Xojiqulov Shaxzod Shavkatjon o‘g‘liining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Real suyuqliklarni quvur orqali uzatishda o‘tish jarayonlarining kvazi bir o‘lchovli modellari”, 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1316
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xujaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Xo‘jayorov Baxtiyor fizika-matematika fanlari doktori, professor
Xodjiev Safar texnika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi quvur qismida kechadigan o‘tish jarayonlarini o‘rganish va boshqarish masalalari uchun kvazi bir o‘lchovli nostatsionar matematik modellarni qo‘llash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
siqilmaydigan suyuqliklarni quvurlar orqali uzatishda chegaralarda oqim tezligining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan o‘tish jarayoni Fure usulida analitik tarzda echilgan va impuls hamda bosim sakrashlarining intervallari keltirilgan; 
quvur kirish qismida bosim o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lgan holda, quvur oxiriga ulangan havo qalpog‘i hajmini oshirish natijasida chiqish kesimidagi tezlikning sakrab o‘zgarishi holida bosim va impuls amplitudalari hamda chastotalarining kamayishi analitik tarzda aniqlangan; 
hajmiy siqiluvchanlikka ega bo‘lgan real suyuqlikning dinamikasini hisoblash algoritmi va dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan; 
o‘tkazilgan hisoblash tajribalari asosida kirish bosimi va chiqishdagi massa sarfining sakrab o‘zgarishlarida real suyuqlik yondashuvida oqim ko‘rsatkichlari o‘zgarishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlanib, impuls va bosim o‘zgarish intervallarini bashoratlash imkoniyati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Real suyuqliklarni quvur orqali uzatishda o‘tish jarayonlarining kvazi bir o‘lchovli modellari” mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
quvur uchastkasi oxirida oqim tezligining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan bosim o‘zgarishi dinamikasiga doir hisob natijalari “Navoiy suv ta’minoti” AJ ob’ektlariga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minoti” AJning 01.08.2025 yildaga №1/8-3600 dalolatnomasi). Natijada suyuqliklarni quvurlar orqali uzatishda ishchi bosimlarni masofadan turib samarali boshqarish imkoni yaratilgan hamda nasosni ish faoliyati samaradorligini oshirilib, energiya sarfi 2-3% va ekspluatatsiya xarajatlarini 5% ga kamaytirishga erishilgan; 
dempfer o‘rnatilgan quvurlarda to‘lqin tarqalishi tufayli hosil bo‘ladigan tezlik va bosim o‘zgarishlari intervallari “Navoiy suv ta’minoti” AJ ob’ektlari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zsuvta’minoti” AJning 01.08.2025 yildaga №1/8-3600 dalolatnomasi). Natijada dempfer o‘rnatish va uning hajmini o‘zgartirish orqali bosim sakrashlari amplituda va chastotalari kamaytirilgan, quvurda rezonans holati hosil bo‘lishining oldi olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish