Ruzikulova Umida Xusniddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollarning virusli diareya kasalligining diagnostikasi va maxsus profilaktik tadbirlarini takomillashtirish”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiya, epizootologiya, mikologiya, mikotoksikologiya va immunologiya (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/V119
Ilmiy rahbar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Ilxom Xaitovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy hodim; Mengliev G‘ayrat Akramovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning ayrim qoramolchilik xo‘jaliklari sharoitida virusli diareyaning tarqalishini o‘rganish, diagnostikasi, maxsus profilaktikasi va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona, Andijon, Samarqand va Jizzax viloyatlarining qoramolchilik xo‘jaliklarida virusli diareyaning 69,8 foizgacha tarqalishi va yoshga oid dinamikasida 15 kunlikgacha bo‘lgan buzoqlarda 80,1% ni, sigirlarda 82,5% ni tashkil etishi aniqlangan;
qoramollar virusli diareyasining katta yoshdagi hayvonlarda subklinik shaklda, 6 oylikgacha bo‘lgan buzoqlarda klinik - enteral, respirator shaklda, shilliq pardalar va tuyoqlarinig shikastlanishi belgilari va ichakda yaralar va o‘pkada kataral yallig‘lanishlar kabi patologanatomik o‘zgarishlar bilan kechishi aniqlangan;  
qoramollarda virusli diareyani ekspres test, immunofermentli tahlil (IFT), bilvosita gemagglyutinatsiya reaksiyasi (BGAR) usullarini qo‘llashga asoslangan diagnostika usuli ishlab chiqilgan;
birinchi marta qoramollar virusli diareya kasalligini maxsus profilaktikasida Bovilis BVD, Enterovak-5 va Tetravir-4 vaksinalarini qiyosiy profilaktik samaradorligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoramollar virusli diareya kasalligining diagnostikasi va maxsus profilaktik tadbirlarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
Qoramollar virusli diareyasini profilaktikasi uchun faolsizlantirilgan “Bovilis BVD” mono, assosiatsiyalangan, faolsizlantirilgan “Enterovak – 5”, quruq tirik “Tetravir-4” vaksinalarini qiyosiy samaradorligi aniqlangan va Andijon viloyatining “Navoiy naslli chorva mollari” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 9 oktyabrdagi 02/23-719-son ma’lumotnomasi). Natijada buzoqlar virusli diareyasining maxsus oldini olishda “Bovilis BVD” mono, “Tetravir-4” vaksinalari 86,7 foiz va faolsizlantirilgan “Enterovak – 5” vaksinasini qo‘llab 93,4% samaradorlikka erishilgan;
“Yirik shoxli hayvonlar virusli diareyasini diagnostikasi uchun bilvosita gemagglyutinatsiya va bilvosita gemagglyutinatsiyani to‘xtatish reaksiyalarini qo‘yish uchun eritrositar antigenlar va zardoblar to‘plami”ni qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 9 oktyabrdagi 02/23-719-son ma’lumotnomasi). Natijada virusli diareyaga aniq diagnoz qo‘yish orqali o‘z vaqtida davolash va profilaktika qilishga erishilgan;
 Buzoqlarning virusli diareyasini oldini olish va davolashda “Enteroaviglob-1” preparatini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va veterinariya amaliyotiga keng joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 9 oktyabrdagi 02/23-719-son ma’lumotnomasi). Natijada buzoqlar virusli diareyasining oldini olishda samaradorlik 88,5%, davolash samaradorligi 95,5 % bo‘lib, iqtisodiy samaradorligi har bir sarflangan 1 so‘m xarajatlar hisobiga 10,7 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish