Jo‘lliev Zavqiddin Normengli o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Perovskit yutuvchi qatlamining shakillanish xususiyatlari bilan unga asoslangan quyosh elementlarining konversiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik”, 01.04.06 – “Polimerlar fizikasi” va 02.00.12 –“Nanokimyo, nanofizika va nanotexnologiya” (fizika - matematika fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1331
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Ashurov Nigmat Rustamovich , texnika fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy oppanentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matrasulov Davronbek Urunovich, Fizika-matematika fanlari doktori, professor Turaeva Nigora Nazarovna, fizika - matematika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi “Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi”
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Taqiqot maqsadi. Prekursor eritmalaridan perovskit absorber hosil bo‘lishi kinetikasini ularning morfologiyasi bilan bog‘liq holda o‘rganish hamda maxsus qo‘shimchaning (tiomochevina) polikristallarning yiriklashuvidagi rolini va ularni invertlangan quyosh elementlarining samaradorligi va barqarorlik xususiyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor perovskit absorber shakllanishida erituvchi turidan qat’i nazar, prekursor konsentratsiyasi ortishi bilan poliyodid komplekslarining o‘sish qonuniyati aniqlandi va bu jarayon ²⁰⁷Pb YaMR, UB, UPS va o‘tkazuvchanlik o‘lchovlari orqali miqdoriy tasdiqlangan;
ilk bor tiomochevina qo‘shimchasining perovskit kristallanish jarayonidagi roli aniqlandi. Uning asosan termik ishlov davrida faollashib, kristallarning <110> yo'nalishi bo‘yicha o‘sishi va qayta yo'nalishini rag‘batlantirishi, bu effektning esa ionlarning yuqori harakatchanligi bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan;
ikki qatlamli AZO/SnOₓ elektron ekstraksiya qatlami (EEL) asosida barqaror MAPbI3ga asoslangan p-i-n strukturaga ega quyosh elementi ishlab chiqildi, bunda SnOₓ qatlami ion migratsiyasi va elektrod korroziyasini samarali bostiruvchi ko‘p funksional to‘siq sifatida ishlashi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
1. “Perovskit yutuvchi qatlamining shakllanish xususiyatlari bilan unga asoslangan quyosh elementlarining konversiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari NATOning “Tinchlik va xavfsizlik yo‘lida fan” (SPS) dasturi tomonidan moliyalashtirilgan, Vuppertal “Aqlli materiallar va tizimlar” markazi (Wuppertal, Germaniya) va Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti (Toshkent, O‘zbekiston) hamkorligidagi “Light Harvesting in Space with Perovskite Solar Cells (SpacePerCells)” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan.Dissertatsiyada ishlab chiqilgan va ITO/PTAA/MAPbI₃/PCBM/EEL/Ag qurilma arxitekturasida qo‘llanilgan AZO/SnOₓ ikki qatlamli elektron ekstraksiya qatlami (EEL) quyosh elementlarining uzoq muddatli ishlash barqarorligi va chidamliligini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan. Xususan, ushbu elektron ekstraksiya qatlami samarali o‘tkazmaydigan to‘siq (permeation barrier) vazifasini bajarib, perovskit qatlamidagi mobil ionlar migratsiyasini to‘sish hamda galoid birikmalarining tashqariga chiqib ketishini oldini olishda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. Bu natijalar kosmik sharoitlar uchun xos bo‘lgan past bosim (vakuum) sharoitida qurilmalarning funksional ko‘rsatkichlarini saqlab qolish imkonini bergan. (Tasdiqlovchi hujjat: Vuppertal universiteti professorining tavsiyanomasi va hamkorlik loyihasi ma’lumotnomasi).
2.“Perovskit yutuvchi qatlamining shakllanish xususiyatlari bilan unga asoslangan quyosh elementlarining konversiya ko’rsatkichlari o’rtasidagi bog‘liqlik” mavzusidagi dissertasiyasi ishi natijalari FA S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika institutida f.m.f.n., kat.i.x. R.R. Kabulov rahbarligida 2024-2027-yillarda bajarilayotgan IL-5421101892 raqamli “Yarim o’tkazgichli perovskitlarga asoslangan energiya tejamkor tuzilmalarning yorituvchanlik xususiyatlarining fundamental asoslarini o’rganish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan. Tadqiqotlarida muvaffaqiyatli qo’llanilgan tiomochevina(SC(NH₂)₂) kabi maxsus qo’shimchalar (additive) kiritish orqali CsPbBr3 aktiv qatlamidagi kristallitlar (grain) o’lchami kattalashtirildi. Qurilmalarning uzoq muddatli ishlash barqarorligini kafolatlash maqsadida, dissertatsiyada ishlab chiqilgan SnOx elektron ekstraksiya qatlami (EEL) arxitekturasi CsPbBr3 asosidagi fotosezgir qurilmalarda qo’llanildi. (2025-yil 8-sentyabr №01/467 raqamli ma’lumotnoma)