Jo‘raeva Ikbolxon Po‘latovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar o‘quv faoliyatidan qoniqqanlikning psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P915.
Ilmiy rahbar: Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.R.03.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfiddinovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Alimbaeva Shaxlo Tursunovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalik davrida o‘quv faoliyatidan qoniqqanlik darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik omillarini aniqlash orqali mazkur jarayonini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalik davrida o‘quv faoliyatidan qoniqqanlikni o‘quv motivatsiyasi bilan uyg‘unlashishiga ko‘ra, o‘quv faoliyatidan, o‘quv-tarbiyaviy jarayon, tanlangan soha, o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlaridan qoniqqanlik darajasini kuchaytirish tufayli mustaqil bilish motivatsiyasi muhim ekanligi dalillangan;
o‘quv faoliyatida emotsional soha komponentlariga yetakchilik berilishi natijasida emotsional bilimdonlik, o‘zini o‘zi undash qobiliyati, empatiya, o‘zgalarning emotsional holatlarini bilish qobiliyatini talaba o‘quv faoliyatidan qoniqqanlik darajasida ifodalanishi orqali “ta’lim jarayoniga ijobiy munosabat” rivojlanishi asoslanilgan;
shaxsda iroda kuchining lokalizatsiyasiga ko‘ra, o‘quv faoliyati, o‘quv jarayoni mazmuni, tanlangan soha, o‘qituvchi bilan munosabatlardan qoniqqanlik, hayot, byujet, bo‘sh vaqt va sog‘liqdan qoniqqanlikning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasida “Ideal Men” ning psixologik determinatsiyalashuvi asosiy xarakterga ega ekanligi dalillangan;
o‘quv faoliyatida talabalar bilish faolligini oshirish uchun o‘zini o‘zi anglash, tushunish va bilish, tahlil qilish natijasida “Men” ga nisbatan kognitiv, faoliyatli-amaliy, ijodiy, emotsional-qadriyatli munosabatning rivojlanishiga asoslanib, motivatsion-refleksiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar o‘quv faoliyatidan qoniqqanlikning psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
talabalik davrida o‘quv faoliyatidan qoniqqanlikni o‘quv motivatsiyasi bilan uyg‘unlashishiga ko‘ra, o‘quv faoliyatidan, o‘quv-tarbiyaviy jarayon, tanlangan soha, o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlaridan qoniqqanlik darajasini kuchaytirish tufayli mustaqil bilish motivatsiyasi muhim ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19- iyundagi PM-388-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16- iyundagi PM-388-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘quv faoliyatidan, o‘quv-tarbiyaviy jarayon, tanlangan soha, o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlaridan qoniqqanlikning rivojlanishi bilish motivatsiyasi kabi komponentlarining ustuvor xarakterga ega ekanligini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
o‘quv faoliyatida emotsional soha komponentlariga yetakchilik berilishi natijasida emotsional bilimdonlik, o‘zini o‘zi undash qobiliyati, empatiya, o‘zgalarning emotsional holatlarini bilish qobiliyatini talaba o‘quv faoliyatidan qoniqqanlik darajasida ifodalanishi orqali “ta’lim jarayoniga ijobiy munosabat” rivojlanishi asoslanilgan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19- iyundagi PM-388-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16- iyundagi PM-388-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘quv faoliyatidan qoniqqanlikning emotsional intellekt komponentlari bilan bilan bog‘liqlik jihatlari asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan;
shaxsda iroda kuchining lokalizatsiyasiga ko‘ra, o‘quv faoliyati, o‘quv jarayoni mazmuni, tanlangan soha, o‘qituvchi bilan munosabatlardan qoniqqanlik, hayot, byudjet, bo‘sh vaqt va sog‘liqdan qoniqqanlikning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasida “Ideal Men” ning psixologik determinatsiyalashuvi asosiy xarakterga ega ekanligi dalillangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19- iyundagi PM-388-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16- iyundagi PM-388-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘quv faoliyatidan qoniqqanlikning shaxs tiplari bilan uyg‘unlashganligi hamda bilish faolligini yoshga bog‘liq rivojlanish imkoniyatlari tahlil qilingan;
o‘quv faoliyatida talabalar bilish faolligini oshirish uchun o‘zini o‘zi anglash, tushunish va bilish, tahlil qilish natijasida “Men” ga nisbatan kognitiv, faoliyatli-amaliy, ijodiy, emotsional-qadriyatli munosabatning rivojlanishiga asoslanib, motivatsion-refleksiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 19- iyundagi PM-388-son buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 16- iyundagi PM-388-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalik davrida o‘quv faoliyatidan qoniqqanlikning yetakchi komponentlariga asoslanib, shaxs sohasiga korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishning amaliy imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.