Burnashev Vladimir Fidratovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘ovak muhitlarda ko‘p fazali, ko‘p komponentali suyuqliklarning sizishi gidrodinamik modellarining sonli tahlili», 01.02.05–Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/FM127.

Ilmiy maslahatchi: Xo‘jayorov Baxtiyor Xo‘jayorovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.08.2018.FM/T.02.09.

Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori; Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor; Xudaykulov Savet Ishonkulovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi:neftgazkondensatli aralashmalar sizishi, kalsid, dolomit kollektorli neft qatlamlariga kislotali ta’sir ko‘rsatish, karbonat kollektorli neft qatlamlariga kolmatatsiyani hisobga olgan holda kislotali ta’sir ko‘rsatish gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tahlil qilishdan iborat.

III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi:

neftegazokondensatli aralashmalar sizishi jarayonining matematik modeli va mos masalani echish uchun “katta zarralar” usuliga asoslangan hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;

kalsid kollektorli neft qatlamlariga kislotali ta’sir ko‘rsatish uchun matematik modeli va mos masalani echish uchun “katta zarralar” usuliga asoslangan hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;

dolomit kollektorli neft qatlamlariga kislotali ta’sir ko‘rsatish uchun matematik modeli va mos masalani echish uchun “katta zarralar” usuliga asoslangan hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;

karbonat kollektorli neft qatlamlariga kislotali ta’sir ko‘rsatish uchun kolmatatsiyani hisobga olgan holda matematik modeli va mos masalani echish uchun “katta zarralar” usuliga asoslangan hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;

o‘rta quvvatli shaxsiy kom`yuterlardan foydalanib ko‘p variantli hisoblashlarni bajarish imkonini beruvchi grafik intefeysga ega bo‘lgan amaliy dasturlar paketi va hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

G‘ovak muhitlarda ko‘p fazali, ko‘p komponentali suyuqliklarning sizishi gidrodinamik modellarining sonli tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan matematik modellar, hisoblash usullari, algoritmlar va dasturlar natijalari asosida:

neftegazokondensatli aralashalar sizishi va turli xildagi kollektorlarga ega bo‘lgan neft va neftegaz qatlamlariga kislotali ishlov berish jarayonlarining takomillashtirilgan matematik modeli va unga mos masalani echish uchun “katta zarralar” usuliga asoslangan hisoblash algoritmi va “Neft qatlami quduq oldi zonasiga kislota bilan ko‘rsatkichlarini hisoblash” nomli dasturiy vositasidan BV-M-F4-001 raqamli «Murakkab issiqlik va modda almashinuviga doir ko‘p o‘lchovli masalalarning matematik modellari va taqsimlangan samarali hisoblash algoritmlari» fundamental grant loyihasida murakkab chegarali sohalar uchun matematik fizikaning ko‘p o‘lchovli nochiziq sinf masalalarining modellarini takomillashtirish hamda echishning algoritmik usulini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 dekabrdagi 89-03-4213-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi murakkab issiqlik va modda almashinuviga doir ko‘p o‘lchovli masalalarning matematik modellarini takomillashtirish, hisoblash eksperimentlarini o‘tkazish imkonini bergan;

“Neft qatlamlari zaboy oldi hududiga kislotali ishlov berish usuli” nomli ixtiro uchun patent olingan (№ IAP 05492, O‘zR ixtirolar davlat reestrida 20.10.2017 yilda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Boshqa usullardan farqli ravishda quduq zaboy oldi xududini oldindan asfal`t-mum-parafinli cho‘kindilardan tozalash maqsadida qatlam haroratini oshiradigan zaboy oldi hududining 3/4 qism xajmi miqdorida issiq suv bilan qatlamga dastlabki ishlov berish, so‘ngra sovuq kislotani haydash orqali neft qatlamlari zaboy oldi hududiga kislotali ishlov berish usuli kislotali ishlov berish samaradorligini oshirish imkonini bergan;

neftegazokondensatli aralashmalar sizishi, kalsid kollektorli neft qatlamlariga kislotali ta’sir ko‘rsatish, dolomit kollektorli neft qatlamlariga kislotali ta’sir ko‘rsatish, karbonat kollektorli neft qatlamlariga kolmatatsiyani hisobga olgan holda kislotali ta’sir ko‘rsatishning gidrodinamik modellari, algoritmi va dasturi “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ Shimoliy O‘rtabuloq (№3 quduq), Janubiy Kemachi (№118 quduq), Sho‘rtepa (№102 quduq), Sariqum (№22 quduq), Sho‘rtan (№11 quduq), Janubiy Tandirchi (№6 quduq) quduqlarida kislotali ishlov berish jarayonini tashkil etishga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz”AJning 2018 yil 18 apreldagi 02/14-2-478-son ma’lumotnomasi). Natijada taklif qilingan uslubning qo‘llanilishi quduqlarga kislotali ishlov berishda geologo-texnik chora-tadbirlar rejasini optimallashtirish, tuzli-kislotali ishlov berishni bashoratlashning aniqligini oshirish hisobidan qazib olinayotgan neft va gaz debitini oshirish imkonini bergan;

neft-gaz-kondetsat tizimidagi ko‘p fazali sizish jarayonining takomillashtirilgan matematik modellaridan yetakchi xorijiy ilmiy jurnallarda: g‘ovak muhitlarda organik moddalar kondensatsiyalanishi jarayonlarini modellashtirishda (Chemical Engineering Science. 59 (2004), IF=1.04), nisbiy o‘tkazuvchanlikni eksperimental natijalardan foydalanmasdan sonli modellashtirishda (Journal Pet. Sci. and Eng. 61 (2008), IF=0.78), quvurlarda qovushoq neft-gaz oqimlarining energiya tenglamasini keltirib chiqarishda (Journal Pet. Sci. and Eng. 101 (2013), IF=0.78) foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yuqorida sanab o‘tilgan jarayonlar matematik modellarini takomillashtirish va masalalarni sonli echish usullarini ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish