Shuxratova Yulduzxon Shakarbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sintaktik sathda o‘xshatish va tarz munosabatlarining ifodalanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil.1944 
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon Boboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
  Rasmiy opponentlar: D.M.Jamoliddinova, filologiya fanlari doktori, professor; D.A.Nurmonova, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida o‘xshatish va tarz mazmunini ifodalovchi birliklarning grammatik, struktural-semantik va pragmatik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  
 ishda o‘zbek tilida o‘xshatish va tarz mazmunini ifodalovchi vositalar monografik planda grammatik, srtuktural-semantik hamda pragmatik jihatdan tadqiqqa tortilgan; o‘zbek tilida o‘xshatish va tarz mazmunini ifodalovchi vositalarning paradigmatik hamda sintagmatik tahlili amalga oshirilgan hamda shu asosda ularning til sathidagi o‘rni aniqlangan; 
bog‘lovchisiz, bog‘langan, ergash gapli qo‘shma gaplar, shuningdek, murakkab qo‘shma gaplarda ham o‘xshatish munosabati ifodalanishi,  o‘xshatish asosida hosil  bo‘lgan  matnlar  ijodkorning  badiiy  tafakkur tarzini ko‘rsatuvchi hodisa bo‘lishi bilan birga, matn  referensiyasining  hosil bo‘lishida  matn  yaratuvchi   shaxsning   kognitiv-stilistik   individualligini ko‘rsatuvchi omillardan sanalishi, o‘xshatishli qurilmalar SSB tarkibida qo‘llanib, portret, peyzaj, holat, shaxsning xarakter-xususiyati tasvirini ifodalashga xizmat qilishi;  o‘xshatish munosabati parsellyativ qurilmalar va ajratilgan bo‘laklar orqali ham voqelanishi dalillangan;
tarz holi holat ravishi, sifat, sifatdosh va ravishdosh, ot, olmosh, taqlid so‘z, ibora hamda o‘xshatishli qurilmalar bilan ifodalanishi, holat ravishlarining fe’l bilan birikib kelish (sintagmatik) imkoniyati turlicha bo‘lib, ayrim holat ravishlari har qanday fe’l bilan birikib kela olishiga ko‘ra xarakterlansa, ayrimlari muayyan bir fe’l guruhi bilangina sintagmatik munosabatga kirishishi, holat ravishlari fe’loldi so‘zlar bo‘lib, ularning ma’no tuzilishi fe’llar bilan munosabatga kirishganda oydinlashishi, paradigmatik munosabatga kirishgan holat ravishlarining semantik tuzilishidagi nozik ma’no farqlari ularning valentligiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
tarz (ravish) ergash gap bosh gapga deb, deya, degancha, degandek, deganday so‘zlari orqali hamda -ki bog‘lovchisi yordami bilan bog‘lanishi, tarz munosabati faqatgina ergash gapli qo‘shma gaplar emas, balki, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orqali ham ifodalanishi mumkinligi, tarz (ravish) ergash gap, ko‘pincha, harakatning qanday kechayotganini, uning ruhiy, psixologik, estetik, ijtimoiy yoki ekspressiv rang-barangliklarini ochib berishga xizmat qilishi, badiiy matnda tarz ergash gaplar so‘zlovchi yoki muallifning nutqqa bo‘lgan munosabati, harakatga bergan bahosi, obrazli talqini orqali boyib, o‘ziga xos stilistik vazifa bajarishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sintaktik sathda o‘xshatish va tarz munosabatining ifodalanishi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bog‘lovchisiz, bog‘langan, ergash gapli qo‘shma gaplar, shuningdek, murakkab qo‘shma gaplarda ham o‘xshatish munosabati ifodalanishi,  o‘xshatish asosida hosil  bo‘lgan  matnlar  ijodkorning  badiiy  tafakkur tarzini ko‘rsatuvchi hodisa bo‘lishi bilan birga, matn  referensiyasining  hosil bo‘lishida  matn  yaratuvchi   shaxsning   kognitiv-stilistik   individualligini ko‘rsatuvchi omillardan sanalishi, o‘xshatishli qurilmalar SSB tarkibida qo‘llanib, portret, peyzaj, holat, shaxsning xarakter-xususiyati tasvirini ifodalashga xizmat qilishi;  o‘xshatish munosabati parsellyativ qurilmalar va ajratilgan bo‘laklar orqali ham voqelanishi dalillanganligiga doir xulosa hamda tavsiyalardan O‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan IL-52 tur -21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalariga oid maqollar bazasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti universitetining 2025-yil 18-sentyabrdagi 01/04-4288-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy manbalari boyitilib, lugʻatlarning mukammallashuviga erishilgan;
tarz holi holat ravishi, sifat, sifatdosh va ravishdosh, ot, olmosh, taqlid so‘z, ibora hamda o‘xshatishli qurilmalar bilan ifodalanishi, holat ravishlarining fe’l bilan birikib kelish (sintagmatik) imkoniyati turlicha bo‘lib, ayrim holat ravishlari har qanday fe’l bilan birikib kela olishiga ko‘ra xarakterlansa, ayrimlari muayyan bir fe’l guruhi bilangina sintagmatik munosabatga kirishishi, holat ravishlari fe’loldi so‘zlar bo‘lib, ularning ma’no tuzilishi fe’llar bilan munosabatga kirishganda oydinlashishi, paradigmatik munosabatga kirishgan holat ravishlarining semantik tuzilishidagi nozik ma’no farqlari ularning valentligiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligiga doir xulosa hamda tavsiyalardan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2O22Z07-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2025-yil 29-sentyabrdagi 04/9848-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida amalga oshirilgan antiplagiat tekshiruvlarining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
   tarz (ravish) ergash gap bosh gapga deb, deya, degancha, degandek, deganday so‘zlari orqali hamda -ki bog‘lovchisi yordami bilan bog‘lanishi, tarz munosabati faqatgina ergash gapli qo‘shma gaplar emas, balki, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orqali ham ifodalanishi mumkinligi, tarz (ravish) ergash gap, ko‘pincha, harakatning qanday kechayotganini, uning ruhiy, psixologik, estetik, ijtimoiy yoki ekspressiv rang-barangliklarini ochib berishga xizmat qilishi, badiiy matnda tarz ergash gaplar so‘zlovchi yoki muallifning nutqqa bo‘lgan munosabati, harakatga bergan bahosi, obrazli talqini orqali boyib, o‘ziga xos stilistik vazifa bajarishi asoslanganligiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2025-yil 10-sentyabrdagi 26-36-1030-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari tinglovchilarning nutqning obrazliligini oshiruvchi vositalardan foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish