Tagaev Bexzad Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotda yoshlar bandligini ta’minlashning samaradorlik ko‘rsatkichlari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt 2692.
Ilmiy rahbar: Yusupov Ravshanbek Aminbaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar bandligini ta’minlashning samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshorish bilan bog‘liq ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari: quyidagilardan iborat:
yoshlarning raqamli ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga doir ta’lim standartlari va dasturlarini ishlab chiqishda uslubiy yondashuvlarni takomillash-tirish asosida raqamli ko‘nikmalar taksonomiyasi ishlab chiqilgan;
yoshlar bandligi samaradorligini baholashda amalda mavjud ko‘rsatkichlarni umumlashtirish asosida yoshlarning raqamli bandligini baholashga xizmat qiluvchi takomillashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish taklif qilingan;
yoshlar bandligiga ta’sir  ko‘rsatuvchi omillarni tizimlashtirish asosida bandlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar salmog‘ini aniqlashtirish orqali yoshlar bandligining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning munosib mehnatini baholash borasidagi yondashuvlarni umumlashtirish asosida 5 ta asosiy blokdan iborat yoshlarning samarali bandligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan va Yommk >0,8 - yuqori daraja; Yommk = 0,61 - 0,79 - o‘rtacha darajadan yuqori; Yommk = 0,4 - 0,6 – o‘rtacha daraja; Yommk < 0,4 – past daraja mezonlari aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyotda yoshlar bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy va uslubiy takliflar asosida: yoshlarning raqamli ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga doir ta’lim standartlari va dasturlarini ishlab chiqishda uslubiy yondashuvlarni takomillash-tirish asosida inson kapitalini takror hosil qilishning raqamli tashkil etuvchilari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan IT-parklar, Kreativ parklarda yoshlarni raqamli ko‘nikmalarini shakllantirish borasida tashkil qilinayotgan o‘quv kurslari dasturlari amaliyligini ta’minlash, bandlikka ko‘maklashuvchi tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanilgan, shuningdek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi I ustuvor yo‘nalishi 1.4-bandi Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar doirasida tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari institutining 25-dekabr 2024-yildagi № 06/00-01/09-1257-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan amalda foydalanilishi yoshlar o‘rtasida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga, hududlarda IT-parklar, Kreativ parklar tarmog‘ini tashkil qilishga xizmat qilgan;
yoshlar bandligini ta’minlashni boshqarishni baholashda inson kapitalining sifat ko‘rsatkichi, yoshlar bandligini ta’minlashni boshqarish samaradorligi ko‘rsatkichi, yoshlarni ish bilan ta’minlash va professional kadrlar tayyorlash tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasi kabi takomillashtirilgan ko‘rsatkichlardan yoshlarni ish bilan ta’minlashni boshqarishda “samaradorlik indeksi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnat bozori tadqiqotlari institutining 25-dekabr 2024-yildagi 06/00-01/09-1257-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalda qo‘llanilishi yoshlar bandligi borasida yaratilgan tizim samaradorligining oshishiga xizmat qilgan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish reytingida o‘z aksini topgan;
yoshlarning raqamli ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga doir ta’lim standartlari va dasturlarini ishlab chiqishda uslubiy yondashuvlarni takomillash-tirish asosida raqamli ko‘nikmalar taksonomiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2025-yildagi PQ-60-son “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga maqsadli qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 27-avgustdagi 2-13-21-4672-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takifdan foydalanish zamonaviy kasblar dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qilgan;
yoshlar bandligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tizimlashtirish asosida bandlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar salmog‘ini aniqlashtirish orqali yoshlar bandligining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.07.2025-yildagi 426-son “Yoshlar tadbirkorligi va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyalashtirish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda e’tiborga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 27-avgustdagi 4-13-21-4672-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan yoshlar bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan va yoshlar bandligini o‘rtacha 3,5 foizga oshirish imkonini bergan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning munosib mehnatini baholash borasidagi yondashuvlarni umumlashtirish asosida 5 ta asosiy blokdan iborat yoshlarning samarali bandligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi asosida hududlar Yommk >0,8 - yuqori daraja; Yommk = 0,61 - 0,79 - o‘rtacha darajadan yuqori; Yommk = 0,4 - 0,6 – o‘rtacha daraja; Yommk < 0,4 – past darajaga ajratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 27-avgustdagi 4-13-21-4672-sonli ma’lumotnomasi), bu ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish hududlar darajasida yoshlar bandligi darajasini baholash va hududlar reytingini tuzish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish