XODJIEV Daniyar Shamuratovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib485.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Relaparotomiya: davolash-diagnostika jarayonida zamonaviy uslublar va yondashuvlari», 14.00.27–xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markaziva Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 16.07.2013.Tib.20.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: D.M.Krasil`nikov tibbiyot fanlari doktori, professor; A.M.Xadjibaev tibbiyot fanlari doktori, professor; Sh.X.Xashimov tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi «S.M.Kirov nomidagi Harbiy-tibbiy akademiyasi» oliy kasbiy ta’limning federal byudjet harbiy ta’lim muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Nashr ishlari.
Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:
a) O‘zbekiston Respublikasi OAKning doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalari nashr qilish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan 3 ta milliy ilmiy jurnalda 9 ta ilmiy maqola, 2 ta xorijiy ilmiy jurnalda 2 ta ilmiy maqola nashr qilingan.
b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 6 ta ma’ruza tezisi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida e’lon qilingan (jumladan: 2007, Sochi; 2008, Baku; 2012, Omsk).
III.Tadqiqotning maqsadi: operatsiyadan so‘nggi intraabdominal asoratlar rivojlanish sabablarini tizimli mul`timarkaz tahlil qilish orqali bemorlarda davolash natijalarini yaxshilash, relaparotomiya taktikasi va erta tashxisotini chuqurlashtirishdan iborat.
IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:
ilk bor intraabdominal asoratlar bo‘lganda erta takroriy aralashuvlar natijasida shakllantirilgan ko‘p markazli isbotli baza asosida, relaparotomiyaning chastotasi, asosiy sabablari va prognoz omillari aniqlanib, Respublikaning turli miqyosdagi jarrohlik xizmati ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalarining potensialidan kelib chiqqan holda diagnostika-davolash taktikasini tanlashning asosiy prinsiplari va optimal yondashuv usullari aniqlangan;
parenximatoz a’zolardan va kavak organlarda choklar etishmovchiligida oqadigan qonni to‘xtatish uchun mo‘ljallangan kollagen asosida «MGS–1» mahalliy gemostatik plyonkaning yangi turi ishlab chiqilgan;
eksperimental va morfologik tadqiqotlar yordamida «MGS–1» xususiyati o‘rganib chiqildi, qimmatbaho chet el muqobillardan aslo qolishmaydigan, gemostatik samarasi oshirilgan plyonkani olishning texnologik reglamenti optimallashtirilgan;
«in vitro» tajribalari orqali «MGS–1» gemostatik ta’sir mexanizmi qon tomir-trombotsitar gemostaz, qon tarkibida trombotsitlar miqdori va ularning adgeziv-agregatsion xususiyatlarining oshishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
«in vivo» tajribalari orqali «MGS–1» gemostatik vositasi zararlangan hududiga applikatsiyalashda trombotsitar tizimning faollashuvi bilan birga, kapillyarlar o‘tkazish qobiliyatining pasayishi va keyinchalik 1,5–2,0 daqiqa ichida qon oqishining to‘xtashi aniqlangan;
ilk bor klinik sharoitlarda gemorragik sindrom residivlarini to‘xtatish va oldini olishda «MGS–1»ning yuqori samaradorligi isbotlangan;
prognostik integral shkalalarni qo‘llashni qiyosiy va kompleks baholash operatsiyadan keyingi intraabdominal asoratlari bor bemorlar terapiyasini olib borishning ko‘p bosqichli jarrohlik xizmati uchun moslashtirilgan protokollarini ishlab chiqish, qayta operativ aralashuvlarning optimal taktikasini tanlash va xavfini oqilona baholash imkonini bergan;
operatsiyadan keyingi intraabdominal yiringli-septik (peritonit, o‘tkir destruktiv pankreatit, qorin bo‘shlig‘i absesslari) va boshqa maxsus (qorin ichida qon ketishi, o‘tkir ichak tutilishi) asoratlari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik taktikasining taklif etilgan algoritmning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi isbotlangan.
V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari:
Qorin bo‘shlig‘i operatsiyadan keyingi abssesslari, ichak tutilib qolishi, operatsiyadan keyingi peritonitlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm va «MGS–1» yangi mahalliy gemostatik vositasi sog‘liqni saqlash amaliyoti, shu jumladan, V.Vohidov nomidagi RIXM, RIXMning Nukus, Buxoro va Samarqand shahridagi filiallari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 10 martdagi №19-sonli xulosasi). Tadqiqotdan olingan natijalar relaparotomiyani taqozo etuvchi asoratlar og‘irligini diagnostik baholash usullarini optimallashtirish, mazkur bemorlar kontingentini davolashning taktik jihatlarini aniqlashtirish, parenximatoz qon ketishi residivlarini 23,1 foizdan 10 foizgacha, o‘lim ko‘rsatkichlarini 20–25 foiz va bemorlarning statsionarda qolish muddatini 30 foiz pasaytirish imkonini berdi.