Joldasbaeva Raushan Ataniyaz qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Basketbolchilarning boshlang‘ish tayorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarining optimal nisbatlari”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9617.
Ilmiy rahbar: Kdirova Muhabbat Allaniyazovna pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Nurmatova Shaxnoza Muradullaevna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi 10-11 yoshli basketbolchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarining optimal nisbatlarini aniqlash asosida individual yuklama modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini ichki (yurak qisqarishlari soni, subektiv yuklama darajasi) va tashqi (tezlik, keskin burilishlar, sakrash) tomonlarini mavsum davomida monitoring qilish va shu asosida mashg‘ulotlardagi optimal yuklama nisbatlarini belgilash hisobiga yosh basketbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi yaxshilangan;
10-11 yoshli basketbolchilarning mashg‘ulotlardagi yuklamalarning optimal nisbatlarini aniqlash uchun shiddat zonalari va chegaralarini belgilashga qaratilgan (yurak qisqarishlari soni+yuklama darajasi+tezlik+sakrash) individual yuklama modelini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulotlardagi faol harakatlar davomiyligi, masofa, tezlik va yuqori jadallikdagi harakatlar miqdori oshirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi mashg‘ulot sikllarida yuklamalarni to‘lqinsimon oshirib borishga asoslangan (tortuvchi, bazaviy, rivojlantiruvchi va nazorat-tayyorgarlik) mikro hamda mezotsikllarda qisqa va uzoq muddatli yuklama nisbatini taqsimlash hisobiga yosh basketbolchilarning texnik tayyorgarligi takomillashtirilgan; 
yuklamani boshqarish jarayonida sportchilar tomonidan seziladigan individual zo‘riqish ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan subektiv yuklama darajasini baholash usulini raqamlashtirish mexanizmini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulot intensivligi, davomiyligi va hajmini sportchining fiziologik holatiga moslashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 10-11 yoshli basketbolchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarining optimal nisbatlarini aniqlash asosida individual yuklama modelini ishlab chiqish bo‘yicha oliոgaո ilmiy ոatijalar asosida: 
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulot yuklamalarini ichki (yurak qisqarishlari soni, subektiv yuklama darajasi) va tashqi (tezlik, keskin burilishlar, sakrash) tomonlarini mavsum davomida monitoring qilish va shu asosida mashg‘ulotlardagi optimal yuklama nisbatlarini belgilash bo‘yich taklif va tavsiyalar Toshkent shahri, Namangan va Jizzax viloyatlari spot maktablari 10-11 yoshli basketbolchilarining mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 29-sentyabrdagi 02-16/10451-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba-sinov o‘tkazilgan barcha hududlarda sportchilarning jismoniy rivojlanish va funksional ko‘rsatkichlari yaxshilangan;
mashg‘ulotlardagi yuklamalarning jadallik zonalari va chegaralarini aniqlash (yurak qisqarishlari soni+yuklama darajasi+tezlik+sakrash) asosida 10-11 yoshli basketbolchilarning individual yuklama modelini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent shahri, Namangan va Jizzax viloyatlari spot maktablari 10-11 yoshli basketbolchilarining mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 29-sentyabrdagi 02-16/10451-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh basketbolchilarning texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari: Namangan shahridagi sport maktabining 10-11 yoshli sportchilarida o‘rtacha 10,9% ga, Jizzax shahridagi sport maktabida o‘rtacha 11,3% ga, Toshkent shahridagi sport maktabida o‘rtacha 8,7% ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi mashg‘ulot sikllarida yuklamalarni to‘lqinsimon oshirib borishga asoslangan (tortuvchi, bazaviy, rivojlantiruvchi va nazorat-tayyorgarlik) mikro hamda mezotsikllarda qisqa va uzoq muddatli yuklama nisbatini taqsimlash bo‘yicha va taklif va tavsiyalar Toshkent shahri, Namangan va Jizzax viloyatlari spot maktablari 10-11 yoshli basketbolchilarining mashg‘ulotlari jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 
29-sentyabrdagi 02-16/10451-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh basketbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari: Namangan shahridagi sport maktabining 
10-11 yoshli sportchilarida o‘rtacha 11,2% ga, Jizzax shahridagi sport maktabida 10,3% ga, Toshkent shahridagi sport maktabida o‘rtacha 9,1% ga oshgan;
mashg‘ulot yuklamalarini monitoring qilishning subektiv yuklama darajasini baholashga (his qilingan zo‘riqish darajasi) asoslangan usulini raqamlashtirish orqali mobil dastur ishlab chiqilgan va murabbiylar tomonidan mashg‘ulotlarda yuklamani nazorat qilish jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 29-sentyabrdagi 02-16/10451-son ma’lumotnomasi). Natijada, 10 yoshli sportchilarning mashg‘ulot yuklamalari tashqi tomonining barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rtacha nisbiy yaxshilanish 26,3% ga, 11 yoshlilarda 26,7% ni tashkil etgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish