Yuldashev Iskandar Abdurashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar sharoitida banklar faoliyatini transformatsiyalashni takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2697.
Ilmiy rahbar: Aliqoriev Olimxon Furqat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bobakulov To‘lqin Ibodillaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Said Akbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat tijorat banklarini raqamli texnologiyalar sharoitida transformatsiya qilishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini baholashni takomillashtirish, risklarni baholash aniqligini oshirish va anderrayterlar faoliyatining samaradorligini oshirish yo‘li bilan beriladigan kreditlarning hajmini oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
bankda biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishning RPA texnologiyasini joriy etish orqali moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayonining samaradorligini oshirish taklif qilingan;
bank to‘lov majburiyatlari (Bank Payment Obligation) va elektron akkreditiv texnologiyalaridan foydalanish yo‘li bilan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlar hajmini oshirishning zarurligi asoslab berilgan;
davlat dasturlari bilan amalga oshiriladigan ishlarni bankning Operatsion blokiga o‘tkazish, anderrayting va loyihalarni moliyalashtirish departamentini biznesning turlari bo‘yicha yo‘nalishlarga ajratish orqali bankning tashkiliy-funksional tuzilmasining samaradorligini oshirish tavsiyasi asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari faoliyatini raqamli texnologiyalar sharoitida transformatsiyalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mijozlarning kredit to‘loviga layoqatliligini baholashni takomillashtirish, risklarni baholash aniqligini oshirish va anderrayterlar faoliyatining samaradorligini oshirish yo‘li bilan beriladigan kreditlarning hajmini oshirish taklifi AT “Biznesni rivojlantirish banki”ning amaliyotiga joriy etilgan (Biznesni rivojlantirish bankining 2024-yil 11-noyabrdagi 15-07/10490-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Biznesni rivojlantirish banki tomonidan mijozlarga berilgan kreditlar hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 4,8 foizga oshgan;
bankda biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishning RPA texnologiyasini joriy etish orqali moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayonining samaradorligini oshirish taklifi AT “Biznesni rivojlantirish banki”ning amaliyotiga joriy etilgan (Biznesni rivojlantirish bankining 2024-yil 11-noyabrdagi 15-07/10490-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayonining samaradorligi 2023-yilda 14,4 foizga oshgan;
bank to‘lov majburiyatlari (Bank Payment Obligation) va elektron akkreditiv texnologiyalaridan foydalanish yo‘li bilan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlar hajmini oshirish taklifi AT “Biznesni rivojlantirish banki”ning amaliyotiga joriy etilgan (Biznesni rivojlantirish bankining 2024-yil 11-noyabrdagi 15-07/10490-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Biznesni rivojlantirish banki tomonidan mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlar hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 21,4 foizga oshgan;
davlat dasturlari bilan amalga oshiriladigan ishlarni bankning Operatsion blokiga o‘tkazish, anderrayting va loyihalarni moliyalashtirish departamentini biznesning turlari bo‘yicha yo‘nalishlarga ajratish orqali bankning tashkiliy-funksional tuzilmasining samaradorligini oshirish taklifi AT “Biznesni rivojlantirish banki”ning amaliyotiga joriy etilgan (Biznesni rivojlantirish bankining 2024-yil 11-noyabrdagi 15-07/10490-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Biznesni rivojlantirish bankining sof foizi daromadlari miqdori 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 29,6 foizga oshgan.