Kamoliddinzoda Nuriddin Jaloliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Diskret tolalar oqimini transportirovkalash jarayonini takomillashtirish asosida pnevmomexanik ip sifatini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3 PhD/T5973.
Ilmiy rahbar: Matismailov Sayfulla Lolashbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Egamberdiev Fazliddin Otaqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pnevmomexanik yigirish mashinasining diskret tolalar oqimini transportirovkalash kanalini takomillashtirish asosida yigirilgan ip sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
pnevmomexanik yigirish mashinasining yigirish kamerasiga diskret tolalar oqimini uzluksizligini ta’minlovchi olti qirraga ega bo‘lgan transportirovkalash kanali ishlab chiqish hisobiga pnevmomexanik ip yigirish texnologiyasi takomillashtirilgan;
Eyler qonuniyatiga asosan takomillashtirligan transportirovkalash kanalida tolalar oqimining harakat tenglamasi olingan;
transportirovkalash kanalidagi tolalarning paralelligiga, uzluksizligiga ta’sir qiluvchi havo oqimi tezligi va kanal qirralarining qiyalik burchagini ifodalovchi bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
pnevmomexanik yigirish mashinasida takomillashtirilgan transportirovkalash kanalini qo‘llab, mashinaning asosiy ishchi organlarining ratsional parametlari ko‘p omilli matematik modellar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Takomillashtirilgan transportirovkalash kanalini qo‘llab pnevmomexanik yigirish mashinasida ip yigirish jarayonini ratsionallash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
pnevmomexanik yigirish mashinasining takomillashtirilgan konstruksiyali transportirovkalash kanali qurilmasi uchun (№ IAP 7863, 05.11.2024 yil) O‘zbekiston Respublikasining ixtiroga patenti olingan. Natijada pnevmomehanik usulda olingan ip sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilgan. Natijada pnevmomexanik usulda sifatli ip ishlab chiqish va ip assortimentlarini kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
pnevmomexanik yigirish mashinasida takomillashtirilgan transportirovkalash kanalini qo‘llab mashina asosiy ishchi organlari ratsional paramertlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Baland Chaqir textile” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 31 iyuldagi № 04/25-1872 sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyadagi takomillashtirilgan transportirovkalash kanali qo‘llanilganda yigirilgan ipning solishtirma uzilish kuchi 17,5 % ga ortdi hamda ipning noteksligi 9,3% ga, tukdorlik darajasi 20,0 % ga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish