Mirzaeva Lola Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston mehmondo‘stlik sohasi korxonalariga g‘arb boshqaruv modelini tadbiq etish mexanizmlari», 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1632.
Ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Baxodir Shahriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori,professor; Ollanazarov Bekmurod Davlatmuratovich, Urganch Ranch texnologiya universiteti “Iqtisodiyot” kafedra mudiri, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston mehmondo‘stlik sohasi tashkilotlariga g‘arb boshqaruv modelini tadbiq etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra barqaror o‘sish sharoitida mamlakat turizm xizmatlari bozorini rivojlantirishda “sof turizm bozori” modelini tuzish turistik mahsulot va xizmatlarning taklifi hamda talabining bevosita zamonaviy joylashtirish vositalari subektlari o‘rtasida shakllanishi va ayirboshlanishi bilan tavsiflanuvchi iqtisodiy model jihatidan takomillashtirilgan;
mehmondo‘stlik industriyasi tashkilotlarining mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini ekspress baholash usuli mehmonxona (1≤M≤5), xostel (0,5≤M≤2) va oilaviy mehmon uylari (1≤OMU≤2) faoliyatining asosiy jihatlarini hisobga oluvchi ball shkalalarini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
jahondagi top-10 mehmonxonalar brendlarining logotiplari asosida joylashtirish vositalarining imijini namoyon etuvchi taniqli brendlarni yaratish uslubi milliy qadriyatlar va mahalliy imkoniyatlarni uygʼunlashtirish dastaklarini joriy etish orqali takomillashtirish asosida “Farovon” brendi yaratish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda joylashtirish vositalaridan olingan daromad hajmi va unga taʼsir etuvchi omil ko‘rsatkichlarining trend modellari asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston mehmondo‘stlik sohasi tashkilotlariga g‘arb boshqaruv modelini tadbiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra barqaror o‘sish sharoitida mamlakat turizm xizmatlari bozorini rivojlantirishda “sof turizm bozori” modelini tuzishni turistik mahsulot va xizmatlarning taklifi hamda talabining bevosita zamonaviy joylashtirish vositalari subektlari o‘rtasida shakllanishi va ayirboshlanishi bilan tavsiflanuvchi iqtisodiy model jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Xalqaro turizm menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda turistik mahsulot va xizmatlarning taklifi hamda talabini iqtisodiy model jihatidan takomillashtirishga oid “sof turizm bozori” modeli bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
mehmondo‘stlik sohasi tashkilotlarining mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini ekspress baholash usuli mehmonxona (1≤M≤5), xostel (0,5≤M≤2) va oilaviy mehmon uylari (1≤OMU≤2) faoliyatining asosiy jihatlarini hisobga oluvchi ball shkalalarini tatbiq etish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 14 oktyabrdagi 371-25-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mehmonxonalar, xostellar va oilaviy mehmon uylari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini o‘rtacha 5 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
jahondagi top-10 mehmonxonalar brendlarining logotiplari asosida joylashtirish vositalarining imijini namoyon etuvchi taniqli brendlarni yaratish uslubi milliy qadriyatlar va mahalliy imkoniyatlarni uyg‘unlashtirish dastaklarini joriy etish orqali takomillashtirish asosida “Farovon” brendini yaratish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 14 oktyabrdagi 371-25-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi Xiva shahrida joylashgan “Farovon” mehmonxonasiga xos bo‘lgan mashhur turistik brendni yaratish imkonini bergan;
O‘zbekistonda joylashtirish vositalaridan olingan daromad hajmi va unga taʼsir etuvchi omil ko‘rsatkichlarining trend modellari asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi“O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-20-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 14 oktyabrdagi 371-25-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklif asosida 2030 yilga kelib, joylashtirish vositalari daromadlilik darajasi ulushini 1,2 barobarga oshirish mumkinligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish