Mavlanov Laziz Baxtiyor o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmikor maydonlar uchun xantalning (Sinapis alba L) qurg‘oqchilikka chidamli va mahsuldorlik belgilari yuqori navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Qx1668.
Ilmiy rahbar: Musirmanov Dilshod Esirgapovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/31.10.2025.Qx.198.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Xantalning “Baxmal-70” navi (NAP 570).
II. Tadqiqotning maqsadi Respublika lalmikor maydonlari uchun noan’anaviy xantal (Sinapis alba L) ekin turining tashqi muhitning noqulay omillariga chidamli, hosildorligi va moy miqdori yuqori bo‘lgan navini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamizning markaziy mintaqasi (Jizzax viloyati) iqlim sharoitida xantal (Sinapis alba L) ning chetdan introduksiya qilingan Nika (st) Arletta, Bella, Bravo, Kristall, №1/2019, №3/2019, №4/2019, №5/2019, №9/2019 nav namunalarining morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilari baholangan;
Xantal (Sinapis alba L) kolleksiya nav namunalarining o‘suv davri davomiyligi bo‘yicha ertapishar bo‘lgan 1 ta №5/2019 namunasi 88 kun bo‘lgan bo‘lsa, andoza “Nika” navida esa 92 kun bo‘lganligi kuzatilgan, bu esa andoza “Nika” navga nisbatan 4 kun ertapishar ekanligi aniqlangan;
Xantal (Sinapis alba L) nav namunalarining yuqori urug‘ hosildorligi bo‘yicha 7 ta Bella, Bravo, Kristal, №5/2019, №4/2019, №9/2019 nav namunalari ajratib olindi hamda urug‘ hosildorligi 7,3-9,1 s/ga bo‘lib, andoza “Nika” naviga (6,9 s/ga) nisbatan 0,4-2,2 s/ga yuqori ekanligi aniqlangan;
Xantal (Sinapis alba L) nav namunalarining moy miqdori yuqori bo‘lgan 6 ta Arletta 37,3%, Bella 37,2%, Kristal 36,2%, №5/2019 38,1%, №3/2019 36,1%, va №9/2019 36,2% ni, andoza “Nika” navida 35,1% bo‘lib, ushbu nav va namunalar moy miqdori andoza “Nika” naviga nisbatan 1,0-3,0% gacha yuqori ekanligi aniqlangan;
Xantal (Sinapis alba L) ertapishar, hosildorligi hamda moy miqdori yuqori yangi “Baxmal-70” navi yaratilgan hamda Intelektual mulk agentligidan seleksiya yutug‘iga 31.07.2025 yil NAP 570 raqamli patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lalmikor maydonlar uchun xantalning (Sinapis alba L) qurg‘oqchilikga chidamli va mahsuldorlik belgilari yuqori navini yaratish mavzusi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
Xantal (Sinapis alba L)ning ertapishar, hosildor va moy chiqimi yuqori yangi “Baxmal-70” navi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intelektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘i sifatida (31.07.2025 y. NAP 570) patent berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi №05/05-03-284-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hosildor va moy chiqimi yuqori bo‘lgan yangi nav bilan boyitish imkonini bergan;
Xantal (Sinapis alba L) ning “Baxmal-70” navi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti markaziy tajriba maydonlariga 5 gektar, Savruk va Oyqar g‘allasi fermer xo‘jaliklarida 4 gektar va Baxmal tumanida Baxmal ilmiy-tajriba stansiyasining markaziy tajriba maydoniga 3 gektar xamda Shoybekov Xamidullo fermer xo‘jaligida 2 gektarga jami 14 gektar maydonda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 14-iyuldagi №05/05-03-284-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida Jizzax viloyati sharoitida gektaridan o‘rtacha 700-770 kg hosil olinib, 2324,0-2940,0 mln so‘m sof daromad olishga erishilgan va rentabellik darajasi 60,6-76,6% bo‘lgan.