Usmonova Moxizoda Avazjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Global ta’lim muhitida talabalarning muloqot madaniyatini integrativ yondashuvlar asosida rivojlantirish tizimi” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9038 
Ilmiy rahbar: Atakulova Nargiza Alijonovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02 
Rasmiy opponentlar: 
Quchqarova Nargiza Mamajonovna pedagogika fanlari doktori, professor. 
Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarni muloqot madaniyatini integrativ yondashuvlar asosida rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:  
talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy pedagogik zaruriyati ta’lim transformatsiyasi muhitida fan sohalari integratsiyalashuvi jarayonini diagnostika qilishga oid og‘zaki, yozma muloqot, tinglash, empatiya, noverbal muloqot ko‘nikmalarni qadriyatlarga ta’sir etuvchi milliy tendensiyalarga moslik darajasi ilmiy-nazariy, tarixiy-aksiologik tahlillar asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda integrativ yondashuvlar asosida rivojlantirish mazmuni shaxslararo ijtimoiy munosabatlarning tarkib topishi uchun xizmat qiluvchi o‘z - o‘zini adekvat baholashga yo‘naltirilgan didaktik, psixologik  obektiv mezonlarni aniqlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning muloqot madaniyatini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish samaradorligi ajdodlar merosini o‘rganish konsepsiyasiga tayanish, shaxsning moslashuvshanlik, muloqotchanlik, mas’uliyatlilik kompetensiyalarini bosqishma-bosqish rivojlantirish, interfaol yodoshuvlarni uyg‘unlashtirish hamda algaritmik tizimlashtirish asosida  takomillashtirilgan; 
integrativ yondashuv asosida talabalarni samarali muloqot qilishga tayyorlash strategiyalari kasbiy-nutqiy madaniyatga xos faoliyatni tanqidiy baholash, o‘z muloqot uslubini takomillashtirishga intilish, “hamkorlik” va “kelishuv” motivatsiyalarini rivojlantiruvchi “sotsiopedagogik prognozli” loyihalari Talked.uz platformasiga joylashtirish asosida takomillashtirlgan. 
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. talabalarni muloqot madaniyatini integrativ yondashuv asosida ilgari surilgan ilmiy yangiliklardan: 
talabalarda muloqot madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy pedagogik zaruriyati ta’lim transformatsiyasi muhitida fan sohalari integratsiyalashuvi jarayonini diagnostika qilishga oid og‘zaki, yozma muloqot, tinglash, empatiya, noverbal muloqot ko‘nikmalarni qadriyatlarga ta’sir etuvchi milliy tendensiyalarga moslik darajasi ilmiy-nazariy, tarixiy-aksiologik tahlillariga oid takliflari  “Pedagogik ritorika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9 - iyuldagi 258-son ruxsatnomasi) Natijada, talabalarning muloqotchanlik ko‘nikmasini rivojlantirishga oid nazariy ma’lumotlarni tahliliy o‘rganish imkoniyatining oshishiga erishilgan;
talabalarda integrativ yondashuvlar asosida rivojlantirish mazmuni shaxslararo ijtimoiy munosabatlarning tarkib topishi uchun xizmat qiluvchi o‘z - o‘zini adekvat baholashga yo‘naltirilgan didaktik, psixologik  obektiv mezonlarni aniqlashga oid  takliflari “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333 -son nashir ruxsatnomasi) Natijada, talabalarda integrativ yondashuvlar asosida rivojlantirish mazmuni zamonaviy tendensiyalarga mos tarzda boyitilishiga muayyan darajada erishilgan;
talabalarning muloqot madaniyatini integrativ yondashuv asosida rivojlantirish samaradorligi ajdodlar merosini o‘rganish konsepsiyasiga tayanish, shaxsning moslashuvshanlik, muloqotchanlik, mas’uliyatlilik kompetensiyalarini bosqishma-bosqish rivojlantirish, interfaol yodoshuvlarni uyg‘unlashtirish hamda algaritmik tizimlashtirishga doir takliflari “Pedagogik ritorika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 09-iyuldagi 258-son nashr ruxsatnomasi) Natijada, rivojlantirish samaradorligi ajdodlar merosini o‘rganishga oid ijodiy loyihalar bilan boyitildi hamda ularda kasbiy va shaxsiy faoliyatda ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritishga oid natijadorlik darajasi oshishi ta’minlangan;
integrativ yondashuv asosida talabalarni samarali muloqot qilishga tayyorlash strategiyalari kasbiy-nutqiy madaniyatga xos faoliyatni tanqidiy baholash, o‘z muloqot uslubini takomillashtirishga intilish, “hamkorlik” va “kelishuv” motivatsiyalarini rivojlantiruvchi “sotsiopedagogik prognozli” loyihalari Talked.uz platformasidan foydalanishga doir takliflari “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333 – son nashir ruxsatnomasi) Natijada, talabalarni muloqot madaniyatini integrativ yondashuvlar asosida rivojlantirishga hamda amaliyotga tatbiq etishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish