Yoqubov Shuhrat Quvandikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekinda turli ekish me’yorlari va biopreparatlarni krotalariyaning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘k massa hosiliga ta’siri (Xorazm viloyati sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1696
Ilmiy rahbar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD.08/2025.27.12.Qx.07.01.
Rasmiy opponentlar: Bobomirzaev Pirnazar Xursanovich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor; Azizov Baxram Muzaparovich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatining ortacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekin krotalariya (Crotalaria juncea L.) ning ko‘k massa hosildorligini oshirishda turli biopreparatlar ekish va me’yorini aniqlash hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Xorazm viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy dukkakli ekin – krotalariya o‘simligini “Mo‘jiza-73” navini parvarishlashda yuqori ko‘k massa va pichan hosili etishtirishni ta’minlaydigan, o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan maqbul biopreparatlarni qo‘llash va ekish me’yorlari ishlab chiqilgan.
krotalariya o‘simligi urug‘lariga ekish oldi Azos-Uz (13,3 ml/kg) biopreparati bilan ishlov berilgan va gektariga 20 kg me’yorda ekilganda amal davri oxirida nitratli azot miqdori tuproqning haydov qatlamlarida 6-12 % ga, harakatchan fosfor 5,0-6,0% ga va almashinuvchi kaliy esa 4 % ga ko‘payganligi, tuproqdagi asosiy mikrobiologik guruhlar miqdori oshib, sho‘rlanish darajasi o‘rtacha sho‘rlanishdan kuchsiz sho‘rlanishgacha o‘zgarganligi aniqlangan;
krotalariya o‘simligi urug‘lariga ekish oldi Azos-Uz (13,3 ml/kg) biopreparati bilan ishlov berilgan va gektariga 20 kg me’yorda ekilganda dala sharoitida urug‘ unuvchanligi (95,2%) yuqori bo‘lib, unuvchanlik ekish me’yori oshib borishi bilan 6,5 % gacha kamayib borishi va biopreparat qo‘llanilmaganga nisbatan 3,4 % gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
krotalariya o‘simligi urug‘lariga ekish oldi Azos-Uz (13,3 ml/kg) biopreparati bilan ishlov berilgan va gektariga 20 kg me’yorda ekilganda barg sathi 140,4 ming m2/ga ni tashkil etib, 16 kg/ga ekilgan va biopreparat qo‘llanmaganga nisbatan 53,3 ming m2/ga.ga hamda gullash fazasida xlorofill miqdori (077,1 SPAD unit) ko‘chat soni 100 ming tupga ko‘payishi hisobiga 1,6 SPAD unit.ga yuqori bo‘lgannligi aniqlangan;
krotalariya o‘simligini ekish oldi urug‘lari Azos-Uz (13,3 ml/kg) biopreparati bilan ishlov berilib, gektariga 20 kg me’yorida ekilganda eng yuqori 239,8 s/ga ko‘k massa hosili olinib, qo‘shimcha hosil biopreparat qo‘llanilmaganga nisbatan 10,5 s/ga, ekish me’yoriga (16 kg/ga) nisbatan 28,3 s/ga ko‘p bo‘lishi hamda ko‘k massa va pichan tarkibidagi oqsil miqdori ekish me’yori (20-24 kg/ga) oshishi bilan 0,3; 2,8% gacha kamayib borganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida krotalariya o‘simligini o‘sishi, rivojlanishi va ko‘k massa hosildorligiga biopreparatlar qo‘llash va ekish me’yorlari ta’sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
dukkakli don ekinlar etishtirishga hamda chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Xorazm viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida takroriy ekilgan krotalariyadan mo‘l va sifatli ko‘k massa hosili etishtirish bo‘yicha” tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-739-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari uchun krotalariya o‘simligini takroriy ekinda etishtirishda qo‘llash sifatida keng foydalanilmoqda;
Xorazm viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida krotalariya o‘simligidan ko‘k massa hosili uchun krotalariyani urug‘lariga ekish oldi Azos-Uz (13,3 ml/kg) biopreparti bilan ishlov berish va gektariga 20 kg me’yorida ekish texnologiyasi Xiva (1,2 ga) va Urganch (1,8 ga) tumanlarida, jami 3,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-739-sonli maʼlumotnomasi) Natijada, biologik preparat qo‘llanmaganga nisbatan amal davri oxirida ko‘chatlarni saqlanuvchanligi 0,4-0,6 %, poya balandligi 3,0-10,0 sm, tuganaklar miqdori 18,0-46,7 dona, ildiz va ang‘iz miqdori 1,95-2,40 kg/ga.ga oshishiga erishilgan;
o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda takroriy ekinda krotalariyani ekish oldi urug‘lari Azos-Uz (13,3 ml/kg) biopreparati bilan ishlov berish va gektariga 20 kg me’yorida ekish texnologiyasi viloyatning Xiva va Urganch tumanlarida, jami 3,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabrdagi 05/06-04-739 -sonli maʼlumotnomasi). Buning natijasida, krotalariyani “Mo‘jiza-73” navidan gektaridan 218,8-228,5 s/ga ko‘k massa va 63,4-66,2 s/ga pichan hosili olinib, yuqori rentabellikka (98,6%-104,2) erishilgan. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi turli darajada sho‘rlangan va qurg‘oqchil tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan krotalariyaning yangi mahalliy “Mo‘jiza-73” navi yaratilgan, 2025-yil 16-mayda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk agentligi tomonidan patent olingan (NAP 20220060).