Jumanov Azamat Oralbaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashning ekologik-huquqiy muammolari”, 12.00.06–Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu95.

Ilmiy rahbar: Usmonov Muhammadi Bahriddinovich, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc30.08.2018.Yu.74.

 Rasmiy opponentlar:  Safarov Djaxongir Ismailovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Umarov Dilshodjon Ma’rufovich, yuridik fanlar nomzodi.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda tegishli qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda suv zaxiralarini muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarning oshib borayotganligi sababli fuqarolarning javobgarligini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi to‘g‘risidagi taklif asoslantirilgan;

aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda suv zaxiralarini muhofaza qilish sohasida uchraydigan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi to‘g‘risidagi taklif asoslantirilgan;

fuqarolar va mansabdor shaxslarning suvdan foydalanish va suv iste’moli buyicha kamchiliklarini bartaraf etish va javobgarligini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi haqidagi taklif asoslantirilgan;

kommunal va boshqa ob’ektlarni suvning ifloslanishi va bulg‘anishi yoki uning zararli oqibatlarining oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv ob’ektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilinganida mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi to‘g‘risidagi taklif asoslantirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashning ekologik huquqiy muammolari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalariga rioya etish bo‘yicha fuqarolarning javobgarligini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab  bo‘lishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 72-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud huquq masalalari Qo‘mitasining 2018 yil 25 oktyabrdagi 131-son ma’lumotnomasi).  Ushbu taklif aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalariga rioya etish bo‘yicha fuqarolarning javobgarligini kuchaytirishga xizmat qilgan;

aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalariga rioya etish bo‘yicha mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishga doir mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 72-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud huquq masalalari Qo‘mitasining 2018 yil 25 oktyabrdagi 131-son ma’lmuotnomasi). Ushbu taklif aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalariga rioya etish bo‘yicha mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishga xizmat qilgan;

aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etish bo‘yicha fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirishga doir fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 74-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud huquq masalalari Qo‘mitasining 2018 yil 25 oktyabrdagi 131-son ma’lmuotnomasi). Ushbu taklif aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etishga fuqarolar va mansabdor shaxslarning majburiyati va javobgarligini kuchaytirishga xizmat qilgan;

kommunal va boshqa ob’ektlarni suvning ifloslanishi va bulg‘anishi yoki uning zararli oqibatlarining oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv ob’ektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilinganida mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 72-moddasi ikkinchi qismiga o‘zgartish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 11 martdagi 03-02/3-1260/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquq-tartibotni mustahkamlashga, bu boradagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash samaradorligini oshirishga hamda mansabdor shaxslarning ma’suliyati hamda javobgarligini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish