Umarxodjaev Bekzod Tuychievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori samarali intensiv usulda paxtani quritish uskunasini ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3344
Ilmiy rahbar: Kulmatov Ilxom Tursunmurodovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti DSc.30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot institutidan texnika fanlari doktori, professor Djamolov Rustam Kamolidinovich va Jizzax politexnika insitutidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Salomov Abubakir Axmadqulovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqt instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani barabanli quritgichini ixchamlashtirilgan konstruksiyasini, rolikli yuritmani ishlab chiqish parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani quritish barabanining energiya va resurs tejamkor ixchamlashtirilgan rolikli yuritmali texnologik uskunasini konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
paxtani quritish uchun quritish agentini barabanli quritish mashinasining ixchamlashtirilgan texnologik uskunasini rolikli yuritmasini mustaxkamligini ta’minlovchi hamda asosiy parametrlarini ifodalovchi nazariy differensial tenglamalari keltirib chiqarilgan;
maksimal ish unumdorligida barabanli quritgichning korpusi ichida doimiy bo‘luvchi paxta miqdorini hisobga olgan holda rolikli yuritmasini elektr dvigatelini o‘rnatilgan quvvati 7,5 kVt ga teng bo‘lishi asoslangan;
barabanli quritish mashinasining ixchamlashtirilgan texnologik uskunasining rolikli uzatmali konstruksiyasini eksperimental nusxasi tayyorlanib, roliklarni maqbul parametrlari baraban korpusini sirpanishsiz xarakatlanish shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani quritish uchun barabanli quritgichning takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani quritish uchun barabanli quritgichning takomillashtirilgan eksperimental namunasi Andijon viloyati Shaxrixon tumanidagi “Seeds of diversity” MChJ paxta tozalash korxonasining paxta xom ashyosini quritish liniyasiga “Seeds of diversity” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 12 noyabrdagi № 02/06-2679-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan paxtani quritish mashinasining ish unumdorligi 6000 kg/h ga teng bo‘lganida va quritish agentini miqdori 9000 m3/h ga teng bo‘lganida amaldagi 2SB-10 barabanli quritgichining 8000 kg/h ga ish unumdorligida va 18000 m3/h ga teng miqdordagi quritish agentida ishlatilganida quritilayotgan paxtadan olinadigan namlik miqdori 2,0-2,5 % bo‘lishiga erishilgan hamda quritish barabanining hajmi kichraygani hisobiga tannarxini kamayishi, elektr energiya va tabiiy metan gaz sarfini kamayishi natijasida korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 141,23 mln. so‘mni tashkil etgan.