Umarov Sanjarbek Sidiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysida ovlanadigan suv-botqoq qushlari turlarining faunasi va ulardan foydalanish», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/B1259.
Ilmiy rahbar: Kashkarov Roman Daniilovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Xolboev Faxriddin Raxmonqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Kamilov Baxtiyor Ganievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida ovlanadigan suv-botqoq qushlarining faunistik tarkibi, ekologiyasi, sonining zamonaviy holati, mavsumiy va hududiy taqsimlanishi, ovlanadigan turlarga mavjud antropogen ta’sir darajasini aniqlash hamda biologik resurslardan barqaror foydalanish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysini o‘rganish tarixida ilk bora uchta viloyatning ovlanadigan suv-botqoq qushlari faunasining zamonaviy holati baholangan;
Farg‘ona vodiysi suv havzalaridagi ovlanadigan suv-botqoq qushlari faunasining 5 turkum, 6 oilaga mansub 23 turdan iborat zamonaviy tarkibi aniqlangan;
ilk bor tadqiqot hududida katta qoravoyning (Phalacrocorax carbo) uyalashi isbotlangan va zamonaviy usullar yordamida turning uyalash biologiyasi bo‘yicha xususiyatlari aniqlangan;
tadqiqot hududidagi asosiy suv-botqoq erlarida ovlanadigan qushlarning soni va mavsumiy dinamikasi ochib berilgan;
xilma-xillik indekslaridan foydalangan holda ovlanadigan qush turlari populyasiyalarining yashash sharoiti va fenologik mavsumlarga bog‘liq o‘xshashliklari hamda farqlari asoslangan; 
ekologik sharoitning xilma-xilligiga qaramasdan suv qushlari orasida, katta churrak (Spatula querquedula), yovvoyi o‘rdak (Anas platyrhynchos), churrak (Anas crecca), qizilbosh (Aythya ferina) va qashqaldoq (Fulica atra) kabi turlar nisbatan barqaror populyasiyalarni hosil qilib, dominant guruh sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida ovlanadigan suv-botqoq qushlari turlarining faunasi va ulardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ovlanadigan suv-botqoq qushlarining 2 oila, 4 avlod, 6 turga mansub 7 ta qush namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025-yil 7-apreldagi 4/1255-873-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud ornitologik kolleksiya fondini yangi namunalar bilan boyitilgan va suv-botqoq qushlarining zamonaviy holatini baholash, tarqalish joylarini aniqlash, turlarni qiyosiy tahlil etish, morfologik belgilarini tavfsiflash imkonini bergan;
ov ahamiyatiga ega suv-botqoq qush turlarining Farg‘ona vodiysi suv havzalarida tarqalishiga doir ma’lumotlar Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘iga (GBIF) joylashtirilgan (Global biologik xilma-xillik ma’lumotlar tarmog‘ining 2025-yil 11-apreldagi 034-sonli ma’lumotnomasi). Bu Farg‘ona vodiysida uchraydigan ovlanadigan suv-botqoq qushlarining geografik tarqalishini tahlil qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish