Kurbanbaeva Sanobar Abdikarimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Asfalten gomologlari asosida kuchsiz kislotali kationitlar sintezi va ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5835.
Ilmiy rahbar: Ikramov Abdivaxab, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xolikova Sevara Djasurovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: «Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJda polimer ishlab chiqarish jarayoni uchun monomerlar (etilen va propilen) sintezi piroliz qurilmasi ikkilamchi mahsuloti Tar-mahsulotni chuqur qayta ishlab  asfalten gomologlarini ajratib olish, ular asosida kuchsiz kislotali kationit hamda beton aralashmalari uchun maxsus qo‘shimchalar  ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyi olifenlar ishlab chiqarish jarayoni ikkilamchi Tar-mahsulot takribi aniqlanib, 430 - 450 oC fraksiyasi asfalten gomologlaridan iboratligi isbotlangan;
asfaltenni gomologlarini oksidlash va formaldegid bilan polikondensatlanishi orqali fazoviy tuzilishli polimetilenasfalten karbon  kislota olinib,  reaksiya mexanizimi asoslangan;
asfalten dikarbon kislota : formaldegid 1:1,2 mol nisbatda, 30-40 atm. bosimi, 110-120 oC xaroratlarda polikondensatlanganda olingan fazoviy tuzilishli polimetilenasfalten karbon kislotaning kuchsiz kationit xossalariga isbotlangan;
olingan kuchsiz kislotali polimetilenasfalten karbon kislotaning termik barqarorligi TGA orqali asoslanib, 120 C xaroratgacha konsentrlangan ishqor va kuchli oksidlovchilar ta’siriga barqaror strukturaga ega ekanligi isbotlangan;
Tar-mahsulotni chuqur qayta ishlab asfalten gomologlarini ajratish, ular asosida kuchsiz kislotali kationit olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyi olefinlar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan Tar-mahsulotdan ajratib olingan asfalten gomologlarini oksidlash natijasida olingan polimetilenasfalten karbon kislota sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tar-mahsulot tarkibidan ajratib olingan asfalten gomologlarini oksidlash, formalin bilan polikondensatlash orqali polimetilenasfalten karbon kislota olish texnologiyasi «ELEKTROKIMYoZAVOD» QK-AJning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («ELEKTROKIMYoZAVOD» QK-AJ ning 2025 yil 26 iyunidagi 89-son ma’lumotnomasi). Natijada sanoatning ikkilamchi mahsulotlari asosida kuchsiz kislotali kationit ishlab chiqarish imkonini beradi;
Tar-mahsulot tarkibidan ajratib olingan asfalten gomologlarini oksidlash, formalin bilan polikondensatlash orqali polimetilenasfalten karbon kislota olish texnologiyasi «ELEKTROKIMYoZAVOD» QK-AJning «2026-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («ELEKTROKIMYoZAVOD» QK-AJ ning 2025 yil 26 iyunidagi 89-son ma’lumotnomasi). Natijada texnik suvlarni tozalashda fizik-mexanik, orgonoleptik va ekspluatatsion xususiyatlari bo‘yicha KU-2-8 ioniti bilan raqobatlasha oladigan kuchsiz kislotali kationit ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish