Xusenova Sadoqat Botirovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Bo‘lajak pedagoglarni kompetensiyaviy yondashuv asosida sinf rahbari faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish (pedagogika fanlari misolida)”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9539
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘rinova Nilufar Muhammadovna pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich pedagogika fanlari doktori, professor;
Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarni sinf rahbari faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak sinf rahbarining professiogrammasi sinf rahbarining kasbiy-funksional faoliyat yo‘nalishlari va kompetensiyalar majmuasini o‘z ichiga olgan holda, mentorlik faoliyatining innovatsion elementlari hamda psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimlarini integrativ yondashuv asosida uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni sinf rahbari faoliyatiga tayyorlash texnologiyasi algoritmik bosqichlari keys-stadi, muammo, loyiha, hamkorlikda o‘qitish va interfaol ta’lim texnologiyalarini intensiv qo‘llash, hamda ularning produktivligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni sinf rahbari faoliyatiga tayyorlash jarayonini amalga oshirishning optimal variantlari tanlab olinib, “Bosh qahramonga xat”, “Muammo va echim”, “Tezkor taqdimot” metodlari mavzulararo hamda individual xususiyatlarga mos ravishda ta’lim resurslarini differensiallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni sinf rahbari faoliyatiga tayyorlashga uo’naltirilgan o’quv-metodik ta’minoti amaliy mashg‘ulot ishlanmalari, ota-onalar va sinf majlisi, sinf rahbarining ish daftarining na’munaviy loyihalarini yaratish kabi vazifalarga ustuvorlik berish asosida “Zamonaviy sinf rahbari” platformasini yaratish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarni kompetensiyaviy yondashuv asosida sinf rahbari faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak sinf rahbarining professiogrammasi sinf rahbarining kasbiy-funksional faoliyat yo‘nalishlari va kompetensiyalar majmuasini o‘z ichiga olgan holda, mentorlik faoliyatining innovatsion elementlari hamda psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimlarini integrativ yondashuv asosida uyg‘unlashtirish orqali takomillashtirilganiga oid takliflari “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, 367924-raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada sinf rahbari professiagrammasi tuzimasini takomillashirishga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarni sinf rahbari faoliyatiga tayyorlash texnologiyasi algoritmik bosqichlari keys-stadi, muammo, loyiha, hamkorlikda o‘qitish va interfaol ta’lim texnologiyalarini intensiv qo‘llash, hamda ularning produktivligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflari “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, 367924-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada sinf rahbari faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak pedagoglarni sinf rahbari faoliyatiga tayyorlash jarayonini amalga oshirishning optimal variantlari tanlab olinib, “Bosh qahramonga xat”, “Muammo va echim”, “Tezkor taqdimot” metodlari mavzulararo hamda individual xususiyatlarga mos ravishda ta’lim resurslarini differensiallashtirish asosida takomillashtirilganiga doir tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, 367924-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada sinf rahbari faoliyatiga tayyorlashning ta’lim resurslarini differensiallashtirish va metodlarni qo‘llash strategiyasi asoslangan.