Nurutdinova Madinabonu Chorievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Onlayn jurnalistikada konvergent axborot transformatsiyasi va vizulalashuv tamoyillari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil324.
Ilmiy maslahatchi: Teshaboeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Beruniy Alimov Sultonovich filologiya fanlari doktori,  professor; Ismailova Klimentina Fuzailovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Begniyazova Qumar Allambergenovna  filologiya fanlari doktori, dotsent . 
Yetakchi tashkilot:  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Onlayn jurnalistikada axborotning transformativ konvergensiyalashuvi hamda vizuallashuv tamoyillarini konseptual tasniflash, milliy va xorijiy OAVni  mediametrik qiyosiy-amaliy tahlillar yordamida tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbek hamda xorijiy onlayn media konteksti qiyosiy tahlil qilinib gibrid, sintetik va subjanrlarlar amaliyotining funksional xususiyati milliy kontent tarikibidagi vizual samaradorlik ko‘rsatgichlarini oshirishning asosiy dual sharti ekanligi isbotlangan;
onlayn jurnalistikada axborotning transformasiyasi natijasida yuzaga keladigan konvergent polegamik tarkib multimediaviy jurnalistika vizualizatsiya va mobillashuv hodisasining zarurati ekanligi dalillangan;
onlayn jurnalistikada multimediaviy kontent yaratuvchi vositalar amaliyoti, axborot nyusrumlari, immersivlik xususiyati hamda dronlar faoliyati o‘rganilib milliy kontekstga integratsiya qilish xususiyati aniqlangan;
onlayn mediani sotsiometrik baholash hamda xulosa omillarini tadqiq qilishda meta tahlil hamda SEO tahlil, mediametrik tadqiqot mexanizmlar formulasi ishlab chiqilib, “Mediametriya texnologiyalari”, “Online mediametriya va kontent tahlil”  tushunchalarini fan sifatida kiritish dalillangan; 
onlayn media kontenti vizualizatsiyasini takomillashtirishda sun’iy intellekt hamda neyron tarmoq texnologiyalaridan foydalanish amaliyotining milliy mediaga integratsiya  ta’siri mehanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Kelgusi tadqiqot ishlari uchun multimediaviy jurnalistikani o‘rganishda foydalaniladigan nazariy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Internet kontekstining ko‘p parametrli funksiyalarini o‘rganish hamda  vizual mediaga ta’sir ko‘rsatuvchi mediametrik tadqiqot mexanizmlarini ishlab chiqishga oid fikrlaridan 60320100 – Jurnalistika (Internet jurnalistika)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga “Mediametriya exnologiyalari”, “Onlayn medialandshaft texnologiyalari”, “Onlayn jurnalistikada kontent tahlil”, “Onlayn jurnalist mediakompetensiyasi” nomli yangi fanlar kiritilib, ularning o‘quv dasturlari yaratilgan;
multimedia materiallarini tayyorlash bo‘yicha ishlanmalar, ishlab chiqilgan tavsiyalardan kompleks ravishda bakalavr hamda magistratura yo‘nalishidagi talabalar uchun hamda “Internet OAVda multimediaviylik”, “Multimediaviy jurnalistikasi va konvergent tahririyat”, “Mediametriya va kontent tahlil”  nomli o‘quv qo‘llanmalarda o‘z aksini topgan. 
Onlayn mediani o‘rganish, multimediaviy kontekst ahamiyati, multimediaviy dasturlar hamda instrumentlar tavsifi haqodagi tadqiqotlar asosida bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun “Multimediaviy jurnalistika asoslari” darsligi chop qilingan.
Multimedia materiallarining ishlanmalari hamda onlayn media sinergetik amaliyoti bo‘yicha olingan tavsiyalar asosida inklyuziv ta’lim oluvchilar uchun  “Multimedia jurnalistikasi va konvergent tahririyat” nomli masus qo‘llanma adabiyoti yaratilgan. 
Onlayn medianing kontenti, janrlari, multimediaviy imkoniyatlari, infokommunikatsion dasturlar hamda instrumentariylardan foydalanish amaliyoti, sun’iy intellekt texnologik vositalariga oid ilmiy tadqiqot xulosalari asosida inklyuziv (ko‘zi ojizlar) ta’limi uchun maxsus multimedia manbalari va adabiyorlarini tashkil qilishda qo‘llanilgan.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bakalavriyat hamda magistratura bosqichi talabalari uchun “Mediametriya va kontent tahlil”, “Datajurnalistika” fanlaridan ma’ruza matnlari, taqdimotlar va videomateriallar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda, konferensiyalarda taqdimotlar o‘tkazishda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari hamda  “Jurnalistlar ijodiy uyushmasi”da kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazishda ham foydalanilgan.
Shuningdek NNO tashkilotlari uchun turli mediatreninglar tashkil qilishda o‘zbek hamda xorijiy onlayn media konteksti qiyosiy tahliliga oid tadqiqotlaridan ishlatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish