Qurbanova Dilrabo Sheripboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm vohasining qadimgi va ilk o‘rta asrlar ma’naviy madaniyati”, 07.00.01– O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tar93.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpog‘iston ijtimoiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori, professor; Pardaev Muxtorqul Hasanovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arxeologik, yozma va etnografik manbalar asosida Xorazm vohasining qadimgi va ilk o‘rta asrlar (islomga qadar) ma’naviy madaniyati tarixi muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasi qadimgi va ilk o‘rta asrlar davri madaniyati rivojlanishida hudud aholisining turmush-tarzi bilan bog‘liq mavjud tarixiy an’analar hamda totemizm, sehrgarlik, tabiiy kuchlarga sig‘inish mazmunidagi marosimiy-mifologik dunyoqarashning o‘zgarishi va ushbu faktorlarning uyg‘unlashuvi ma’naviy madaniyatning yangi qiyofa va sifat o‘zgarishiga olib kelganligi aniqlangan;
ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning rivojlanishi jarayonidagi kashfiyotlar va ixtirolar hamda ilmiy bilimlar dinamikasi Xorazm madaniyati mazmunini boyitishga hizmat qilib, pirovardida davlatchilik tizimi komponenti sifatida boyitilishiga asos bo‘lganligi arxeologik, yozma hamda etnografik manbalar asosida ko‘rsatib berilgan;
vohaning tasviriy san’at obidalarida o‘z aksini topgan tabiat va hayot, inson urf-odatlari, an’anaviy turmush tarzi, mehnat faoliyati kabi mavzular qadimgi va ilk o‘rta asrlar madaniyati darajasini belgilab beruvchi tarixiy manba sifatida asoslab berilgan;
Qirqqiz, Oysuluv, To‘rabek xonim kabi rivoyatlarda “xorasmiylar” elatining kelib chiqishi, qadimgi fors podshosi Kir II va malika To‘maris urushi, massagetlarning turmush tarzi, urf-odatlari, qurol-aslahalari, ijtimoiy tizimi hamda xorazmliklarning xo‘jaligi, ichki va tashqi aloqalari masalalarini yoritishdagi ilmiy ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xorazm vohasining qadimgi va ilk o‘rta asrlar ma’naviy madaniyati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
ma’naviy madaniyatning tarixiy ahamiyati, tasviriy san’at namunalarining e’tiqod va diniy funksiyalari, tabiat va hayot mavzulariga oid vazifalari, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, islomga qadar bo‘lgan e’tiqodlar izlari, rivoyatlar ildizlari va tarixiy voqelik muammosi haqidagi ilmiy xulosalardan Xiva «Ichan-Qal’a» Davlat muzey qo‘riqxonasi “Qadimgi Xorazm madaniyati tarixi” ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 01-11-08-4078-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xiva “Ichan-Qal’a” Davlat muzey qo‘riqxonasi, jumladan, “Amaliy san’at”, “Hunarmandchilik”, “Qadimgi Xorazm madaniyati tarixi” bo‘limlari eksponatlarini kataloglashtirish hamda sayyohlarga ekskursiyalar o‘tkazish, ma’naviy madaniyat tarixini keng targ‘ib etishga, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi;
qadimgi va ilk o‘rta asrlar davri Xorazm ma’naviy madaniyatining tarixiy taraqqiyoti xususiyatlari, bu jarayonga ta’sir ko‘rsatgan asosiy ichki va tashqi omillar, Xorazm vohasining badiiy madaniyati, turmush tarzi, aholining e’tiqodlari va diniy qarashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi – Xorazm Ma’mun akademiyasida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2012-2016 yillarda bajarilgan “Xorazm tarixi, I–II jild. (I – jild. Eng qadimgi davrlardan V asrgacha. II-jild. V–XV asrlar”) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 19 iyundagi 311255-1625-son ma’lumotnomasi). Qadimgi va ilk o‘rta asrlar Xorazm ma’naviy madaniyatining tarixiy taraqqiyoti xususiyatlari, bu jarayonga ta’sir ko‘rsatgan ichki va tashqi omillar, badiiy madaniyat obidalari, islomga qadar bo‘lgan e’tiqodlar, rivoyatlar, diniy qarashlar, vatanga bo‘lgan sadoqatni oshirishga xizmat qiladi.