Xursandov Ilyos Axmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID -19 bilan kasallangan bemorlarda buyrak shikastlanishining kechishi va immunologik ko‘rinishlarining xususiyatlari» 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3653.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Nigora Yax’yaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda buyrak shikastlanishining kechishi va immunologik ko‘rinishlarining xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘tkir buyrak shikastlanishida SD4+ limfotsitlar miqdorining keskin kamayishi fonida SD8+ va SD19+ limfotsitlar va fagotsitar soni va indeksi ko‘rsatkichlari miqdorining yuqori bo‘lishi nefron bazal membranalari parchalanishi davom etayotgani, buyraklar funksional hajmi kamayishi va oqibatda surunkali buyrak etishmovchiligiga olib kelishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘tkir buyrak shikastlanishida aylanib yuruvchi immun komplekslar miqdorining ortishi va kumulyasiyasi sababli nefron strukturasi shikastlanishi va ba’zi qismlarining qayta tiklanish jarayoni buzilishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar surunkali buyrak shikastlanishida immunoglobulinlar IgM va IgG miqdorlari gumoral immunitetning IgA miqdorining kamayishi fonida sitokinlar (IL-1β, TNF-α, IL-8, IL-10 va IFN-γ) miqdorlarining ortishi buyrak etishmovchiligiga olib kelishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘tkir buyrak shikastlanishi patogenezida neytrofil va monotsitlar fagotsitar faolligining ortishi, glomerulyar hujayralar proliferatsiyasining kuchayishi apoptoz mexanizmini boshlanishiga turtki bo‘lishi sababli yallig‘lanish jarayonini susaytirishiga olib kelishi asoslangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. 
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda buyrak shikastlanishining kechishi va immunologik ko‘rinishlarining xususiyatlarini aniqlash jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘tkir buyrak shikastlanishida SD4+ limfotsitlar miqdorining keskin kamayishi fonida SD8+ va SD19+ limfotsitlar va fagotsitar soni va indeksi ko‘rsatkichlari miqdorining yuqori bo‘lishi nefron bazal membranalari parchalanishi davom etayotgani, buyraklar funksional hajmi kamayishi va oqibatda surunkali buyrak etishmovchiligiga olib kelishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi bo‘yicha «COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishida immunologik buzilishlarni aniqlash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 30 avgustdagi qarori) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 28.12.2024 yildagi 213-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo viloyat filiali bo‘yicha 28.12.2024 yildagi 275-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22-maydagi 18/04-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishini o‘z vaqtida aniqlash, klinik-immunologik tashhislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Surxondaryo viloyatlari filiallari amaliy faoliyatlariga joriy etilishida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishida immunologik buzilishlarni aniqlash usulidan foydalanish, statsionarda yotishni qisqarishi xisobiga xar bir bemorga nisbatan 1550000 sum iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘tkir buyrak shikastlanishida SD4+ limfotsitlar miqdorining keskin kamayishi fonida SD8+ va SD19+ limfotsitlar va fagotsitar soni va indeksi ko‘rsatkichlari miqdorining yuqori bo‘lishi nefron bazal membranalari parchalanishi davom etayotgani, buyraklar funksional hajmi kamayishi va oqibatda surunkali buyrak etishmovchiligiga olib kelishiga sabab bo‘lishi asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangiligi: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishida aylanib yuruvchi immun komplekslar miqdorining ortishi va kumulyasiyasi sababli nefron strukturasi shikastlanishi va ba’zi qismlarining qayta tiklanish jarayoni buzilishiga olib kelishi aniqlanganligi bo‘yicha «COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishida immunologik buzilishlarni aniqlash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 30 avgustdagi qarori) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 28.12.2024 yildagi 213-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo viloyat filiali bo‘yicha 28.12.2024 yildagi 275-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22-maydagi 18/04-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishini o‘z vaqtida aniqlash, klinik-immunologik tashhislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Surxondaryo viloyatlari filiallari amaliy faoliyatlariga joriy etilishida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishida immunologik buzilishlarni aniqlash usulidan foydalanish, statsionarda yotishni qisqarishi xisobiga xar bir bemorga nisbatan 1550000 sum iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda o‘tkir buyrak shikastlanishida aylanib yuruvchi immun komplekslar miqdorining ortishi va kumulyasiyasi sababli nefron strukturasi shikastlanishi va ba’zi qismlarining qayta tiklanish jarayoni buzilishiga olib kelishi asoslangan;
uchinchi ilmiy yangiligi: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar surunkali buyrak shikastlanishida immunoglobulinlar IgM va IgG miqdorlari gumoral immunitetning IgA miqdorining kamayishi fonida sitokinlar (IL-1β, TNF-α, IL-8, IL-10 va IFN-γ) miqdorlarining ortishi buyrak etishmovchiligiga olib kelishiga sabab bo‘lishi aniqlanganligi bo‘yicha «COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishida immunologik buzilishlarni aniqlash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 30 avgustdagi qarori) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 28.12.2024 yildagi 213-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo viloyat filiali bo‘yicha 28.12.2024 yildagi 275-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22-maydagi 18/04-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishini o‘z vaqtida aniqlash, klinik-immunologik tashhislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Surxondaryo viloyatlari filiallari amaliy faoliyatlariga joriy etilishida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishida immunologik buzilishlarni aniqlash usulidan foydalanish, statsionarda yotishni qisqarishi xisobiga xar bir bemorga nisbatan 1550000 sum iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan; xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlar surunkali buyrak shikastlanishida immunoglobulinlar IgM va IgG miqdorlari gumoral immunitetning IgA miqdorining kamayishi fonida sitokinlar (IL-1β, TNF-α, IL-8, IL-10 va IFN-γ) miqdorlarining ortishi buyrak etishmovchiligiga olib kelishiga sabab bo‘lishi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘tkir buyrak shikastlanishi patogenezida neytrofil va monotsitlar fagotsitar faolligining ortishi, glomerulyar hujayralar proliferatsiyasining kuchayishi apoptoz mexanizmini boshlanishiga turtki bo‘lishi sababli yallig‘lanish jarayonini susaytirishiga olib kelishi asoslanganligi bo‘yicha «COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishida immunologik buzilishlarni aniqlash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Termiz iqtisodiyot va servis universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 30 avgustdagi qarori) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha 28.12.2024 yildagi 213-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo viloyat filiali bo‘yicha 28.12.2024 yildagi 275-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22-maydagi 18/04-sonli ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishini o‘z vaqtida aniqlash, klinik-immunologik tashhislash, davolash taktikasini optimallashtirish, asoratlar rivojlanishini kamaytirish, tibbiy yordam sifatini oshirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish va va xayot sifatini yaxshilashga imkon yaratadi; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Surxondaryo viloyatlari filiallari amaliy faoliyatlariga joriy etilishida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar buyrak shikastlanishida immunologik buzilishlarni aniqlash usulidan foydalanish, statsionarda yotishni qisqarishi xisobiga xar bir bemorga nisbatan 1550000 sum iqtisodiy samaradorlik berishi asoslangan.; xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlar o‘tkir buyrak shikastlanishi patogenezida neytrofil va monotsitlar fagotsitar faolligining ortishi, glomerulyar hujayralar proliferatsiyasining kuchayishi apoptoz mexanizmini boshlanishiga turtki bo‘lishi sababli yallig‘lanish jarayonini susaytirishiga olib kelishi asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish