Amanov Azamat Kushnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intensiv bog‘larning turli kenglikdagi qator oralariga ishlov beradigan qurilma parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4930.
Ilmiy rahbar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Tolibaev Alpisbay Erjanbaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ishmurodov Shuxrat Ulug‘berdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guluston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intensiv bog‘larning turli kenglikdagi qator oralariga ishlov beradigan energiya-resurstejamkor qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash orqali bog‘ qatorlari oralariga ishlov berishda ish sifati va unumini oshirish hamda moddiy harajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilar iborat:
qurilmaning texnologik ish jarayoni va uning konstruktiv sxemasi intensiv bog‘larning turli kenglikdagi qator oralariga ishlov berish ta’minlanishi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
qurilmaning birinchi va ikkinchi qatorlarida joylashgan sferik disklari orasidagi ko‘ndalang masofalar egat tubida ishlov berilmay qolgan bo‘ylama notekisliklarning balandligi ruxsat etilgan qiymatdan katta bo‘lmasligini hisobga olgan holda aniqlangan;
qurilma sferik disklari orasidagi bo‘ylama masofa birinchi va ikkinchi qatorda joylashgan sferik disklar orasiga tuproq tiqilmasligi shartidan kelib chiqib asoslangan;
qurilmaning bitta qatorda joylashgan ish organlari orasidagi ko‘ndalang masofa, birinchi va ikkinchi qatorda joylashgan ish organlari orasidagi bo‘ylama masofa, tikka va harakat yo‘nalishiga nisbatan o‘rnatilish burchagining maqbul qiymatlari, agregat harakat tezligi uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholaydigan regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali talablar darajasidagi ish sifati kam energiya sarflab ta’minlanishi shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intensiv bog‘larning turli kenglikdagi qator oralariga ishlov beradigan qurilma parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli kenglikdagi intensiv bog‘larning qator oralariga ishlov beradigan qurilmaning texnik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 30-maydagi №05/05/02-05/04-03-226-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, intensiv bog‘larning turli kenglikdagi qator oralariga ishlov beradigan diskli qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
intensiv bog‘larning turli kenglikdagi qator oralariga ishlov beradigan qurilmaning tajriba nusxasi Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi “Toshkent meva” MChJ va “Sayyotxon Mushtariy bog‘i” bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 30-maydagi №05/05/02-05/04-03-226-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmadan bog‘ qator oralariga ishlov berishda qamrash kengligi 2,5 m holatida foydalanilganda, bir gektarga sarflanadigan ekspluatatsion harajatlar 16,4 foizga va mehnat sarfi 9,1 foizga, qamrash kengligi 3,0 m holatida foydalanilganda bir gektarga sarflanadigan ekspluatatsion xarajatlar 37,5 foiz, mehnat sarfi 10,4 foizga kamaygan;
qurilmaning texnik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “Andijontexmash” MChJ ning ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil30-maydagi №05/05/02-05/04-03-226-son ma’lumotnomasi). Natijada, intensiv bog‘larning turli kenglikdagi qator oralariga ishlov beradigan qurilmani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.