunalari olish “Porloq Chust brendi” MChJ korxonasi va “MEXMASh” MChJ korxonalariga joriy etilgan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 4-noyabrdagi №02/06-2615-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maxsus ishchilar kiyimi “MEXMASh” MChJ korxonasida 1 ta himoya fartugining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkich natijalarini quyuv sexida foydalaniladigan himoya fartugi mavjud himoya fartugidan 9525 so‘m korxona iqtisodiy tejalgan va har bir fartukdan 9525 so‘m tejalib, 18 ta ishchi uchun 1 yilda 1071,450 (6 oyda 171,450 so‘m) iqtisodiy samaradorlikga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish