Melibaeva Gulxon Nazrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Kichik biznes korxonalari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlari”, 08.00.15–“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3592
Ilmiy rahbarlar: Toshpulatov Ikboljon Adiljonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti, PhD.03/31.12.2020.I.130.01
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Odiljon Xolmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Dadaboeva Marguba Mamasolievna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va tadbirkorlik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes korxonalarida raqobatning shakllanish omillari, unga qo‘yiladigan talablar, raqobatning korxona faoliyatiga ta’siri, ilg‘or yondashuvlari va baholash mexanizmlari asosida raqobatbardoshlikni ta’minlash tizimi asoslangan;
kichik biznes subektlari faoliyatining samaradorligini oshiruvchi, resurslardan foydalanishning optimal yo‘nalishlarini belgilovchi hamda ularning iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi hissasini kuchaytiruvchi boshqaruv vositasini shakllantirish taklif etilgan;
kichik korxonalarda LIFO, FIFO, AVECO, direct-kosting, absorption-kosting va ABC-kosting yondoshuvlari asosida 5-10% tannarx xarajatlarini kamaytirishga hamda foydani 10-12%ga oshirishga olib keladigan integratsiyalashgan COST-FLEX tizimi ishlab chiqilgan;
mahsulot hajmi, bozor ulushi, narx raqobatbardoshligi, foyda marjasi, qoniqish darajasi, takroriy xaridorlar, innovatsion mahsulotlar ulushi va hodimlar bilan ta’minlanganlik omillari asosida Sadaf Sut hamda Benazir korxonalari rivojlanishining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes korxonalari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes korxonalarida raqobatning shakllanish omillari, unga qo‘yiladigan talablar, raqobatning korxona faoliyatiga ta’siri, ilg‘or yondashuvlari va baholash mexanizmlari asosida raqobatbardoshlikni ta’minlash tizimiga doir taklifi “Sadaf sut” hamda “Benazir” korxonalari faoliyatlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2025 yil  16-dekabrdagi 05-33-14170-sonli, “Sadaf sut” korxonasining 2025 yil 22 maydagi va “Benazir” korxonasining 2025-yil 24-maydagi ma’lumotnomalari). Natijada, “Sadaf sut” hamda “Benazir” korxonalarining oziq-ovqat mahsulotlari bozoridagi sotuv hajmini 5 foizga ortishiga erishilgan;
kichik biznes subektlari faoliyatining samaradorligini oshiruvchi, resurslardan foydalanishning optimal yo‘nalishlarini belgilovchi hamda ularning iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi hissasini kuchaytiruvchi boshqaruv vositasini shakllantirish taklifi “Sadaf sut” hamda “Benazir” korxonalari faoliyatlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2025 yil  16-dekabrdagi 05-33-14170-sonli, “Sadaf sut” korxonasining 2025 yil 22 maydagi va “Benazir” korxonasining 2025-yil 24-maydagi ma’lumotnomalari). Natijada, “Sadaf sut” hamda “Benazir” korxonalarining bozorni o‘rganish va tahlil qilishga sarflanadigan xarajatlarini 2,5 foizga kamayishiga erishilgan;
kichik korxonalarda LIFO, FIFO, AVECO, direct-kosting, absorption-kosting va ABC-kosting yondoshuvlari asosida 5-10% tannarx xarajatlarini kamaytirishga hamda foydani 10-12%ga oshirishga olib keladigan integratsiyalashgan COST-FLEX tizimiga doir taklifi “Sadaf sut” hamda “Benazir” korxonalari faoliyatlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2025 yil  16-dekabrdagi 05-33-14170-sonli, “Sadaf sut” korxonasining 2025 yil 22 maydagi va “Benazir” korxonasining 2025-yil 24-maydagi ma’lumotnomalari). Natijada, “Sadaf sut” hamda “Benazir” korxonalari tominidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini optimallashtirilganligi hisobiga mos ravishda 5,3 va 8,7 foizga pasayishiga erishilgan; 
mahsulot hajmi, bozor ulushi, narx raqobatbardoshligi, foyda marjasi, qoniqish darajasi, takroriy xaridorlar, innovatsion mahsulotlar ulushi va hodimlar bilan ta’minlanganlik omillari asosida korxonalar rivojlanishining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariyalariga doir taklifi “Sadaf sut” hamda “Benazir” korxonalari faoliyatlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 2025 yil  16-dekabrdagi 05-33-14170-sonli, “Sadaf sut” korxonasining 2025 yil 22 maydagi va “Benazir” korxonasining 2025-yil 24-maydagi ma’lumotnomalari). Natijada, ushbu prognoz ssenariylari asosida “Sadaf sut” hamda “Benazir” korxonalarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish