Raxmonova Saidaxon Raximjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tabiiy bo‘yovchi moddalar bilan sellyuloza tarkibli materiallarni bo‘yashning samarali texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4708.
Ilmiy rahbar: Amirova Nodira Salikovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Matismailov Saypilla Lalashbayevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdumavlyanova Ma’mura Kasimovna, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy flora o‘simliklarining ikkilamchi resurslaridan olingan tabiiy bo‘yovchi moddalar bilan sellyuloza tarkibli materiallarni bo‘yashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anor po‘stlog‘i, yong‘oq-yashil po‘stlog‘i, safora dukkalaridan tabiiy bo‘yovchi moddalarni xromofor guruhlarini saqlagan holda mass-spektroskopik usul asosida ekstraksiya qilishning samarali usuli ishlab chiqilgan;
paxta tarkibli trikotaj va maishiy (salfetka) qog‘ozini mahalliy flora o‘simliklarining ikkilamchi resurslaridan olingan tabiiy bo‘yovchi moddalar bilan ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni ta’minlovchi bo‘yashning texnologik rejimlari ishlab chiqilgan.
nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida tabiiy bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash va xurushlashda rang intensivligi va mustahkamligini ta’minlaydigan tola va bo‘yovchi moddalarning funksional va xromofor guruhlararo kimyoviy bog‘liqlik mexanizmi aniqlangan;
namunalarning rang intensivligi va mustahkamligiga ta’sir etuvchi bo‘yash va turli tabiatli xurushlovchilar bilan bo‘yashning ratsional texnologiyasini ishlab chiqish hamda bo‘yalgan namunalarning yuqori darajasi va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi bo‘yashning texnologik omillarning ratsional qiymatlari tajribani matematik rejalashtirish usuli yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: struktura va molekulalararo o‘zgarishlarni hisobga olgan holda o‘simliklar va sellyuloza tolalarini bo‘yash tabiatini o‘rganish natijalari asosida:
anor po‘stlog‘i, yong‘oq-yashil po‘stlog‘i va safora dukkagi asosida olingan tabiiy bo‘yoqchi moddalarni olish texnologiyasi “UNITEX” MChJ, “Aya Global Tex” MChJ va “International Paper” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 16 yanvar 2024 yil, №03/25-100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maishiy (salfetka) qog‘oz turlarini sariqdan yashilgacha bo‘lgan turli xil ranglarda bo‘yash jarayonida sintetik bo‘yoqchi moddalar o‘rniga tabiiy bo‘yoqchi moddalar qo‘llanilishi unumdorlikning oshishiga, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga va qog‘oz ishlab chiqarishda 23,4% foyda olishga erishishga imkon bergan.