Surobova Rayxona Zokirjonovnaning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tarix falsafasi va tarix o‘qitish metodikasi fanlari integratsiyasi asosida talabalarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantish metodikasi”, 13.00.02. Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix fani).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped1262
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: Juraev Ruzimat To‘xtasinovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus universiteti, PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02. asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xodjaeva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Esanov Muzaffar Hoshimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Rahimov Zokir Toshtemirovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarix falsafasi va tarixni o‘qitish metodikasi fanlarini integratsiya qilish asosida talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Tarix falsafasi va tarix o‘qitish metodikasi fanlarlari integratsiyasining nazariy-metodologik asoslarini talqin etuvchi tarixiy-falsafiy paradigmalarning ta’lim jarayoniga tizimli va kompleks tarzda (fanlararo integrativ yondashuv, kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘qitish, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik model, tarixiy-tahliliy va aks ettiruvchi metodlar) qo‘llash orqali talabalarda axloqiy tafakkurni rivojlantirish, tarixiy voqelikni tahlil qilishda ma’naviy mezonlardan foydalanish, shaxsiy mas’uliyat, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, adolatparvarlik va insoniylik kabi fazilatlarni tarixiy materiallar zamirida mustahkamlash, tarixiy jarayonlarning ma’naviy mohiyatini anglash, tarixiy faktlarning aksiologik sharhi, hamda o‘qitish jarayonida falsafiy tahlil va tarixiy dalillarni uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishning pedagogik modeli tarix falsafasi paradigmalari asosida tarixiy voqeliklarni falsafiy-aksiologik tahlil qilish metodikasiga tayangan holda ushbu voqeliklarni qadriyatlar tizimi (umuminsoniy, milliy-ma’naviy, ijtimoiy-madaniy va professional axloqiy mezonlar)da talqin etish, shuningdek talabalarning tarixiy hodisalarga (tarixiy shaxslarning faoliyati, muhim siyosiy qarorlar, ijtimoiy o‘zgarishlar, xalqlarning ma’naviy tajribasi) axloqiy baho berish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tarixiy tafakkur va axloqiy refleksiyani uyg‘unlashtirish mexanizmlarini faollashtirish asosida ishlab chiqilgan;
tarix falsafasining asosiy konsepsiyalari (sivilizatsion yondashuv, tarixiy determinizm va indeterminizm, aksiologik konsepsiya, madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasi, tarixiy ong va tarixiy tafakkur haqidagi falsafiy qarashlar)ni tarix o‘qitish metodikasiga integratsiya qilish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar aniqlanib, talabalarning mustaqil tarixiy-falsafiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, tarixiy faktlarga aksiologik yondashuvlarni qo‘llash hamda dialogik-interaktiv pedagogik muhitni yaratish indikatorlari (mustaqil tahlil sifatining oshishi, tarixiy matnlarni falsafiy talqin qila olish, axloqiy xulosalar chiqarish tezligi va aniqligi, tarixiy muhokamalarda faol ishtirok etish ko‘rsatkichlari) shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni implementatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
tarix falsafasi paradigmasiga asoslangan metodik tizimning didaktik ta’minoti (tarixiy-falsafiy mazmundagi o‘quv materiallari, aksiologik yondashuvga tayangan tushuntirish va tahlil modullari, tarixiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodik vositalar) tarix o‘qitish jarayoniga tarixiy falsafiy-metodologik bilimlar, integrativ didaktik topshiriqlar (tarixiy dalillarni falsafiy talqin qilish, qadriyatlar kontekstida tahlil qilish, tarixiy holatlarni axloqiy baholashga yo‘naltirilgan topshiriqlar), muammoli-izlanishli vazifalar, bahs-munozarali seminarlar va refleksiv amaliy mashg‘ulotlarni kiritish orqali mazkur tizimning pedagogik samaradorligi keng qamrovli tajriba-sinov jarayonlari asosida empirik jihatdan asoslangan;
talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish samaradorligini aniqlash uchun diagnostik mezonlar (axloqiy tafakkur darajasi, tarixiy voqeliklarni ma’naviy mezonlar asosida anglash, qadriyatlarga yo‘naltirilgan tahlil ko‘nikmalarining shakllanganligi) tizimi tarixiy bilimlarni axloqiy-aksiologik nuqtayi nazardan baholash, tarixiy voqeliklarga nisbatan qadriyatlarga asoslangan munosabatlarni shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi innovatsion baholash usullari (aksiologik portfoliolar, refleksiv-analitik monitoring, kompetensiyaga yo‘naltirilgan scenario-based assessment, axloqiy keys tahlillari) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tarix falsafasi va tarix o‘qitish metodikasi fanlari integratsiyasi asosida talabalarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish metodikasi bo’yicha ilmiy natijalar asosida:
Tarix falsafasi va tarix o‘qitish metodikasi fanlarlari integratsiyasining nazariy-metodologik asoslarini talqin etuvchi tarixiy-falsafiy paradigmalarning ta’lim jarayoniga tizimli va kompleks tarzda (fanlararo integrativ yondashuv, kompetensiyaga yo‘naltirilgan o‘qitish, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik model, tarixiy-tahliliy va aks ettiruvchi metodlar) qo‘llash orqali talabalarda axloqiy tafakkurni rivojlantirish, tarixiy voqelikni tahlil qilishda ma’naviy mezonlardan foydalanish, shaxsiy mas’uliyat, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, adolatparvarlik va insoniylik kabi fazilatlarni tarixiy materiallar zamirida mustahkamlash, tarixiy jarayonlarning ma’naviy mohiyatini anglash, tarixiy faktlarning aksiologik sharhi, hamda o‘qitish jarayonida falsafiy tahlil va tarixiy dalillarni uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishi 52-bandi yuzasidan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 20-oktyabrdagi 10678-ma’lumotnoma). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar tarix falsafasi va tarix o‘qitish metodikasi fanlari integratsiyasi asosida talabalarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish metodikasini rivojlantirishda xizmat qilgan;
talabalarning axloqiy qadriyatlarini shakllantirishning pedagogik modeli tarix falsafasi paradigmalari asosida tarixiy voqeliklarni falsafiy-aksiologik tahlil qilish metodikasiga tayangan holda ushbu voqeliklarni qadriyatlar tizimi (umuminsoniy, milliy-ma’naviy, ijtimoiy-madaniy va professional axloqiy mezonlar)da talqin etish, shuningdek talabalarning tarixiy hodisalarga (tarixiy shaxslarning faoliyati, muhim siyosiy qarorlar, ijtimoiy o‘zgarishlar, xalqlarning ma’naviy tajribasi) axloqiy baho berish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda tarixiy tafakkur va axloqiy refleksiyani uyg‘unlashtirish mexanizmlarini faollashtirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 15-oktyabrdagi 02/01-01-403-son ma’lumotnomasi). Natijada, olib borilgan ilmiy izlanishlar oliy ta'lim muassasalarida tarix yo‘nalishi misolida ta'lim sifatini oshirishning metodik asoslarini takomillashtirgan.
tarix falsafasining asosiy konsepsiyalari (sivilizatsion yondashuv, tarixiy determinizm va indeterminizm, aksiologik konsepsiya, madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasi, tarixiy ong va tarixiy tafakkur haqidagi falsafiy qarashlar)ni tarix o‘qitish metodikasiga integratsiya qilish uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar aniqlanib, talabalarning mustaqil tarixiy-falsafiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, tarixiy faktlarga aksiologik yondashuvlarni qo‘llash hamda dialogik-interaktiv pedagogik muhitni yaratish indikatorlari (mustaqil tahlil sifatining oshishi, tarixiy matnlarni falsafiy talqin qila olish, axloqiy xulosalar chiqarish tezligi va aniqligi, tarixiy muhokamalarda faol ishtirok etish ko‘rsatkichlari) shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni implementatsiyalash asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalar “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” 60220300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yisha) yo’nalishi ushun ushun yaratilgan darslik mazmuniga singdirilgan. (O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 14-aprel 136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarixiy voqealar tasviridan falsafiy-harakatlantiruvchi, tahliliy yondashuvni shakllantiruvchi kompleks manbalar mazmuni boyitilgan;
tarix falsafasi paradigmasiga asoslangan metodik tizimning didaktik ta’minoti (tarixiy-falsafiy mazmundagi o‘quv materiallari, aksiologik yondashuvga tayangan tushuntirish va tahlil modullari, tarixiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodik vositalar) tarix o‘qitish jarayoniga tarixiy falsafiy-metodologik bilimlar, integrativ didaktik topshiriqlar (tarixiy dalillarni falsafiy talqin qilish, qadriyatlar kontekstida tahlil qilish, tarixiy holatlarni axloqiy baholashga yo‘naltirilgan topshiriqlar), muammoli-izlanishli vazifalar, bahs-munozarali seminarlar va refleksiv amaliy mashg‘ulotlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishi 52-bandi yuzasidan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 20-oktyabrdagi 10/678-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Tarix falsafasi va tarix o‘qitish metodikasi fanlari integratsiyasi asosida talabalarda axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish metodikasini rivojlantirishda xizmat qilgan;
talabalarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish samaradorligini aniqlash uchun diagnostik mezonlar (axloqiy tafakkur darajasi, tarixiy voqeliklarni ma’naviy mezonlar asosida anglash, qadriyatlarga yo‘naltirilgan tahlil ko‘nikmalarining shakllanganligi) tizimi tarixiy bilimlarni axloqiy-aksiologik nuqtayi nazardan baholash, tarixiy voqeliklarga nisbatan qadriyatlarga asoslangan munosabatlarni shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi innovatsion baholash usullari va metodik ishlanmalari “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” 60220300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yisha) yo’nalishi ushun ushun yaratilgan darslik mazmuniga singdirilgan. (O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 14-aprel 136-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda tarixiy bilimlarni axloqiy-aksiologik nuqtayi nazardan baholash, tarixiy jarayonlarning ma’naviy mohiyatini aniqlash hamda tarixiy faktlarni axloqiy mezonlar asosida talqin qilishga yo‘naltirilgan funksional ko‘nikmalari rivojlantirildi.