Xaydarov Islomjon Maxmutali o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘I nomi): “O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashni ijtimoiy-psixologik omillari va mexanizmlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiyasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/P249.
Ilmiy maslahatchi: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti,  DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Dushanov Rustam Xo‘janovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamoat xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy - psixologik omillari va mexanizmlarini tadqiq etish va ularni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamoat xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar va bo‘lg‘usi yosh ofiserlarning psixologik xavfsizlik to‘g‘risidagi tasavvurlarida jamoat xavfsizligi tushunchasi, avvalo, xalq manfaatini va tartibni saqlash insonlarni bilish, ular bilan kommunikativ muloqotga kirishishning turli vizual hamda noverbal signallar yo‘li bilan ularni kayfiyati, niyatlari, dunyoqarashi va bir-birlariga bo‘lgan shaxslararo munosabatlarini aniqlash qobiliyati orqali amalga oshirilishi muhim ekanligi aniqlangan;
tadqiqot davomida jamoat xavfsizligi xizmati xodimlarining omma bilan ishlash strategiyasini katta va kichik guruhlar psixologiyasi tamoyillariga ko‘ra, fokus (ahamiyatli, indikatorli) guruhlarni aniqlash metodlarini bilishi lozim bo‘lgandagina ommani boshqarish mexanizmlari (avtoritet, taqlid qilish, rollar pozisiyasi kabilar) amalda ishlashi mumkinligi isbotlangan;
jamoat xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy psixologiyadagi maxsus manipulyativ hamda regulyativ texnikalar, xususan maqsadga muvofiq manfaat keltiruvchi tazyiq, simpatiya, antipatiya va ijtimoiy xulqni boshqarishning boshqa yo‘llari va samaradorligi ijtimoiy fikr orqali dalillangan;
jamoat xavfsizligi kadrlarining muloqotdagi kompetentligi (muloqotchanligi, muloqot texnikasini bilishi kabi) avvalo ularning yosh, jins, ish staji kabi muhim jihatlariga hamda muloqotda verbal va noverbal, interaktiv va refleksiv-perseptiv ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajalarga bog‘liqligi isbotlangan;
jamoat xavfsizligi kadrlarining ijtimoiy psixologik kompetentligi verbal bosim, shaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlarda konstruktiv echimga kelish, yashirin liderlikni shakllantiruvchi simmulyasiya orqali konstruktiv koping xulqni shakllanishiga bog‘liqligi tufayli psixoedukatsiyaning proforentatsion yo‘nalishlarini fasilitatsiya mexanizmiga ko‘ra aniqlashtirish orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik omillari va mexanizmlarini tadqiq etishga doir tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
jamoat xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi xodimlar va bo‘lg‘usi yosh ofiserlarning psixologik xavfsizlik to‘g‘risidagi tasavvurlarida jamoat xavfsizligi tushunchasi, avvalo, xalq manfaatini va tartibni saqlash insonlarni bilish, ular bilan kommunikativ muloqotga kirishishning turli vizual hamda noverbal signallar yo‘li bilan ularni kayfiyati, niyatlari, dunyoqarashi va bir-birlariga bo‘lgan shaxslararo munosabatlarini aniqlash qobiliyati orqali amalga oshirilishi muhim ekanligi aniqlangan xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2025-yil 23 -avgustagi PM-456-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Ijtimoiy psixologik amaliyot” modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20 - avgustagi PM-456 a son ma’lumotnomasi). Natijada huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining tasavvurlarida “Shaxs haqidagi dastlabki taassurot” va “Insonning asl maqsad muddaolarini bilish, fahmlash” ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
tadqiqot davomida jamoat xavfsizligi xizmati xodimlarining omma bilan ishlash strategiyasini katta va kichik guruhlar psixologiyasi tamoyillariga ko‘ra, fokus (ahamiyatli, indikatorli) guruhlarni aniqlash metodlarini bilishi lozim bo‘lgandagina ommani boshqarish mexanizmlari (avtoritet, taqlid qilish, rollar pozisiyasi kabilar) muhim ekanligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston Milliy pedagogika  universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23 -avgustagi PM-456-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” va “Muloqot psixologiyasi” modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20 - avgustagi PM-456 a son ma’lumotnomasi). Natijada Jamoat xavfsizlik universiteti bo‘lajak kursantlari hamda pedagog-psixolog mutaxassislarda omma bilan ishlash va  psixologik yordam haqidagi ijtimoiy tasavvurlariga oid o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
jamoat xavfsizligini ta’minlashda ijtimoiy psixologiyadagi maxsus manipulyativ hamda regulyativ texnikalar, xususan maqsadga muvofiq manfaat keltiruvchi tazyiq, simpatiya, antipatiya va ijtimoiy xulqni boshqarishning boshqa yo‘llari va samaradorligi ijtimoiy fikr orqali dalillanganligi O‘zbekiston Milliy pedagogika  universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23 -avgustagi PM-456-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologik amaliyot”, “Muloqot psixologiyasi”, “Psixologik xizmat” modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20 - avgustagi PM-456 a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak jamoat xavfsizlik universiteti kursantlari hamda amaliyotchi psixolog mutaxassislarda guruh bilan  ishlash va aholiga psixologik yordam ko‘rsatishga oid ustanovkalar shakllantirishga erishilgan;
jamoat xavfsizligi kadrlarining muloqotdagi kompetentligi (muloqotchanligi, muloqot texnikasini bilishi kabi) avvalo ularning yosh, jins, ish staji kabi muhim jihatlariga hamda muloqotda verbal va noverbal, interaktiv va refleksiv-perseptiv ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajalarga bog‘liqligi isbotlanganligi togrisidagi xulosa O‘zbekiston Milliy pedagogika  universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23 -avgustagi PM-456-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy-psixologik trening”, “Muloqot psixologiyasi”, “Psixologik xizmat” modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20 - avgustagi PM-456 a son ma’lumotnomasi). Natijada Jamoat xavfsizlik universiteti bo‘lajak kursantlari hamda pedagog-psixolog mutaxassislarda omma bilan ishlash va  psixologik yordam ko‘rsatishda  ijtimoiy-psixologik treninglarning o‘ziga xos takomillashgan modeli amaliyotga joriy etilgan.
jamoat xavfsizligi kadrlarining ijtimoiy psixologik kompetentligi verbal bosim, shaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlarda konstruktiv echimga kelish, yashirin liderlikni shakllantiruvchi simmulyasiya orqali konstruktiv koping xulqni shakllanishiga bog‘liqligi tufayli psixoedukatsiyaning proforentatsion yo‘nalishlarini fasilitatsiya mexanizmiga ko‘ra aniqlashtirish orqali isbotlanganligi to‘g‘risidagi xulosalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy  markazining 2025-yil 23 -avgustagi PM-456-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Ijtimoiy psixologik amaliyot” modullariga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20 - avgustagi PM-456 a son ma’lumotnomasi). Natijada huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarida verbal bosim, shaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlarda konstruktiv echimga kelishga oid tasavvurlari “Jamoalarni boshqarish” va “Nizoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish texnika” larini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish