Nurmatov Hasanboy Mirzaxmedovich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Seysmik riskni kamaytirish bo‘yicha Angren-Pop temir yo‘l liniyasi salohiyatini baholash va uni oshirishga oid tashkiliy-texnik echimlar ishlab chiqish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadroviy va radiatsion xavfsizlik”; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1884
Ilmiy rahbar: Sulaymanov Sunnatulla, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Murtazaev Kuvandik Mustafaevich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent; Yangiboev Xurshidbek Nurmuxammad o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 
II. Tadqiqotning maqsadi: seysmik riskni kamaytirish bo‘yicha Angren-Pop temir yo‘l liniyasining salohiyatini baholash va uni oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tashkiliy-texnik echimlarni ishlab chiqish orqali favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren-Pop temir yo‘l liniyasida joylashgan ob’ektlarining seysmik risklar vujudga kelish manbalarida xavfsizlikni ta’minlashning o‘ziga hos xususiyatlari inobatga olingan holda, yuqori darajadagi seysmik faollik tufayli yuzaga keladigan risklar ko‘lamining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida joylashgan temir yo‘l ob’ektlariga ta’siri xavflarning o‘zgarish dinamikasi yordamida asoslangan;
seysmik faollik yuqori bo‘lgan temir yo‘l liniyasida joylashgan ob’ektlarda zilzila tufayli zarar etkazilishi kutilayotgan inshootlar xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda risklarni boshqarish sennariylarining xavfsizlik tahlili tuzilmasi asosida seysmik risklar ehtimolini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
“eksperimental va kuzatish tadqiqotlar” orqali seysmik faolligi yuqori bo‘lgan temir yo‘l ob’ektlarida notuzilmaviy elementlarning zilzila intensivligi ta’sirida yuzaga keladigan siljishlari oqibatida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli oqibatlarini yumshatishga qaratilgan erta ogohlantirish tizimi ishlab chiqilgan;
temir yo‘l infratuzilmasi ob’ektlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida harakatlanuvchi tarkiblardagi yo‘lovchilar soni va ob’ektlarga etkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni hisobga olgan holda seysmik faollik ta’sir ko‘lamini baholash uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Seysmik riskni kamaytirish bo‘yicha Angren-Pop temir yo‘l liniyasi salohiyatini baholash va uni oshirishga oid tashkiliy-texnik echimlar ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishidan olingan natijalar asosida: 
seysmik xavflar oqibatlarini yumshatishning erta ogohlantirish tizimi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boshqarmasi”ga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2025 yil 12 maydagi 4/E663-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, favqulodda vaziyatlar risklari ko‘lamining qisqarishi, ehtimolli moddiy yo‘qotishlar va insonlar o‘limining oldi olinishiga erishilgan; 
tog‘ va tog‘ oldi hududlarida joylashgan temir yo‘l ob’ektlarida yuzaga keladigan seysmik risklar ehtimolini bashoratlash usuli,  risklarni boshqarish senariylarining matematik modeli, temir yo‘l ob’ektlarining notuzilmaviy elementlarini zilzilalar ta’sirida siljish qonuniyatlarini aniqlash usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning “Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boshqarmasi”ga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2025 yil 12 maydagi 4/E663-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, risklarni bashoratlash va ularning ko‘lamini hisobga olgan holda tayyorgarlik tadbirlarini ko‘rish va oqibatlarini yumshatish, notuzilmaviy elementlarni zilzila ta’sirida siljishini oldini olishga qaratilgan texnik tadbirlar ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish