Duysengaliev Erbol Sarsengalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Janubiy Orolbo‘yi mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar oilasining (Coleoptera, Cerambycidae) faunasi, biologiyasi va ekologik xususiyatlari”, 03.00.06 - Zoologiya, 03.00.10 - Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B1205.
Ilmiy maslahatchi: Juginisov Tangirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Dauilbaeva Kulshat Kenesbaevna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar oilasining (Coleoptera, Cerambycidae) faunasi, biologiyasi va ekologik xususiyatlarini o‘rganib, ularga qarshi kurashning profilaktik chora-tadbirlari ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy Orolbo‘yi sharoitida mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar (Coleoptera, Cerambycidae)ning 3 kenja oila, 12 avlodga mansub 16 turi aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘yi tabiiy va antropogen-transformatsiyalangan ekotizimlarida mo‘ylovdor qo‘ng‘izlarning Aeolesthes sarta, Xylotrechus namanganensis, Xylotrechus grumi, Turanium scabrum, Mesoprionus angustatus va Mesoprionus komarovi turlari asosiy zararkunondalar sifatida dominantlik qilishi qayd etilgan;
Salix va Elaeagnus avlodi daraxtlarda Cerambycidae oilasiga mansub Xylotrechus ibex, Trirachys sartus va Xylotrechus (Turanoclytus) namanganensis turlarining tarqalish monitoringi o‘rtacha 60,7–71,4% ekanligi qayd etilgan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida mo‘ylovdor qo‘ng‘izlarning asosiy zararkunondalariga qarshi “PIRALAX-LUX” kimyoviy preparati qo‘llanilganda 80,3% biologik samaradorlikga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Janubiy Orolbo‘yi mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar oilasining (Coleoptera, Cerambycidae) faunasi, biologiyasi va ekologik xususiyatlari” mavzusida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qoraqalpog‘istonning to‘qay va cho‘l ekotizimi daraxtlariga mo‘ylovdor qo‘ng‘izlarning jumladan, Populus ga 5 tur, Salix ga 2 tur, Elaeagnus ga 8 tur, Haloxylon ga 5 tur, Halimodendron da 1 turi zarar keltirish aniqlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2025 yil 10 iyundagi 2-687-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qay va cho‘l hududlardagi manzarali daraxtlarga zarar keltiruvchi fitofaglar ro‘yxati qo‘mita va uning hududdagi bo‘limlarining ma’lumotlar bazasiga kiritilib, zararli hasharotlar turini aniqlashda, ularning bioekologik xususiyatlariga oid ma’lumotlardan foydalangan holda o‘rmon o‘simliklarini saqlab qolish hamda manzarali o‘simliklar zararkunandalari atlasi va tavsiyanomasini ishlab chiqish imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida tarqalgan mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar populyasyasi, miqdor ko‘rsatkich zararlilik darajasi, tarqalish miqdorlari va bioekologik xususiyatlari o‘rganilib Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi 2025 yil 10 iyundagi 01/01-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan em-xashak o‘simliklar zararkunandalarining ro‘yxati ma’lumotlar bazasiga kiritilib, ularni doimiy nazoratga olish, asosiy o‘simlik xo‘jayinlarini aniqlash, dala monitoringini olib borish hamda zararkunanda fitofaglarga qarshi kurashda entomofag hasharotlardan foydalanish imkonini bergan.