Toshmatov Shuxratjon Abdukosimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Sovet hokimiyatining o‘zbek qishloqlaridagi soliq siyosati (1917–1936-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar955
Ilmiy rahbar: Abdullaev Muzrobjon G‘ulomovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avazbek Abdullaevich – tarix fanlari doktori, Xatamova Zumradxon Nazirjonovna – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sovet hokimiyatining dastlabki davrida (1917–1936-yillar) O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida soliq tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini kompleks tadqiq etish va nazariy xulosalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tadqiqotda Turkiston ASSR va O‘zbekiston SSR materiallari asosida sovet hokimiyatining dehqon xo‘jaliklarini soliqqa tortishning sinfiy tabaqalashtirilgan modellarining ishlab chiqilishi va tatbiqi, soliqqa tortishdagi “sinfiy yondashuv” oqibatida faqat kambag‘al, qisman o‘rtahol dehqonlarga moliyaviy imtiyozlar berilishi, aksincha badavlat dehqon xo‘jaliklariga og‘ir majburiyat yuklanishi natijasida ayni xo‘jaliklar iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolgani asoslangan;
sovet hokimiyatining milliy mintaqalardagi, xususan O‘zbekiston SSRda qishloq aholisidan soliq undirishining usul va vositalari, qishloq jamoalaridan natural soliq yig‘ish tartiblari, dehqon xo‘jaliklari iqtisodiy ahvolining soliq bosimining og‘irligiga bog‘liqlik darajasi aniqlangan;
qishloq xo‘jaligini yoppasiga kollektivlashtirish davrida tabaqalashtirilgan soliq me’yorlari asosan boy-quloq xo‘jaliklarini iqtisodiy jihatdan cheklashga va ularning xususiy mulkdorlik faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga qaratilgan muhim vosita vazifasini bajargani asoslangan; 
sovet davlatida qishloq xo‘jaligida soliq undirish samaradorligini oshirishning asosiy vositasi sifatida soliq to‘lovchilarga soliq yukini oshirish, moliya organlariga katta vakolatlar berish kabi tadbirlarning keng tatbiq etilishi oqibatida moliya organlari xususiy kapitalga, iqtisodiyotning real sektori bo‘lgan kichik va o‘rta ishlab chiqaruvchilarga – birinchi navbatda dehqonlarning iqtisodiy imkoniyatlariga jiddiy zarba bergani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sovet hokimiyatining qishloq xo‘jaligidagi soliq siyosati va uning xususiyatlarini tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkiston ASSR va O‘zbekiston SSR materiallari asosida sovet hokimiyatining dehqon xo‘jaliklarini soliqqa tortishning sinfiy tabaqalashtirilgan modellarining ishlab chiqilishi va tatbiqi, soliqqa tortishdagi “sinfiy yondashuv” oqibatida faqat kambag‘al va qisman o‘rtahol dehqonlarga moliyaviy imtiyozlar berilishi, aksincha badavlat dehqon xo‘jaliklariga og‘ir majburiyat yuklanishi natijasida ayni xo‘jaliklar iqtisodiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolganiga oid dissertatsiya materiallaridan Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “O‘zbek qishloqlari tarixi” ekspozisiyalarini boyitish va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 25-yanvardagi 04-05/261-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ilmiy-nazariy ma’lumotlar muzeyga tashrif buyuruvchilarning O‘zbekiston tarixi bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga, bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
dissertatsiyadan o‘rin olgan sovet davlatida qishloq xo‘jaligida soliq undirish samaradorligini oshirishning asosiy vositasi sifatida to‘lovchilarga soliq yukini oshirish, moliya organlariga katta vakolatlar berish kabi tadbirlarning keng tatbiq etilishi oqibatida moliya organlari xususiy kapitalga, iqtisodiyotning real sektori bo‘lgan kichik va o‘rta ishlab chiqaruvchilarga – birinchi navbatda dehqonlarning iqtisodiy imkoniyatlariga jiddiy zarba berganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024-yil 27-iyunda namoyish etilgan “Taqdimot” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2024-yil 27-iyundagi 06-28-567-son ma’lumotnomasi). Materiallar teletomoshabinlarda sovet hokimiyati yillarida o‘zbek qishloq aholisining moddiy ahvoli haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
sovet davlatining soliq sohasidagi qonunchiligi, milliy respublikalar, xususan O‘zbekiston SSRda qishloq aholisidan soliq undirishning usul va vositalari, qishloq jamoalaridan natural soliq yig‘ish tartiblari, dehqon xo‘jaliklari iqtisodiy ahvolining soliq bosimining og‘irligiga bog‘liqlik darajasiga doir ma’lumotlardan Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “O‘zbek qishloqlari tarixi” ekspozisiyalarini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 25-yanvardagi 04-05/261-son ma’lumotnomasi). Materiallar muzey ekspozisiyalari ko‘rgazmaliligini oshirishga xizmat qilgan; 
qishloq xo‘jaligini yoppasiga kollektivlashtirish davrida tabaqalashtirilgan soliq me’yorlari asosan boy-quloq xo‘jaliklarini iqtisodiy jihatdan cheklashga va ularning xususiy mulkdorlik faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘lganiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 18-avgustda namoyish etilgan “O‘zbek dehqonchiligi tarixidan” teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2023-yil 24-avgustdagi 06-28-1236-son ma’lumotnomasi). Materiallar ko‘rsatuvni mazmunan boyitishga, ilmiy xulosalarni mantiqan asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish