Sayidova Maftuna Hamroqul qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Maxsus kiyimda quyosh batareya elementlarini qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.06.04 – Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5131.
Ilmiy rahbar: Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Mastura Kabulovna, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat  instituti professori, texnika fanlari doktori, professor; Samieva Shaxnoz Hikmatovna, Buxoro davlat texnika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamizda issiq quruq havo sharoitlarida ochiq havoda ishlaydigan gaz majmuasi ishchilari uchun quyosh batareyalari yordamida muqobil energiya va ventilatsiya tizimi bilan taminlangan yozgi maxsus kiyimni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sharoitlari, kiyim materiali va konstruksiyasiga mos ravishda, gaz majmuasi ishchilarining mehnat jarayonidagi tana harakati erkinligini ta’minlovchi old va orqa bo‘lak funksional-konstruktiv bo‘linmalari, jumladan, orqa kengligi, eng va yoqa o‘miz kengligiga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan; 
birinchi marotaba gaz majmuasi ishchilarining tana harakatlari erkinligini ta’minlaydigan, yuqori gigienik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan  maxsus kiyimning maqbul konstruksiyasi ergonomik loyihalash tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
ilk bor maxsus kiyimda 25,92 KVt/soat quvvatga ega bo‘lgan quyosh batareyalarini qo‘llash samaradorligi asoslangan va undan ishlab chiqiladigan muqobil energiyadan foydalangan holda kiyimosti hududini havo almashinuvini ta’minlaydigan ventilyasion tizimini hamda kommunikatsion qurilmalarni  quvvatlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kiyimini konstruktiv parametrlarning tashqi dinamik mosligiga bog‘liqligining regressiya tenglamalari va matematik modellari ishlab chiqilgan hamda ular asosida ko‘krak aylanasi bo‘yicha kiyim erkinligi uchun beriladigan qo‘shimcha haqning optimal qiymati Pg=16 sm, eng o‘mizi kengligi Shpr=30 sm, orqa kengligi Shsp=48 smga tengligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: gaz majmuasi ishchilari innovatsion maxsus kiyimini ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining sanoat namunasiga  patenti olingan (№ SAP2687, 25.02.2025y. «Ishchilar uchun elektr ta’minoti va sovutish tizimiga ega maxsus kiyimlar to‘plami»). Natijada gaz majmuasi ishchilarining mehnat harakatlari erkinligini ta’minlaydigan maqbul konstruksiyasi ishlab chiqilgan, mehnat jarayonida ishchilarga ergonomik nuqtai nazardan qulaylik yaratilgan, maxsus kiyimning gigienik va ekspluatatsion sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangan;
taklif etilayotgan gaz majmuasi ishchilari uchun yaratilgan maxsus kiyimni yangi komplektlari va ularning konstruktorlik-texnik hujjatlari tikuvchilik korxonalarida, shu jumladan, “Kvadrat” MChJ, “Ocean Lux Textile Invest”, “Ekvatorial Teks” MChJ (Buxoro viloyati) korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 23 dekabrdagi 03/25-3463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy xomashyolardan foydalanish, ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish asosida ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga nisbatan mehnat unumdorligi 4,76% ga oshishiga erishilgan hamda gaz majmuasi ishchilari sifatli, ergonomik jihatdan qulay hamda arzon maxsus kiyim bilan ta’minlangan;
gaz majmuasi ishchilarining maxsus kiyimlari “Kvadrat” MChJ, “Ocean Lux Textile Invest”, “Ekvatorial Teks” MChJ (Buxoro viloyati) korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 23 dekabrdagi 03/25-3463-sonli ma’lumotnomasi). Natijada gaz majmuasi ishchilari uchun maxsus kiyimi uchun material tanlashning asoslanganligi, ilk marotaba ishchilar uchun qulay maxsus kiyim konstruksiyasi ishlab chiqilganligi, maxsus kiyimning sifati yaxshilanganligi hisobiga uning  ishonchliligi va  ekspluatatsiyalash davri 6 oydan 12 oyga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish