Tuxtaeva Maxsuda Maxsudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olinadigan tish protezlaridan keyin og‘iz bo‘shlig‘idagi asoratlarni davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4118.
Ilmiy rahbar: Idiev G‘ayrat Elmurodovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Kamalova Feruza Raxmatilloevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xabilov Nig‘mon Luqmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarda ixtisoslashgan diagnostik yondoshuvlar asosida stomatologik yordamni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont kasalliklarining organizmdagi assimilyasiya jarayoni o‘zgarishlarining og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari shakllanishida tish qattiq to‘qimasi, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining ushbu kontingentlarda protez egarsimon qismi ostidagi shikastlanishi intensivligi yuqori darajadaligi aniqlangan;
olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont to‘qimasi hujayralarida deformatsiyalangan yadro, vakuolizirlangan sitoplazma, bazofil kiritmalar kasallikni og‘irlashtiruvchi sitopatologik bashoratlovchi belgiligi aniqlangan;
ilk marotaba olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarni kompleks davolashning fonida bemorlarda protez asosi qirg‘og‘iga yumshoq taglik qo‘yish sababli parodont to‘qimasi morfofunksional ko‘rsatkichlarining yaxshilanishini isbotlangan;
olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarni kompleks davolash fonida bemorlarda protez asosi qirg‘og‘iga yumshoq taglik qo‘llash va ishlab chiqilgan profilaktik tadbirlarga rioya qilish, 88,9% bemorlarda remissiya davri 6 oy davomida saqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy - tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 7 oktyabrdagi 26/35 - son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarning og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont kasalliklarining organizmdagi assimilyasiya jarayoni o‘zgarishlarining og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari shakllanishida tish qattiq to‘qimasi, parodont va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining ushbu kontingentlarda protez egarsimon qismi ostidagi shikastlanishi intensivligi yuqori darajadaligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: olinadigan tish protezi mavjud bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont kasalliklarining keng tarqalishi, parodontal indekslarning o‘rta og‘irlik darajadaligi, asoratlarning klinik kechish xususiyatlari, parodont to‘qimasining sitopatologiya alomatlari, biriktiruvchi to‘qima hujayra ko‘rsatkichlar dinamikasi bemorlarni erta tashxislashni va bashoratlash isbotlanganligi, kompleks davolashning sitomorfologik samara berganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy - amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.07.2025 yildagi 531 - son) hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (08.07.2025 yildagi 75-u - son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarni erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarda tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda yangi zamonaviy sitomorfologik usulda organizmdagi sitopatologiya alomatlarini aniqlash yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 440000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 3 kunga qisqartirdik. Xulosa: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlar mavjud bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont kasalliklarining tarqalishi, tuzilishi, klinikasi va kechishi tabiati tish protezlardan foydalangan muddatiga bog‘liq. Olinadigan tish protezlardan foydalanish davomiyligi 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgan bemorlar 10 yil va undan ko‘p foydalanganlarga qaraganda ikki baravar ko‘pligi kuzatildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va parodont to‘qimasi hujayralarida deformatsiyalangan yadro, vakuolizirlangan sitoplazma, bazofil kiritmalar kasallikni og‘irlashtiruvchi sitopatologik bashoratlovchi belgiligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotaba olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlar aniqlangan bemorlarda parodont to‘qimasining sitopatologiya alomatlari, biriktiruvchi to‘qima hujayra ko‘rsatkichlar dinamikasini noinvaziv tashxisot usuli sifatida amaliyotga kiritish asoslangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.07.2025 yildagi 531 - son) hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (08.07.2025 yildagi 75-u - son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarni erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarda tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda yangi zamonaviy sitomorfologik usulda organizmdagi biriktiruvchi to‘qima hujayra ko‘rsatkichlar dinamikasini aniqlash yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 440000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 3 kunga qisqartirdik. Xulosa: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlar mavjud bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlari kasalliklarni tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar, jumladan, bemorlarda turli omillarning og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini tashxislash ushbu patologik omillarga olib keluvchi xavf omillarini aniqlash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotaba olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarni kompleks davolashning fonida bemorlarda protez asosi qirg‘og‘iga yumshoq taglik qo‘yish sababli parodont to‘qimasi morfofunksional ko‘rsatkichlarining yaxshilanishini isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlar mavjud bemorlarda davolash samaradorligini oshirish maqsadida kompleks davolash usullari bilan bir qatorda protez asosi qirg‘og‘iga yumshoq taglik qo‘yish stomatologik amaliyotga tavsiya etilgan, ushbu parametrlardan bemorlarda olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlar kechishi va yakuni istiqbolini belgilashda tashxisiy hamda prognostik mezonlar sifatida foydalanish sitomorfologik samara berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.07.2025 yildagi 531-son) hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (08.07.2025 yildagi 75-u-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar kompleks davolash usullari bilan bir qatorda protez asosi qirg‘og‘iga yumshoq taglik qo‘yish ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda asoratlarning oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarda tavsiya etilayotgan ushbu davolash usullaridagi hamda yangi zamonaviy kompleks davolash usullari bilan bir qatorda protez asosi qirg‘og‘iga yumshoq taglik qo‘yish usulida davolash samaradorligini aniqlash yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 840000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 5 kunga qisqartirdik. Xulosa: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlar mavjud bemorlarda asoratlarning rivojlanish bosqichi va jarayondagi patologik o‘zgarishlarning og‘irligi tish protezlaridan foydalanish muddatiga bog‘liq. Kompleks davolash usullari protez asosi qirg‘og‘iga yumshoq taglik qo‘yish, olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarni davolash jarayonida og‘iz bo‘shlig‘idagi shilliq qavat kasalliklarini o‘z vaqtida davolashga qaratilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarni kompleks davolash fonida bemorlarda protez asosi qirg‘og‘iga yumshoq taglik qo‘llash va ishlab chiqilgan profilaktik tadbirlarga rioya qilish, 88,9% bemorlarda remissiya davri 6 oy davomida saqlanishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarning klinik kechish xususiyatlari va sitopatologiya alomatlari ko‘rsatkichlarining ortishi, bemorlarni erta tashhislashni hamda bashoratlash isbotlanganligi, kompleks davolashning ilk bor tavsiya etilganligi, ushbu davo klinik, sitomorfologik samara berganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (07.07.2025 yildagi 531-son) hamda Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (08.07.2025 yildagi 75-u-son) klinik amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarni erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarda tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda yangi zamonaviy sitomorfologik usulida organizmdagi davolash samaradorligini aniqlash yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 840000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Vaqtni esa 5 kunga qisqartirdik. Bemorlarda protez asosi qirg‘og‘iga yumshoq taglik qo‘yish bilan bir qatorda kompleks davolash fonida biz remissiya davomiyligini 6,25 oygacha cho‘zilishini guvohi bo‘ldik. Xulosa: olinadigan tish protezlaridan keyin rivojlangan asoratlarning yuqori darajada kuzatilishi, ularning tish protezidan foydalanish davomiyligiga bog‘liqligi olinadigan tish protezlarining og‘iz bo‘shlig‘i organlari va to‘qimalariga aniq salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ulardagi stomatologik kasalliklarning oldini olish va davolashning yangi usullarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning rivojlanishi uchun xavf omillaridan biri sifatida tish shifokorlarini tish protezlarining salbiy ta’sirini oldini olishga jalb qilish zarurligini ko‘rsatadi.