Ashurov Mirshod Muysin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Karboksimetilinulin va jelatin asosida kompozisiya: olinishi, fizik-kimyoviy xossalari va qo‘llanilishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materaillar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K955.
Ilmiy rahbar: Xusenov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inulinning karboksimetilinulin hosilasini sintez qilish, jelatin bilan kompozisiyalarini olish, ularning fizik-kimyoviy, morfologik xossalarini aniqlash va ular asosida biomaterial olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli almashinish darajasiga ega karboksimetilinulin hosilalarini sintez qilishning maqbul sharoitlari ishlab chiqilgan va ularning fizik-kimyoviy xossalariga ishqor konsentratsiyasi, alkillovchi reagentning molyar nisbati, reaksiya vaqti hamda haroratning ta’siri aniqlangan;
karboksimetilinulinni periodatli usulda oksidlash natijasida oksidlanish darajasi 8 mol% dan 33 mol% gacha bo‘lgan dialdegidkarboksimetilinulin namunalari sintez qilingan, ularning kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari zamonaviy tadqiqot usullari yordamida aniqlangan;
ishqoriy gidrolizlash usulida qoramol terisidan jelatin ajratib olishning maqbul gidroliz sharoitlari ishlab chiqilgan, 21-80 kDa molekulyar massadagi jelatin namunalari ajratib olingan va uning molekulyar tuzilishi aniqlangan;
jelatin/KMI va jelatin/DAKMI tarkibli kompozision eritmalar olinib, ularning massa nisbatlarining kompozisiya fizik-kimyoviy, morfologik hamda reologik xossalariga ta’siri aniqlangan;
inulin hosilalari va jelatin asosidagi polimer kompozisiyadan plyonka shaklidagi biomaterial olingan va uning farmako-toksikologik xususiyatlari hamda biologik faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karboksimetilinulin va jelatin asosida kompozisiya: olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, qo‘llanilishi hamda ularning biologik faolliklarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan karboksimetilinulinni periodat bilan oksidlab olingan dialdegidkarboksimetilinulin (DAKMI) hosilasi hamda qoramol terisi xomashyodan ajratilgan jelatin bilan polisaxarid/oqsil tarkibli eritma asosida tayyorlangan kompozision biomateriallar Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutida 2025-yilda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga bajarilgan “Zamonaviy DNK texnologiyalari asosida tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun rekombinant oqsillarni olish, diagnostika vositalarini ishlab chiqish, ekstraktlar, tabiiy va sintetik birikmalarning sitotoksik, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va antibakterial faolligini o‘rganish. Liposomalar asosida biologik faol moddalarni hujayralarga maqsadli (targetli) etkazib berish jarayonlarini tadqiq etish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2025 yil 21 - noyabrdagi 4/1255-2936-son ma’lumotnomasi). Natijada, polisaxarid/oqsil tarkibli eritmadan olingan kompozisiya asosida yangi inulin hosilalari va jelatindan biologik faol, toksik xususiyatlarga ega bo‘lmagan plyonka shaklidagi biomaterial yaratish imkonini bergan;
karboksimetilinulin va jelatin asosida olingan plyonka ko‘rinishidagi biomaterial namunalari Buxoro viloyati “Gavana ko‘prik saxovati” fermer xo‘jaligida qo‘ylardagi jun qirqishda hosil bo‘lgan tashqi yaralarning bitish jarayoniga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 27-noyabrdagi 02/23-3807-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaralarning yopilishi tezlashib, to‘qimalarning tezroq regeneratsiyasi va epitelizatsiya jarayonini jadallashgan, jarohat yuzasida yallig‘lanish alomatlari kuzatilmagan hamda chandiqlanish jarayonini sezilarli darajada kamayish imkonini bergan.