Maxmudxodjaev Avaz Yunusjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat investisiya xarajatlari samaradorligini ta’minlash yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2438.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Qurbonov Xayrulla Abdurasulovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat investisiya xarajatlari samaradorligini oshirish yo‘llarini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat investisiya dasturlari uchun ajratilgan mablag‘larni mustaqil taqsimlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrdagi barcha umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash xarajatlari, Respublika byujetidan viloyatlarning viloyat byudjetidan moliyalashtirilishini taklif etilgan;
davlat markazlashgan investisiya xarajatlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyixalarini shaffoligini oshirish hamda raqobat muhitini yanada kengaytirish maqsadida mahalliy qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi ko‘rsatkichlari aks ettirilgan elektron tender (tanlov) platformasini yaratish taklif etilgan;
davlat investisiyalari samaradorligini oshirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida istiqbolda xorijiy va mahalliy investorning yuqori qiymatli va o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan qo‘shma investisiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risidagi taklif etilgan;
davlat markazlashgan investisiya mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni shaffofligini oshirish va to‘g‘ri taqsimlanishini hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini kengaytirish maqsadida investisiya loyihalari (obektlar)ni har yilgi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritishda keng jamoatchilik fikri o‘rganilishi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengashi va halq deputatlari mahalliy Kengashlari tavsiyalarini inobatga olish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat investisiya xarajatlari samaradorligini ta’minlash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga muvofiq:
davlat investisiya dasturlari uchun ajratilgan mablag‘larni mustaqil taqsimlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrdagi barcha umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shuningdek sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash xarajatlari, Respublika byujetidan viloyatlarning viloyat byudjetidan moliyalashtirilishini taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2022-yil 31-maydagi 06/06-02-32/1877-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarning moliyaviy mustaqilligi kuchayib, mablag‘lardan foydalanish samaradorligi oshdi hamda mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda investisiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyati kengaygan.
davlat markazlashgan investisiya xarajatlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyixalarini shaffoligini oshirish hamda raqobat muhitini yanada kengaytirish maqsadida mahalliy qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi ko‘rsatkichlari aks ettirilgan elektron tender (tanlov) platformasini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2022-yil 31-maydagi 06/06-02-32/1877-son ma’lumotnomasi). Natijada, tanlov jarayonlarida ochiqlik va adolatlilik ta’minlanib, sog‘lom raqobat kuchaydi, pudratchilar faoliyati samaradorligi oshdi hamda byudjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish imkoniyati kengaygan.
davlat investisiyalari samaradorligini oshirish va xorijiy investisiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish maqsadida istiqbolda xorijiy va mahalliy investorning yuqori qiymatli va o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan qo‘shma investisiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risidagi taklifi  O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2022-yil 31-maydagi 06/06-02-32/1877-son ma’lumotnomasi). Natijada, investorlar uchun qulay va barqaror investisiya muhiti yaratilib, loyihalarni amalga oshirish xarajatlari qisqardi, xususiy kapital faolligi oshdi hamda hududlarda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ishlab chiqarishlar rivojlanishiga zamin yaratgan.
davlat markazlashgan investisiya mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni shaffofligini oshirish va to‘g‘ri taqsimlanishini hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini kengaytirish maqsadida investisiya loyihalari (obektlar)ni har yilgi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritishda keng jamoatchilik fikri o‘rganilishi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengashi va halq deputatlari mahalliy Kengashlari tavsiyalarini inobatga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2022-yil 31-maydagi 06/06-02-32/1877-son ma’lumotnomasi). Natijada, qaror qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va hisobdorlik kuchayib, investisiya loyihalarining hududiy ehtiyojlarga mosligi ta’minlandi hamda mahalliy tashabbus va mas’uliyat darajasi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish