Istamov Xayot Yo‘lchievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sintetik polimerlar asosida bioparchalanuvchi kompozision materiallarning olinishi va tadqiqoti», 02.00.14 ‒ Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6081.
Ilmiy rahbar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03. 
Rasmiy opponentlar: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Qiyomov Sharif Nozimovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sintetik polimerlar (PZPE va PVX (DOF)) asosida biologik parchalanadigan polimer kompozision materiallarning tarkibini ishlab chiqish texznologiyasini yaratish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor PZPE va plastifikatsiyalangan PVX asosida keng konsentratsiya diapazonida (5–55 mass.%) termomodifikatsiyalangan guruch kraxmalini o‘z ichiga olgan hamda kompatibilizator (GMS) bilan modifikatsiyalangan polimer kompozisiyalari ishlab chiqilgan va ushbu qo‘shimchalarning materiallar tuzilishi va xususiyatlariga ta’sir etish qonuniyatlari aniqlangan;
polietilen matrisasiga katta miqdorda kraxmal kiritilishi rivojlangan g‘ovakli tuzilmani hosil qilishi va polimerning kristallik darajasini sezilarli darajada pasaytirishi (55 mass.% kraxmal miqdorida ~42% dan ~28% gacha) aniqlangan, plastifikatsiyalangan PVX-matrisasida esa to‘ldiruvchi asosiy polimer tuzilishini keskin o‘zgartirmasdan, yanada gomogen taqsimlanishi aniqlangan;
gliserin monostearati fazalararo taranglikni samarali pasaytirishi va komponentlarning moslashuvini yaxshilashi, bu bilan PZPE kompozisiyalarining cho‘zilishdagi mustahkamligini 15–25% ga va uzilishdagi uzayishini 20–35% ga oshirishi isbotlangan;
PVX (DOF) holatida esa GMS qo‘shimcha plastifikatsiyalovchi effekt namoyon qilib, materialning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini saqlab qolishi isbotlangan;
turli muhitlarda massa yo‘qotilishi va kimyoviy tuzilish o‘zgarishlarini hisobga oluvchi biodegradatsiya indekslari tizimi yordamida kompozitlarning biologik parchalanish qobiliyatini miqdoriy baholash tizimi ishlab chiqilgan;
ilk bor PZPE va plastifikatsiyalangan PVX va  termomodifikatsiyalangan guruch kraxmalini o‘z ichiga olgan hamda kompatibilizator (GMS) bilan modifikatsiyalangan polimer kompozisiyalari ishlab chiqarishning texnologiyasi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sintetik polimerlar asosida biologik parchalanuvchi kompozision materiallarning olinishi va tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
modifikatorlar (modifikatsiya qilingan kraxmallar, gliserin monostearati) asosida olingan polietilen va polivinilxloridning modifikatsiya qilingan bioparchalanuchi kompozisiyalari «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning 2025 yil 23 oktyabrdagi 007-1424-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, PTR=4,2 g/10 min bo‘lgan bioparchalanuvchi polietilen va polivinilxlorid kompozisiyalarini olish imkonini bergan;
polivinilxlorid va polietilen asosida tayyorlangan, qayta ishlanish qobiliyati yaxshilangan bioparchalanuvchi kompozisiyalar «Navoiyazot» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiyazot» AJning 2025 yil 23 oktyabrdagi 007-1424-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bioparchalanuvchi kompozisiyalarni ekstruziya usulida qayta ishlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish