O‘ktamov Dilmurod Aminjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mikroelementli (Cu, Zn, Mo) superfosfat va nitrofos olishning ratsional texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T644.

Ilmiy rahbar: Tadjiev Sayfitdin Muxitdinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida ishlab chiqarilayotgan superfosfat va nitrofos o‘g‘itlarini mikroelement (Cu, Zn, Mo) tuzlari, gidrometallurgiyaning mikroelementli ikkilamchi xomashyolari bilan qayta ishlab, mikroelementli o‘g‘itlar olishning texnologik asoslari va ratsional texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Markaziy Qizilqum fosforit namunalarini gidrometallurgiyaning mikroelementli ikkilamchi xomashyolari yordamida kimyoviy faollashtirishda fosfat xomashyodagi R2O5 ning o‘simlik o‘zlashuvchan shaklga o‘tish darajasiga komponentlarning o‘zaro nisbati va rN muhiti ta’siriga bog‘liqligi aniqlangan;

mikroelement birikmalari – mikroelementli fosfat suspenziyasi, mikroelement tuzlari va mikroelementli ikkilamchi xomashyolar ishtirokida superfosfat va nitrofos o‘g‘itlarini donadorlash jarayonining jadal aralashtirish usullarining maqbul sharoitlari aniqlangan;

superfosfat va nitrofos o‘g‘itlari tarkibidagi mikroelementlarning o‘zlashuvchan va suvda eruvchan miqdorlari undagi R2O5ning va mikroelement tuzlarining shakllariga bog‘liqligi isbotlangan;

mikroelementning monoetanolamin yoki limon kislotali kompleks eritmalari ishtirokida donadorlangan superfosfat va nitrofoslar tarkibidagi mikroelementlarning o‘simlikka o‘zlashuvchan holati 2–3 marta, suvda eruvchan holati esa 4–5 marta yuqori bo‘lishi va donalar mustahkamligini ortishi isbotlangan;

mikroelement tuzlari, mikroelementli ikkilamchi xomashyo va ularning komplekslari ishtirokida yangi navli, samarali mikroelementli o‘g‘itlar olishning texnologik asoslari va ratsional texnologiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mikroelementli (Su, Zn, Mo) superfosfat va nitrofos olishning ratsional texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

mikroelement tuzlari va mikroelementli ikkilamchi xomashyolar, superfosfat va nitrofos asosida mikroelementli o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 11 fevraldagi 01/3-667/P-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi turdagi mikroelementli azotfosforli o‘g‘itlar o‘rta tolali g‘o‘za navlarini o‘sishini va rivojlanishini jadallashtirib hosildorlikni 2,3–4,1 s/ga gacha, mikroelementsiz an’anaviy o‘g‘itlarga nisbatan esa 0,9–3,2 s/ga gacha oshirish imkonini bergan;

Mahalliy mikroelementli xomashyolar hamda fosforli o‘g‘itlar asosida mikroelementli o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning «2020-2021 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2019 yil 25 martdagi 115-son ma’lumotnomasi). Natijada faollashgan mikroelementli fosfat suspenziyasini fosforli o‘g‘itlar tarkibiga jalb etilganda 1 tonna superfosfat va nitrofos tannarxini mos ravishda 30464 va 40341 so‘mga arzonlashtirish imkoniyati yaratiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish