Eshmirzaev Alisher Pardaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahalliy pillalardan yuqori sifatli xom ipak olish va losini qayta ishlash texnologiyalarini asoslash” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T797
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Valiev Gulom Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Umarov Shavkat Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ipakchilik klaster tizimida pilla xomashyosini chuqur qayta ishlash va yuqori sifatli ipak mahsulotlarini olish texnologiyasini takomillashtirish hamda chiqindilarni qayta ishlab assortimentni kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik tahlillar natijasida birinchi va ikkinchi mavsumlarda etishtirilgan yangi rayonlashtirilgan pilla duragaylari uchun boqish jaryonida xona harorati va namligini meyyorlashtirish asosida ulardan navli pillarni hosildorligini oshirish rejimlari ishlab chiqilgan;
xom ipakni shakllanishi jarayonida chirmoviqni hosil qiluvchi roliklar tizimini bir biriga bog‘liqligining matematik modeliga asoslanib xom ipakni shakllanishidagi parametrlarining qiymatlari ishlab chiqilgan;
xom ipakni jipsligini pasayishi hamda uning namligini kamaytirish bilan ip uzilishlarini kamayish qonuniyatlarini Eyler formulasidan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan;
xom ipakni olti qirrali charxga o‘rashda chiziqli tezligini vaqt bilan bog‘ligini e’tiborga olgan holda uning yopishqoligini kamaytirish imkonini beruvchi paramertlarning qiymatlari aniqlangan;
yuqori sifatli xom ipak ishlab chiqarish uchun texnologik rejimlar ishlab chiqish  asosida pillalarni sifatli saralash, pishirish hamda chuvish texnologiyasi takomillashtirilgan; 
pillalarni yig‘ib olish jarayonida hosil bo‘ladigan birlamchi los tolalarini mayda va yirik chiqindilardan tozalash jarayonini takomillashtirish, tolali chiqindilarning sinflanishini o‘zgartirish asosida suyuq gulqog‘oz uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy pillalardan yuqori sifatli xom ipak olish va losini qayta ishlash texnologiyalarini asoslash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
tavsiya etilgan takomillashtirilgan texnologiya “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tassarrufidagi korxonalaridan, jumladan Xorazm viloyatining “XORAZM IPAGI” ma’suliyati cheklangan jamiyati, Samarqand viloyatining “SAMARQAND SILK OA” ma’suliyati cheklangan jamiyatida joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2025 yil 14 oktyabrdagi 4-2/1809-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalarda davlat standarti talablari bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan “2A” sinfiga mos xom ipak sifati bo‘yicha ko‘rsatkichlari yaxshilanib, davlat standarti talablari bo‘yicha Oltin Vodiy-2 duragayi birinchi mavsum va Oltin vodiy-2 duragayi ikkinchi mavsum pillalaridan “3A” sinfiga mos yuqori sifatli xom ipak olish imkoniyati yaratilgan. Ishlab chiqilgan chuvishning rasional rejimlari «XORAZM IPAGI» korxonasida joriy etilgan. Natijada xom ipakning nisbiy uzilish kuchini 11,3 cN/tex ga, xom ipakning chiqishini 9 % oshirish imkoniga erishilgan;
yangi turdagi suyuq gul qog‘ozi uchun xom ashyo tayyorlash texnologiyasi  Toshkent viloyatida joylashgan “ADRAS DÉCOR GROUP” MChJ korxonasida joriy etildi. (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2025 yil 14 oktyabrdagi 4-2/1809-sonli ma’lumotnomasi) Natijada yirik va mayda tolali ipak chiqindilaridan birinchi marta sanoatda suyuq gul qog‘oz olishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish