Ablakulov Lochinbek Quchqorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim diketonlar asosida atsetilen diollari sintezi va ularning kimyoviy o‘zgarishlari», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1028.
Ilmiy rahbar: Ikramov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qodirov Xasan Irgashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: molekulasida ikkita karbonil guruh saqlagan ketonlarni Cu(OTf)2/TBABr/TGF va EtMgBr/TGF katalitik sistemasida atsetilen, oktin-1 va fenilatsetilen ishtirokida atsetilen diollari sintezi va ular asosida, viniloksi efirlar, oddiy efirlar va murakkab efirlar sintez qilish hamda ularni amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor molekulasida alifatik va geterotsiklik o‘rinbosarlar saqlagan diketonlarni atsetilen, oktin-1 va fenilatsetilen bilan nukleofil birikish reaksiyasi asosida bir qancha reaksion faol markazlardan tashkil topgan atsetilen diollari sintez qilingan; 
ilk bor turli xil tabiatga ega ketonlarni yangi kompleks katalitik sistemalar- Cu(OTf)2/TBABr/TGF va EtMgBr/TGF yordamida atsetilen, oktin-1 va fenilatsetilen bilan nukleofil birikish reaksiyalarining borishi aniqlangan, katalizatorlarning mahsulot unimiga selektiv ta’siri, qo‘shimcha reaksiyalarning borishi, oraliq va qo‘shimcha mahsulotlarning hosil bo‘lishi va ularni ajratish usullari aniqlangan, atsetilen diollarini yuqori unim bilan sintez qilishning yangi usullari ishlab chiqilgan;
atsetilen diollarini sintez qilish reaksiya bosqichlari, ximizmi va mexanizmi taklif etilgan, jarayonlar eng muqobil sharoitlari topilgan hamda erituvchi, katalizator, ligand va oraliq birikmalarning reaksiya tezligi va faollanish energiyasiga ta’siri hisoblangan, ketonlar tabiati, ularning reaksion qobiliyati, jarayon borishi va mahsulot unumiga ta’sir qilish qonuniyatlari ishlab chiqilgan, katalizatorlarning stabilligi, faolligi va qaytar reaksiyalarga ta’siri aniqlangan;
ilk bor atsetilen diollarini Ti(OTf)4/Cakt katalitik sistemasida fenilatsetilen bilan vinillash reaksiyalari amalga oshirilgan va yuqori unum bilan viniloksi efirlar hosil bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor atsetilen diollarini Cu(OTf)2/Et3N/Ch2Cl2, Zn(OTf)2/C6H6 va CuCl/Bu4NOH/KOH katalitik sistemalarda etil spirti, benzil spirti va 2-(brommetil)piridin gidrobromid ishtirokida oddiy efirlar sintezi qilingan;
H2SO4/C6H6 katalitik sistemasida atsetilen diollarini sirka kislota, benzoy kislota va akril kislota ishtirokida eterifikatsiyalash jarayoni ilk bor amalga oshirilgan va yangi turdagi murakkab efirlar sintez qilingan;
atsetilen diollari va ular asosida olingan viniloksi efirlar, oddiy va murakkab efirlarning xususiy kattaliklari aniqlangan, kvant-kimyoviy parametrlari hisoblangan, tozaligi xromatografik, tuzilishi spektroskopik, tarkibi element analiz, elektron tuzilishi kvant-kimyoviy usullarida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli xil tabiatga ega bo‘lgan ketonlar va atsetilen, oktin-1 va fenilatsetilen asosida atsetilen diollari sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan atsetilen diollari jumladan, 3,4-dimetilgeksadiin-1,5-diol-3,4, 3,5-dimetilgeptadiin-1,6-diol-3,5, 3,6-diimetiloktadiin-1,7-diol-3,6 va 3-(tiofenil-2)-5-(triftorometil)geptadiin-1,6-diol-3,5 “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ da tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurt va oltingugurtli birikmalarni ajratib oluvchi ingibitorlar sifatida amaliyotga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ ning 2025 yil 9 iyuldagi 966/G‘K-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gaz tarkibida oltingugurt va oltingugurtli birikmalar miqdorini kamaytirish imkonini bergan;
sintez qilingan 9-(tiofenil-2)-11-(triftorometil)nonadekadiin-7,12-diol-9,11, 3,4-dimetilgeksadiin-1,5-diol-3,4 va 3,5-dimetil-1,7-difenilgeptadiin-1,6-diol-3,5 lar sanoat oqava suvlari tarkibida tuz qatlam hosil qiluvchi komponentlarga qarshi ingibitor sifatida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish korxonasida amaliyotga joriy qilingan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish korxonasining 2025 yil 16 iyuldagi OP25/ED-2493-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat korxonalari texnologik qurilmalarida tuz qatlam hosil bo‘lishini 78% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish