Kosimova Dildora Xashimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirish texnologiyasi», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped190

Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.

Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (introvert va ekstravert motivatsiya, qiziqish, hissiyot) ma’naviy qadriyatlarning amaliy faoliyatda namoyon bo‘lish dinamikasining (interiorizatsiya, eksteriorizatsiya) barqarorligiga erishish mumkinligini asoslash orqali aniqlangan;

o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirish mazmuni hamkorlik pedagogikasining kongruentlik (fikrlarning uyg‘unligi), attraktivlik (ijobiy munosabat) va assertivlik (o‘z-o‘ziga ishonch) prinsiplarini megaomillar (virtual olam, integratsiyalashuv, globallashuv) bilan dinamik aloqadorligini imperik asoslash orqali takomillashtirilgan;

badiiy-ma’rifiy asarlar vositasida o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirishning interfaol metodlari (badiiy asarlarni sharhlab o‘qish, ijodiy topshiriqlar, hikoyalarni taqqoslash) badiiy germenevtika va pedagogikaning tarbiyaviy imkoniyatlarining praksiologik talqinini tasviriy ifoda etish asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirish texnologiyasi ma’naviy qadriyatlarga aksiologik munosabatni tarkib toptirish, affektiv his-tuyg‘u profilaktikasi va korreksiyasini ma’naviy-immunologik bosqichlarini (barqarorlik, o‘z-o‘zini himoyalash, ta’sir ko‘rsatish) siklik tavsifiga muvofiq ishlab chiqilgan.  

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:

o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, ma’naviy qadriyatlarning amaliy faoliyatda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlarini aniqlashtirishga oid takliflar asosida umumta’lim maktablarining “Ma’naviyat asoslari” turkumidagi (“Vatan tuyg‘usi”, “Ma’naviyat asoslari”) o‘quv fanlariga doir xususiy kompetensiyalar tizimi aniqlashtirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 maydagi 01-02/2-2-157-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarning shakllanganligini  baholash samaradorligini oshirishga erishilgan;

o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirish mazmuni, tamoyillari va omillarini aniqlashtirishga  doir taklif va tavsiyalardan F1-XT-1-31247 raqamli“O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” (2012-2016 yy.) nomli loyihasi doirasida o‘quvchilarning qadriyatga yo‘naltirilgan hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini loyihalashtirish tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 maydagi 01-02/2-2-157-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirishda fasilitatsion ta’lim muhitini tashkil etish samaradorligini oshirishga erishilgan.

badiiy-ma’rifiy asarlar vositasida o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirishning interfaol metodlari va o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarni egallash ehtiyojini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan  F1-XT-1-55237 raqamli “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” nomli loyihasi doirasida o‘quvchilarda aksiologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 29 maydagi  01-02/2-2-157-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarga ehtiyojni shakllantirishning profilaktik va korreksion texnologiyalari samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish