Boyto‘raeva Farangis Axmad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzumning (Vitis vinifera L.) eksportbop yirik g‘ujumli Tayfi rozoviy va Xusayni beliy navlarini yetishtirish texnologiyasi ayrim elementlarini takomillashtirish, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1621
Ilmiy rahbar: Normuratov Ilxom Turg‘unovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.08/2025.27.12.Qx.02.02.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Xo‘jaqulov Fayzi Mardonovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzumning xo‘raki Tayfi rozoviy va Xusayni beliy navlari hosili sifatini oshirishga qaratilgan g‘ujumlarini siyraklashtirish, uzum boshlarini qog‘oz va matoli qopchalar bilan qoplash hamda tokning ikki yillik novdalarini halqalash orqali sifatli eksportbop uzum mahsulotini etishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasining markaziy mintaqasida uzumning istiqbolli eksportbop Tayfi rozoviy navi g‘ujumlarini 65–70 dona g‘ujum qoldirib siyraklashtirilganda nazoratga nisbatan bir dona g‘ujumining vazni 13,4% og‘irroq bo‘lganligi, Xusayne beliy navida mos ravishda bir dona g‘ujumining vazni 17,5% ga ortganligi isbotlangan;
gullashdan avvalgi muddatda har ikki navda ham sho‘ralarining o‘rta qismi shingillarini navbatlab siyraklashtirish varianti yuqori natija berib Tayfi rozoviy navida bir dona g‘ujumning vazni 31,2% ga, g‘ujumlar qanddorligi 9,5% ga oshganligi, umumiy kislotalilik miqdori esa 9,6% ga kamayishi, Xusayne beliy navida esa mos ravishda bir dona g‘ujum vazni 17,6% ga, qand miqdori 19,0% ga ortganligi va eng past kislotalik (5,9%) miqdori aniqlangan;
gullashdan keyingi muddatda Tayfi rozoviy navi uzum boshining o‘rta qismini navbatlab siyraklashtirish variantida bir dona g‘ujum vazni 17% ga oshib, 5,40 g ga etishi, g‘ujumlar qand miqdori 0,88% ko‘proq (21,00%), kislotalilik esa 0,23% kamroq (4,75 g/l) bo‘lganligi, Xusayne beliy navida esa bir dona g‘ujum vazni 0,62 g ga og‘irlashganligi, g‘ujumlar qanddorligi 1,06% ga ko‘payib, umumiy kislotalilik ko‘rsatkichi 4,3% ga kamayganligi aniqlangan; 
uzum g‘ujumlarining 1-muddat (pisha boshlash davri) da Tayfi rozoviy navini oq qog‘oz qopcha bilan qoplanganda, uzum boshining umumiy vazni 537,38 g, qanddorlik darajasi 17,72%, kislotalilik 5,57 g/l, Xusayne beliy navida esa mos ravishda uzum boshining vazni 438,54 g, qanddorligi 16,50%, umumiy kislotalilik miqdori 3,17 g/l bo‘lganligi aniqlangan;
tokning ikki yillik novdalarini halqalash usuli gullashdan avval qo‘llanilganda Tayfi rozoviy navida nazoratga nisbatan uzum boshining vazni 30,86 g ga, qanddorligi 0,72% ga ortishi va umumiy kislotalilik 0,19 g/l ga kamayishi, Xusayne beliy navida esa uzum boshining vazni o‘rtacha 31,06 g ga, qanddorligi 1,01% ortishi va umumiy kislotalilik miqdori 0,99 g/l ga kamayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzum g‘ujumlarini siyraklashtirish tajribasining turlari va muddatlarini o‘rganish, qog‘oz qopchalar bilan qoplash agrotexnologiyasi natijasida olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Uzumning (Vitis vinifera L.) eksportbop yirik g‘ujumli Tayfi rozoviy va Xusayne beliy navlarini etishtirish texnologiyasi elementlarini takomillashtirish” nomli tavsiyanoma tasqidlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-384-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer, dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida  uzum (Vitis vinifera L.) hosilini  etishtirishda amaliy qoʻllanma sifatida xizmat qilmoqda; 
uzumning Tayfi rozoviy va Xusayne beliy navlari hosil sifatini yaxshilashga qaratilgan uzum g‘ujumlarini gullashdan keyingi muddatda donalab siyraklashtirish agrotexnologiyasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Uzumfermer.uz” MChJ, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Gulbog Burxon” va  “Lola” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-384-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uzum g‘ujumlarini gullashdan keyingi muddatda donalab siyraklashtirish orqali Tayfi rozoviy navidan 93 130 000-90 737 500 soʻm sof foyda, rentabellik ko‘rsatkichi 125,1-121,9% ni va Xusayne beliy navidan esa 108 529 000-105 574 300 so‘m sof foyda olinib,  rentabellik ko‘rsatkichi 145,8-141,8% ni tashkil etgan;
uzumning Tayfi rozoviy va Xusayne beliy navlari hosil sifatiga qaratilgan uzum boshlarini g‘ujumlar pisha boshlashi muddatida oq qog‘oz qopchalar bilan qoplash ishlanmasi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Uzumfermer.uz” MChJ, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Gulbog Burxon” va  “Lola” fermer xo‘jaligining 1,0 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi 05/06-04-384-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uzum boshlarini g‘ujumlari etila boshlashi muddatida oq qog‘oz qopchalar bilan qoplash orqali Tayfi rozoviy navidan 104 876 313-98 945 097 soʻm sof foyda, rentabellik ko‘rsatkichi 128,6-121,3% ni va Xusayne beliy navidan esa 129 160 050-117 416 216 so‘m sof foyda olinib, rentabellik ko‘rsatkichi 159,3-144,8% ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish