Latipova Shaxnoza Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalar investision faoliyatida lizing xizmatlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1164.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlar doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar investision faoliyatida lizing xizmatlaridan foydalanishni tartibga solishning samarali moliyaviy mexanizmini yaratishning  nazariy va metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «lizing xizmatlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlari» tushunchasining iqtisodiy mazmuni lizing operatsiyalari risklarini boshqarish, lizing xizmatlarining moliyaviy barqarorligi va shaffofligini ta’minlash, real sektorga investisiya oqimlarini ko‘paytirish va iqtisodiyotda kapital qayta taqsimotining samaradorligini oshirishga qaratilgan tartibga soluvchi iqtisodiy ta’sir choralari tizimi sifatida takomillashtirilgan;
lizingni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida banklar va boshqa kredit muassasalarining lizing shartnomasini amalga oshirish uchun kamida uch yil muddatga lizing sub’ektlariga berilgan kredit mablag‘laridan olingan foydalarini foyda solig‘idan ozod etish orqali lizing xizmatlarining hajmi va YaIMdagi ulushini oshirish taklifi asoslangan;
korxonalar investision faoliyatida lizing xizmatlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlari lizing kompaniyalari moliyaviy holatini reyting baholashga oid “risk darajasi juda past” [8<RD≤10], “risk darajasi o‘rtacha” [6<RD≤7,9], “risk darajasi yuqori” [4< RD ≤5,9], “risk darajasi juda yuqori” [RD≤4] shkala intervallarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot, asosiy kapitalga investisiyalar va lizing faoliyatining dinamikasiga asoslangan ekonometrik model yordamida 2025-2030 yillarda YaIM tarkibida lizing ulushining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar investision faoliyatida lizing xizmatlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «lizing xizmatlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlari» tushunchasining iqtisodiy mazmunini lizing operatsiyalari risklarini boshqarish, lizing xizmatlarining moliyaviy barqarorligi va shaffofligini ta’minlash, real sektorga investisiya oqimlarini ko‘paytirish va iqtisodiyotda kapital qayta taqsimotining samaradorligini oshirishga qaratilgan tartibga soluvchi iqtisodiy ta’sir choralari tizimi sifatida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Lizing va lizing operatsiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2020 yil 15 dekabrdagi 6-son majlis bayoni). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda tartibga soluvchi iqtisodiy ta’sir choralari tizimi sifatida takomillashtirilgan «lizing xizmatlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlari» tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
lizingni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida banklar va boshqa kredit muassasalarining lizing shartnomasini amalga oshirish uchun kamida uch yil muddatga lizing sub’ektlariga berilgan kredit mablag‘laridan olingan foydalarini foyda solig‘idan ozod etish orqali lizing xizmatlarining hajmi va YaIMdagi ulushini oshirish taklifi O‘zbekiston Lizing Uyushmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Lizing Uyushmasining 2022 yil 30 avgustdagi ULA/1282-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizning strategik tarmoqlari, xususan turizm, kimyo sanoati, qurilish va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida lizing xizmati bo‘yicha sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini belgilab olish hamda tarmoqlarning funksiyalaridan kelib chiqib oxir oqibatda ularning mamlakat YaIMdagi ulushini oshirishga, YaIM tarkibida lizing xizmatlarining 0,1 %ga oshishiga erishilgan;
korxonalar investision faoliyatida lizing xizmatlarini tartibga solishning moliyaviy mexanizmlari lizing kompaniyalari moliyaviy holatini reyting baholashga oid “risk darajasi juda past” [8<RD≤10], “risk darajasi o‘rtacha” [6<RD≤7,9], “risk darajasi yuqori” [4<RD≤5,9], “risk darajasi juda yuqori” [RD≤4] shkala intervallarini belgilash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Lizing Uyushmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Lizing Uyushmasining 2022 yil 30 avgustdagi ULA/1282-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida lizing bitimi ishtirokchilari (sotuvchi-lizing beruvchi-lizing oluvchi)ning manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilib, sotuvchining aylanma aktivlardan foydalanish samaradorligi 7%ga, lizing beruvchining lizing loyihasi bo‘yicha rentabelligi 5%ga va lizing oluvchining lizing loyihasidan foydalanish samaradorligi 8%ga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot, asosiy kapitalga investisiyalar va lizing faoliyatining dinamikasiga asoslangan ekonometrik model yordamida ishlab chiqilgan 2025-2030 yillarda YaIM tarkibida lizing ulushining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Lizing Uyushmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Lizing Uyushmasining 2022 yil 30 avgustdagi ULA/1282-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli istiqbolda mamlakat iyalpi ichki mahsulot, asosiy kapitalga investisiyalar va lizing faoliyati hamda YaIM tarkibida lizing ulushi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish