Yuldasheva Dilara Asenalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z kapitalidan foydalanish samaradorligini baholash yondashuvlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3293
Ilmiy rahbar: Hazratqulova Lola Narmuminovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umirzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdikarimova Dinara Rustamxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subektlarning o‘z kapitali samaradorligini baholash bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxona ixtiyoridagi moliyaviy resurslar hajmining amaldagi ehtiyojlarga qanchalik mos kelishi hamda qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining iqtisodiy jihatdan asoslanganlik darajasini inobatga olgan holda analitik baholashning xususiy ko‘rsatkichlari, korxonaning umumiy moliyaviy holatini integral tarzda aks ettiruvchi umumlashtiruvchi indikatorlar tizimini ishlab chiqish taklif etilgan.
xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z kapitalini baholashda boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks yondashuv doirasida amaliyotga aktivlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi, o‘z kapitalining rentabelligini ko‘rsatuvchi, operatsion foyda va aksiyadorlik daromadi nisbatini baholovchi ko‘rsatkichlarni joriy etish taklif etilgan.
xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z kapitalini eskirish darajasini aniqlash, ehtimoliy xatarlarni hisobga olish natijasida modellashtirish orqali xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z kapitalini baholash va takomillashtirishning metodik yondashuvini ishlab chiqish taklif etilgan.
mahsulot sifatini ta’minlagan holda, kredit va lizing manbalarini jalb qilish imkoniyatini yaratish uchun moddiy resurslarining eskirish darajasini hisoblab, innovatsion algoritmlar orqali asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlar ishlab chiqish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z kapitali samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxona ixtiyoridagi moliyaviy resurslar hajmining amaldagi ehtiyojlarga qanchalik mos kelishi hamda qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlarining iqtisodiy jihatdan asoslanganlik darajasini inobatga olgan holda korxonaning umumiy moliyaviy holatini integral tarzda aks ettiruvchi umumlashtiruvchi indikatorlar tizimini ishlab chiqish taklifi AK “Jizzaxdonmahsulot” faoliyatiga joriy etilgan (AK “Jizzaxdonmahsulot”ning 2024-yil 20-maydagi 175-son ma’lumotnomasi). Natijada, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va kapitalning foydaliligini maksimal darajada oshirish imkonini bergan;
xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z kapitalini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks yondashuvlar doirasida aktivlardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi, o‘z kapitalining rentabelligini ko‘rsatuvchi, operatsion foyda va aksiyadorlik daromadi nisbatini baholovchi ko‘rsatkichlar kabi baholash indikatorlarini joriy etish taklifi AK “Jizzaxdonmahsulot” faoliyatiga joriy etilgan (AK “Jizzaxdonmahsulot”ning 2024-yil 20-maydagi 175-son ma’lumotnomasi). Natijada, xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z kapitalini boshqarish samaradorligini 4,8 foizga oshirishga imkon bergan;
xo‘jalik yurituvchi subektning o‘z kapitalini eskirish darajasini aniqlash, ehtimoliy risklarini modellashtirish asosida boshqaruv samaradorligini oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga doir taklifi AK “Jizzaxdonmahsulot” faoliyatiga joriy etilgan (AK “Jizzaxdonmahsulot”ning 2024-yil 20-maydagi 175-son ma’lumotnomasi). Natijada, kapitalning eskirish va risk darajalarini aniq hisoblash, investision qarorlarni asoslash, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkonini bergan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarning moddiy resurslari eskirishini aniqlashga asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini baholovchi kompleks ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish orqali korxonaning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda mahsulot sifatini saqlab qolish va qo‘shimcha kredit hamda lizing resurslarini jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish mexanizmiga doir taklifi AK “Jizzaxdonmahsulot” faoliyatiga joriy etilgan (AK “Jizzaxdonmahsulot”ning 2024-yil 20-maydagi 175-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy vositalar eskirishini 6,2 foizga kamaytirish asosida moddiy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yuqori darajada ta’minlash, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va kredit hamda lizing orqali resurslarni majburiyatlarni oshirmasdan jalb qilish imkonini yaratgan.