Zikiryaev Shavkat Xudoyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Adsorbsiyani va g‘ovak muhitning bir jinslimas to‘ldirilishini hisobga olgan holda bir jinslimas suyuqliklarning sizishi masalalari», 01.02.05–Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM168.
Ilmiy rahbar: Xo‘jayorov Baxtiyor Xo‘jayorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.28.02.2018.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlar: Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qayumov Shukur, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diffuziya, gidrodinamik dispersiya, konveksiya, adsorbsiya, g‘ovak sohaning bir jinslimas to‘ldirilishi va ichki diffuziyali massa almashinuvini hisobga olgan holda g‘ovak muhitda birjinslimas suyuqliklarning sizishi va modda ko‘chishi jarayonining gidrodinamik modellarini takomillashtirish va sonli echishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir jinslimas suyuqliklarning g‘ovak muhitda sizishi jarayoni matematik modeli adsorbsiyani hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
geterogen g‘ovak muhitda modda ko‘chishini aniqlash uchun hisoblash usullari, algoritmlari va dasturlari ikki o‘rinli adsorbsiyani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
aniq geometriyali ikki zonali g‘ovak muhitda modda ko‘chishi masalasi adsorbsiyani hisobga olib echilgan;
bir jinsli va bo‘lakli bir jinsli g‘ovak muhitlarda adsorbsiyaning ta’sirini hisobga olib, tuzning erishi masalasi echilgan va sizish ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitlarda modda ko‘chishi jarayonlarining takomillashtirilgan matematik modellari bo‘yicha ishlab chiqilgan hisoblash usullari va dasturiy vositalari asosida:
bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda sizishini takomillashtirilgan hisoblash algoritmi va dasturiy vositasi Darg‘om irrigatsiya tizimlari hududlarida tuzning erishi va konvektiv-diffuzion ko‘chish jarayonida adsorbsiyaning rolini baholash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 oktyabrdagi 04/15-1973-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi muhandislik hisoblarni o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini qisqartirish imkonini bergan;
adsorbsiyani hisobga olgan holda g‘ovak muhitda modda ko‘chishi jarayonini hisoblash algoritmi va dasturiy vositasi Darg‘om irrigatsiya tizimlari hududlarida sug‘oriladigan erlarning xarakteristkalarini baholash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 oktyabrdagi 04/15-1973-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi sug‘oriladigan erlarning xarakteristkalarini o‘rta va uzoq muddatli bashoratlash sifatini 15% ga oshirish imkonini bergan;
ikki zonali g‘ovak muhitda moddaning adsorbsiyalanib ko‘chishining hisoblash algoritmi va dasturiy vositasi Darg‘om irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan suv etkazib berilayotgan hududlardagi sug‘oriladigan er va quyiladigan suvning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 oktyabrdagi 04/15-1973-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi sug‘orish jarayonida ob’ektning gidrodinamik parametrlariga bog‘liq holda vaqt va fazo bo‘yicha erigan moddalarning konsentratsiyalarini aniqlash sifatini 15-20% ga oshirish va adsorbsiya ta’sirini hisobga olib, sho‘rlangan tuproqlarni yuvishni hisoblash aniqligini 10 foizga oshirish imkonini bergan;
xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasini sonli echish algoritmi va dasturiy vosita 92-2015-03 raqamli «A mobile irrigation system for greenhouse» xorijiy grant loyihasida bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda modda ko‘chishi masalasini echishda foydalanilgan (Malayziya Nilay universitetining 2018 yil 9 iyuldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi adsorbsiyaning muvozanat, nomuvozanat, chiziqli va nochiziqli kinetika holatlari uchun moddaning ko‘chishi tenglamasini echish va konsentratsiyasining tarqalishini hisoblash imkonini bergan;
bir jinslimas g‘ovak muhitlarda moddaning ko‘chishi jarayonining matematik modellaridan FA-F078 raqamli «G‘ovak muhitlarda bir jinslimas suyuqliklar sizishi va suzilishining gidrodinamik masalalari» (2012-2016 y.) fundamental loyihasida bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda moddaning adsorbsiyalanib ko‘chishi modelini tuzishda va suyuqlikning sizishi masalalarini echishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 89-02-2266-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi sizish jarayonlarida adsorbsiyaning va ichki massa almashinuvining turli xil kinetik jarayonlarining qatlam sizish ko‘rsatkichlariga ta’sirini topish, tuzning erishi va konvektiv-diffuzion ko‘chish jarayonidagi adsorbsiyaning rolini ko‘rsatish imkonini bergan.