Tosheva Dilbar Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Kompleks modifikatsiyalangan bog‘lovchi asosidagi o‘z-o‘zidan zichlanuvchi maydadonador beton tarkibini ishlab chiqish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6078  Ilmiy rahbar: Adilxodjaev Anvar Ishanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.04 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Hasanov Baxridin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor, Amirov Tursoat Jumaevich, PhD, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SEMI 32,5H markali portlandsement asosida superplastifikator (SP) va metallurgiya ishlab chiqarishining mexanik faollashtirilgan kuygan qolip chiqindilari (KQCh)dan iborat kompleks modifikator yordamida ekspluatatsion xossalari yaxshilangan o‘z-o‘zidan zichlanuvchan maydadonador beton tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
KQChdan faol mikroto‘ldiruvchi sifatida foydalanib, polikarboksilat superplastifikatorining sinergetik ta’sirini hisobga olgan holda, gidratatsiya jarayonlarini jadallashtirish orqali SEMI32.5H oddiy portlandsement asosida tarkibi yaxshilangan, tejamkor, o‘z-o‘zidan zichlanadigan, kompleks modifikatsiyalangan maydadonador betonlarni loyihalash mumkinligi haqidagi ishchi gipoteza tasdiqlandi;
polikarboksilat superplastifikatorning bog‘lovchi zarrachalarining bir tekis taqsimlanishiga yordam beradigan va ularning aglomeratsiyasini oldini oladigan sterik ta’siri, shuningdek, mexanik faollashtirilgan KQCh yuzasida faol markazlarning mavjudligi tufayli strukturaviy barqaror yuqori harakatchan tizim ta’minlanishi, natijada strukturaning barqarorligi va reologik hamda mustahkamlik xossalarining optimal kombinatsiyasi bilan tavsiflangan o‘z-o‘zidan zichlanadigan maydadonador beton aralashmasini olish mumkinligi isbotlangan;
mexanik faollashtirilgan KQChni mineral mikroto‘ldiruvchi sifatida qo‘llash amorf kremnezemning kalsiy gidroksid bilan o‘zaro ta’sirini kuchaytirishi, muhitning pussolan faolligini oshirishi va natijada sement toshining tuzilishini zichlashtiradigan hamda mustahkamlaydigan qo‘shimcha yangi birikmalar hosil bo‘lishi isbotlangan;
SP va KQCh asosidagi kompleks modifikatorni qo‘llash qorishmaning suv miqdorini kamaytirish va gidratatsiya jarayonlarini jadallashtirish hisobiga sement toshining umumiy g‘ovakligini kamaytirishi, yirik kapillyar g‘ovaklar ulushini kamaytirishi, bu esa sement betonining zichligi va uzoqqa chidamliligini oshirishga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompleks modifikatsiyalangan bog‘lovchi asosidagi o‘z-o‘zidan zichlanuvchi maydadonador beton tarkibini ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan  ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida:
metallurgiya sanoati chiqindilari va polikarboksilat superplastifikator asosida kompleks modifikatsiyalangan betonlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar "BUNYoDKOR TEMIR-BETON INTER SERVIS" MChJda B35 sinfli betondan monolit qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarishda joriy qilingan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2025 yil 17 noyabrdagi 02/15-3766-sonli ma’lumotnomasi). Bunda hajmi 1000 m3 ni tashkil etuvchi beton qorishmasining sinov partiysi ishlab chiqarilgan. Natijada, orayopma plitalari ishlab chiqarishdan olingan iqtisodiy samara – 119,8 mln so‘mni tashkil qilgan;
 strukturasining shakllanish qonuniyatlari asosida sement sarfi 1,25 barobar kamayishi, muzlashga bardoshlilik 1,5 barobar oshishi va suv o‘tkazmasligi ikki sinfga ko‘tarilish metodikasi “BUNYoDKOR TEMIR-BETON INTER SERVIS” MChJda B35 sinfli betondan monolit qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarishda joriy qilingan ("O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2025 yil 17 noyabrdagi 02/15-3766-sonli ma’lumotnomasi). Bunda hajmi 500 m3 ni tashkil etuvchi beton qorishmasining sinov partiysi ishlab chiqarilgan. Natijada, ustun va to‘sinlar  ishlab chiqarishdan olingan iqtisodiy samara – 59,9 mln so‘mni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish