Babaeva Zarifaxon Aktam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekish me’yorlari va urug‘ga biologik preparatlar bilan ishlov berishni krotalariya (Crotalaria juncea L.)ning don hosili va sifatiga ta’siri (Navoiy viloyati misolida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Qx.1694
Ilmiy rahbar: Negmatova Surayyo Teshaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar Akademiyasi Navoiy Bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD.05/28.08.2024.Qx.182.01.
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Elmurod, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tashpulatov Yigitali Shavkatillaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Navoiy viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin krotalariya (Crotalaria juncea L.) o‘simligidan yuqori va sifatli don hosili etishtirishni ta’minlaydigan maqbul biologik preparatlarni qo‘llash va ekish me’yorlarini ilmiy asoslagan holda ishlab chiqarishga tavsiyalar berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Navoiy viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida krotalariya (Crotalaria juncea L.) o‘simligini parvarishlashda yuqori don hosili etishtirishni ta’minlaydigan maqbul biologik preparat turi (Mikroo‘stirgich) va ekish me’yori (12 kg\ga) aniqlangan;
krotalariya urug‘larini dala sharoitida unuvchanligi o‘simlik urug‘iga ekish oldi “Mikroo‘stirgich” biologik preparati qo‘llangan va gektariga 12 kg me’yorda ekilganda yuqori (95 %) bo‘lib, ekish me’yorini gektariga 4,0 kg ga kamayishi bilan unuvchanlik 1,5 - 1,6 % ga va ekish me’yorini 4,0 kg/ga oshishi bilan 0,9 – 1,5 % ga kam bo‘lishi aniqlangan;
o‘simlik urug‘iga ekish oldi “Mikroo‘stirgich” biologik preparati qo‘llangan va gektariga 12,0 kg me’yorda ekilganda yon shoxlari va barglari ko‘pligi hisobiga barg yuzasi, quruq massa miqdori, fotosintez sof mahsuldorligini oshishi va urug‘larga biologik preparati qo‘llanmaganda nisbatan barg soni - 41 dona; barg yuzasi – 1202,5 sm2/o‘s.; quruq massa miqdori – 4,7 g.ga ortiq bo‘lganligi aniqlangan;
o‘simlik urug‘iga ekish oldi “Mikroo‘stirgich” biologik preparati qo‘llangan va gektariga 8,0 kg me’yorda ekilganda o‘suv davri davomiyligi 176 kun, foydali harorat yig‘indisi 2499 0C bo‘lib, ekish me’yorini oshishi bilan donni to‘liq pishishi 4-8 kunga kechikishi hamda 42-113 0C miqdorida qo‘shimcha foydali harorat talab qilganligi aniqlangan;
o‘simlik urug‘iga ekish oldi “Mikroo‘stirgich” biologik preparati qo‘llangan va gektariga 12,0 kg me’yorda ekilganda uch yilda o‘rtacha eng yuqori 19,0 s/ga don hosili olingan bo‘lib, biologik preparat qo‘llanmaganga nisbatan 5,3 s/ga va ekish me’yoriga nisbatan 3,8 s/ga qo‘shimcha hosil olinganligi hamda don tarkibidagi azot va oqsil miqdori ekish me’yori oshishi bilan 0,52; 0,9 % gacha kamayganligi, ekish oldi urug‘larga biologik preparatlar bilan ishlov berilganda 0,50; 0,8 % ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navoiy viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida krotalariyani asosiy ekin sifatida parvarishlashda urug‘larga ekish oldi biologik preparatlar qo‘llash va ekish me’yorlarining o‘simlikni o‘sishi, rivojlanishi, don hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Krotalariya urug‘lariga ekish oldi biologik preparatlar bilan ishlov berish hamda maqbul ekish me’yorlari bo‘yicha “Navoiy viloyati tuproq-iqlim sharoitida krotalyariya (Crotalaria juncea L.) dan mo‘l va sifatli don hosili etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma” ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 11-noyabr № 05/05-04-752-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dukkakli don ekinlari etishtiriladigan fermer xo‘jaliklari, chorvachilik klasterlari tomonidan qo‘llanma sifatida keng foydalanilmoqda;
krotalariyadan don hosili etishtirishda urug‘larga ekish oldi ivitish yoki namlash orqali Mikroo‘stirgich biologik preparati 1 litr biopreparat 300 litr suvga aralashtirilib krotalariya urug‘lariga ishlov berilgan holda Navoiy viloyatining Qiziltepa (1,0 ga), Navbahor (1,2 ga) va Karmana (1,0 ga) tumanlarida, jami 3,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabr № 05/05-04-752-son ma’lumotnomasi). Natijada, krotalariya urug‘iga biologik preparat qo‘llanmaganga nisbatan dala unuvchanligi 6,8 – 8,0 %, ko‘chat saqlanuvchanligi 1,5-2,3%, dukkaklar soni 3-9 dona, tuganaklar miqdori 20-22 donaga oshishiga erishilgan;
och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida krotalariya urug‘lariga ekish oldi “Mikroo‘stirgich” biologik preparati bilan 12 ml preparatga 36 litr suv qo‘shib urug‘ga ishlov berish va gektariga 12,0 kg me’yorda ekish texnologiyasi Navoiy viloyatining Qiziltepa, Navbahor va Karmana tumanlarida, jami 3,2 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 11-noyabr № 05/05-04-752-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, krotalariya urug‘lariga ekish oldi “Mikroo‘stirgich” biologik preparati bilan ishlov berilgan va gektariga 12,0 kg me’yorda ekilganda gektaridan 17,3-18,4 s/ga don hosili olinib, yuqori rentabellikka (88,7-100,7 %) erishilgan.