Fayzullaev Jamshidjon Jonizokovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning pedagogik mexanizmlari” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9042
Ilmiy rahbar: Islamov Ilyos Normamatovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, DSc.28/30.07.2024.Ped.165.01
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Abduhalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurad Narmuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish modeli raqamli mas’uliyatni aks ettiruvchi axloqiy-povedensial komponentlarni kibergigiena mashg‘ulotlari, interaktiv ta’lim, media tahlil va axborot muhokamalari kabi faoliyat yo‘nalishlari bilan ta’sirchan kollaborativ hamkorlik shakllarini raqamli muhitning pedagogik talablariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
axborot xavfsizligi madaniyatini rivojlantirish mazmuni o‘quvchilarni xavfli kontentdan himoyalanish va ongli tanlov qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan dars va darsdan tashqari pedagogik jarayon bilan oilaning axborot savodxonligi, kiberetika va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish imkoniyatlariga muvofiq tarbiya modellarini o‘zaro integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning raqamli muhitda mas’uliyatli xulq-atvori, onlayn muloqot madaniyati va shaxsiy xavfsizlik me’yorlariga rioya qilishga oid ijtimoiy kompetensiyalarini uyg‘un rivojlantiruvchi kiber-axloqiy kontentlarni o‘quv fanlari mazmuniga singdirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish samaradorligi raqamli xavflarning oldini olishda axloqiy qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanganligini yuqori (xavfsiz onlayn muhitda mustahkam raqamli xulq-atvor namoyon qilish), o‘rta (raqamli xavflarni qisman anglab to‘g‘ri harakat strategiyasini tanlash) va quyi (xavfli axborot holatlarini baholashda ikkilanish va tashqi ogohlantirishlarga suyanish) darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish modeli raqamli mas’uliyatni aks ettiruvchi axloqiy-povedensial komponentlarni kibergigiena mashg‘ulotlari, interaktiv ta’lim, media tahlil va axborot muhokamalari kabi faoliyat yo‘nalishlari bilan ta’sirchan kollaborativ hamkorlik shakllarini raqamli muhitning pedagogik talablariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflari 60612100 – “Kiberxavfsizlik injiniringi” mutaxassisligi talabalari uchun tayyorlangan “Ethical hacking 1” (ro‘yhatga olish raqami № 2024-049) nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2024-yil 27-iyundagi 749-01-sonli buyrug‘i asosida berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Ethical hasking” nomli o‘quv qo‘llanma ta’lim oluvchilarda raqamli mas’uliyatni tarbiyalashga qaratilgan kompleks pedagogik faoliyatni tashkil etishda xizmat qilgan;
axborot xavfsizligi madaniyatini rivojlantirish mazmuni o‘quvchilarni xavfli kontentdan himoyalanish va ongli tanlov qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan dars va darsdan tashqari pedagogik jarayon bilan oilaning axborot savodxonligi, kiberetika va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish imkoniyatlariga muvofiq tarbiya modellarini o‘zaro integrativ qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha mualliflik g‘oyalaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida amalga oshirilgan I-OT-2019-9-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratish va joriy qilish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 27-oktyabr 01-09/499-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni xavfli kontentdan himoyalanish va ongli tanlov qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan dars va darsdan tashqari pedagogik jarayon bilan oilaning axborot savodxonligiga muvofiq tarbiya modellarini o‘zaro integrativ qo‘llashga erishilgan;
axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarning raqamli muhitda mas’uliyatli xulq-atvori, onlayn muloqot madaniyati va shaxsiy xavfsizlik me’yorlariga rioya qilishga oid ijtimoiy kompetensiyalarini uyg‘un rivojlantiruvchi kiber-axloqiy kontentlarni o‘quv fanlari mazmuniga singdirish asosida takomillashtirishga doir takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan “Umumta’lim maktablarining 5-6-sinf adabiyot darslarida IT-texnologiyalarini qo‘llash metodikasi” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 27-oktyabr 01-09/499-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ijtimoiy kompetensiyalarini uyg‘un rivojlantiruvchi kiber-axloqiy kontentlarni o‘quv fanlari mazmuniga singdirishga erishilgan;
o‘quvchilarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish samaradorligi raqamli xavflarning oldini olishda axloqiy qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanganligini yuqori (xavfsiz onlayn muhitda mustahkam raqamli xulq-atvor namoyon qilish), o‘rta (raqamli xavflarni qisman anglab to‘g‘ri harakat strategiyasini tanlash) va quyi (xavfli axborot holatlarini baholashda ikkilanish va tashqi ogohlantirishlarga suyanish) darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligi asosida aniqlashga doir mualliflik g‘oyalari Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarining umumiy o‘rta maktablari amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi №06-36-1673-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda axloqiy qaror qabul qilish ko‘nikmalari rivojlanganligini yuqori, o‘rta va quyi darajalarda baholashning maqsadga muvofiqligi asosida aniqlashga erishilgan.