Jo‘raev Fazliddin O‘rinovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sho‘rlangan tuproqlar meliorativ holatini maqbullashtirishning resurstejamkor texnologiyasi va texnikalarini yaratish», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash hamda 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T156.

Ilmiy  maslahatchilar: Murodov Nusrat Murtozoevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi, DSs.27.06.2017.T.10.01 (bir martalik ilmiy kengash)

Rasmiy opponentlar: Mamatov Farmon Murtazovich, texnika fanlari doktori, professor; Ramazonov Obid Ramazonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: berch va gips qatlamli erlarni yumshatadigan resurstejamkor chizelsimon yumshatkich va sho‘rlangan tuproqlar haydalma qatlami ostida tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilma ishchi qismlarining parametrlarini va qo‘llash texnologiyalarini asoslash hamda ular yordamida erlarning meliorativ holatini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

berch va gips qatlamli tuproqlarni kam qarshilik bilan yumshatishga mo‘ljallangan chizelsimon yumshatkichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

berch va gips qatlamli tuproqlarni yumshatadigan chizelsimon yumshatkich ish organi va ustunining parametrlari avval berch, so‘ngra yuqori haydov qatlamini deformatsiyalash hamda kritik ishlov berish chuqurligi hosil bo‘lmasligini hisobga olgan holda aniqlangan;

sizot suvlari yaqin va sho‘rlangan tuproqlar haydalma qatlami ostida tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilma yumshatkichi ish sirtining profili tuproqning mustahkamlik chegarasi pasayishini ta’minlaydigan deformatsiyalash va parchalashni hosil qilish asosida, konussimon silindr parametrlari esa tuynukda talab darajasida zichlangan devorlar hosil qilish asosida aniqlangan;

berch va gips qatlamli tuproqlarni yumshatishga mo‘ljallangan chizelsimon yumshatkich va sho‘rlangan tuproqlar haydalma qatlami ostida tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarni qo‘llash texnologiyalari ishlab chiqilgan;

tavsiya etilayotgan texnika vositalarini meliorativ holati yomon, sho‘rlangan, berch va gips qatlamli erlarda qo‘llash asosida tuproqning suv-fizik xossalari yaxshilanishi hamda sho‘r yuvish samaradorligi ortishi asoslangan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sho‘rlangan tuproqlar meliorativ holatini maqbullashtirish uchun berch va gips qatlamli tuproqlarni yumshatadigan chizelsimon yumshatkich va sho‘rlangan erlarda tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarni ishlab chiqish va ularning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

berch va gips qatlamli tuproqlarni yumshatadigan chizelsimon yumshatkich G‘ijduvon va Kogon tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 04-32-155-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq tarkibidagi zararli tuzlar va gips miqdori 2-3 martaga kamayib, berch va gipsli erlarning meliorativ holatini yaxshilash imkoni yaratilgan;

 sho‘rlangan erlarda tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilma Buxoro va Qorovulbozor tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 04-32-155-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq tarkibidagi zararli tuzlar va sizot suvlar miqdori 2-3 martaga kamaygan.

berch va gips qatlamli tuproqlarni yumshatishga mo‘ljallangan chizelsimon yumshatkich va sho‘rlangan tuproqlar haydalma qatlami ostida tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarni qo‘llash texnologiyalari Buxoro viloyati fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 04-32-155-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproq tarkibidagi zararli tuzlar va gips miqdorini kamaytirish, berch va gipsli hamda sho‘rlangan erlarning meliorativ holatini yaxshilash imkoni yaratilgan;

resurstejamkor chizelsimon yumshatkich va tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «Buxoro ta’mirlash mexanika zavodi» AJ va «Buxorota’mir» MChJlarda ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 04-32-155-son ma’lumotnomasi). Natijada resurstejamkor chizelsimon yumshatkich va tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish