Mavlonov Avazxon Usubxujaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Havo transporti obektlarida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashishning tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat-protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Yu2120
Ilmiy maslahatchi: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich yuridik fanlar dοktοri, prοfessοr
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xayriev Nodirjon Isroilovich yuridik fanlar doktori, professor; Xaydarov Mansur Maxmudjonovich yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Havo transporti obektlarida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashishning tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havo transporti obektlarida tezkor-qidiruv faoliyatining bosqichlarining (tayyorgarlik, aniqlashtirish, amalga oshirish va baholash) integrativ model sifatida IKAO standartlari asosida qo‘llanilishi jinoyatchilikka qarshi kurashda inson huquqlari himoyasi rivojlanishiga xizmat qilishi asoslantirilgan;
ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan echimlarni tatbiq etish lozimligi asoslantirilgan;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida ko‘maklashayotgan (ko‘maklashgan) va mazkur organlar bilan maxfiylik asosida hamkorlik qilayotgan (hamkorlik qilgan) shaxslar, shuningdek ularning oila a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish lozimligi asoslantirilgan;
yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kurerlik jo‘natmalarini avtomobil, temir yo‘l, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlarida tashish hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy va texnologik operatsiyalarni hamda shartnoma asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda bajariladigan xizmatlar transportdagi tezkor-qidiruv faoliyatining obektiga kirishi asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
havo transporti obektlarida tezkor-qidiruv faoliyatining bosqichlarining (tayyorgarlik, aniqlashtirish, amalga oshirish va baholash) integrativ model sifatida IKAO standartlari asosida qo‘llanilishi oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son «Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorning 1-bandi “g” kichik bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash Departamentining 2025-yil 24-iyundagi 34/9-1346-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi jinoyatchilikka qarshi kurashda inson huquqlari himoyasi rivojlanishiga xizmat qilgan;
ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan echimlarni tatbiq etishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ-155-son «Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorning 3-bandi “b” kichik bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash Departamentining 2025-yil 24-iyundagi 34/9-1346-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi sun’iy intellekt texnologiyalarini ichki ishlar organlari tizimiga integratsiya qilish orqali havo transporti obektlarida jinoyatlarni oldindan aniqlash, tahlil qilish, xavfli vaziyatlarni modellash va prognozlash imkoniyatini paydo qiladi;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida ko‘maklashayotgan (ko‘maklashgan) va mazkur organlar bilan maxfiylik asosida hamkorlik qilayotgan (hamkorlik qilgan) shaxslar, shuningdek ularning oila a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-1016-son Qonunning 11-moddasi 4-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 19 noyabrdagi №3/dn-233-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ushbu shaxslar hamda ularning oila a’zolari haqidagi ma’lumotlarni davlat siri deb e’tirof etish orqali ularning huquqiy himoyasi kafolatlandi. Bu – tezkor xizmatlarda faoliyat yuritayotgan shaxslarning shaxsiy xavfsizligi, maxfiy hamkorlikning samaradorligi va davlat xavfsizligining mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kurerlik jo‘natmalarini avtomobil, temir yo‘l, havo, suv transportida yoki ushbu transport turlarida tashish hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashkiliy va texnologik operatsiyalarni hamda shartnoma asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda bajariladigan xizmatlar transportdagi tezkor-qidiruv faoliyatining obektiga kirishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustdagi “Transport to‘g‘risida”gi O‘RQ-706-son Qonunning 4-moddasi 17- bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 19-noyabrdagi №3/dn-233-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi tashish jarayonidagi tashkiliy, texnologik, shartnomaviy va qonuniy asosda amalga oshiriladigan xizmatlar ko‘lamini belgilash orqali transport sohasida huquqiy aniqlik va normallashtirish ta’minlandi. Bu esa transport xizmatlari bozorida shaffoflikni oshiradi, tadbirkorlikni rivojlantiradi va fuqarolar huquqlarini himoya qilishga xizmat qilgan.